#

MEN QOTILMAN. So'ngi qism. (Psixologik-triller,mistika ).

"Sen arvoxlarni ko'ryapsanmi?demak endi o'shalardan birisan "
-Endi nima qilaman amallab binoni tark etib olsam bo'ldi. Xamshiraga bildirmay cho'ntagiga qistirib qo'yilgan to'g'nog'ichini olib oldim. foyda berarmikan. Alisher qo'lida turgan soch to'g'nog'ichga o'xshash buyumni eshik zulfiga kirgizib oxistalik bilan uni ochdi.
-Yaxshi. Qaxramonimiz yo'lakka chiqib kamera obyektiviga tushib qolmaslik uchun yana devorga yaqin xolatda yura boshladi. Koridor bo'ylab xarakatlanarkan yo'l oxirida turgan Niginani ruxiga ko'zi tushdi.
-Jin ursin. Arvox o'ng qo'li bilan zina tomonni ko'rsatardi. Alisher xam unga qaragancha sekin asta zinani yoniga keldi bo'lib o'tgan voqealardan anchayin qo'rquv va xavotirga tushib qolgan qaxramonimiz extiyotkorlik bilan 1-qavatga tushdi.
-Binoni bosh darvozasi xozir berk.xa aytgancha qorovulxonada kalit bor bir amallab olsam eshikni ochishim mumkin bo'ladi. Ushbu xona chap tarfadagi yo'lakni oxirida joylashgandi. Alisher xam oxista qadam tashlagancha o'sha tomonga yura boshladi. Qorovulxonini eshigi qiya ochilgan xolatda edi. Ichkarida maxsus libosdagi posbon kompyuterdagi kamera tasvirlariga qaragancha o'tirardi. Qaxramonimiz oyoq uchida sezdirmay xonaga kirib qorovulni bo'yin qismiga zarb bilan urib xushidan ketkizdi va cho'ntagidan kalitni oldi. Va endi xonani tark etmoqchi bo'lgandi to'satdan e'tibori kompyuterga qadaldi.
-Serverda 2 kun oldingi ya'ni meni bu yerga olib kelingandagi yozuvlar saqlangan bo'lishi kerak. Qani ko'raychi nimalar bo'lgan ekan. Alisher kompyuterga o'rnatilgan dasturga kirib 2 kun oldingi yozuvlarni qidira boshladi. Va o'ziga kerakligini topdi. U o'sha kungi tasvirlarni diqqat bilan ko'rarkan xayratdan yoqa ushladi.
-Juda qiziq. Avtoxalokatga uchraganimdan so'ng xushimni yo'qotdim va vaxshiy qotillar uchun ajratilgan palatada ko'zimni ochdi. Lekin bu yozuvda esa vaziyat umuman boshqacha. 2 nafar odam meni qo'llarimdan yetaklagancha olib ketyapti. Demak men o'sha payt xushimda bo'lganman lekin nega bu xolatni eslolmayapman. Kimdir men bilan aniq o'yin qilyapti. Xoziroq uyimga borishim kerak agar Boburni jasadini uyimdan topishgan bo'lsa demak u yerda yana qandaydir ashyoviy dalil bo'lishi kerak. Aybsizligimni isbotlay olmasam kasalxonadan to'g'ri qamoqxonaga yo'l olishim mumkin. Qaxramonimiz ko'chaga chiqib zudlik bilan uyiga yugura boshladi. Ayni yarim tun bo'lgani sabab ko'chada odam zoti yo'q edi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach uyiga yetib kelgan Alisher uyiga kirdi. Xovli suv quygandek jim-jitligi tufayli pashsha uchgani bilinardi.
-Endi nima qilaman. Alisher mexmonxonaga kirib chiroqni yoqdi.
-Xech kim yo'q. U sekin asta xona bo'ylab xarakatlanarkan to'satdan qandaydir suyuqlikni bosib oldi va buni sezib qo'lini o'sha narsaga tekkizdi.
-Qonmi? Daxshatli axvolga tushib qolgan qaxramonimiz dukullab urayotgan yuragiga qo'lini qo'ydi.
-Naxotki bari rost bo'lsa. U darxol o'zini xonasiga chiqdi va u yerdan bir nimalarni qidira boshladi. Ushbu qidiruv natijasida krovatni ostidan qandaydir CD disk topib oldi.
-Bu qayerdan paydo bo'ldi. Alisher diskni DVD playerga qo'yib yozuvni ko'ra boshladi.
-Bo'lishi mumkin emas. Eng daxshatlisi videoda qaxramonimizni Boburni stulga bog'lab qiynab azob berayotgani tasvirlangandi. Va shu payt Alisherni boshi qattiq og'rib bo'lib o'tgan voqealar esiga tusha ketdi. Unda qaxramonimizni stulga o'tirgizgan xolatda qandaydir eksperiment o'tgazilyatgandi. Shuningdek 2 ta odamni suxbatini xam esladi ulardan biri Komil edi. Alisher boshini changallagancha yerda o'tirarkan o'ziga azob berayotgan og'riqdan tinmay dodlardi.
-Jin ursin menga nimalar bo'lyapti. Komil va yonidagi shaxsni suxbati qaxramonimizni ko'z oldida gavdalanardi.
-Komil bu tajriba inson uchun juda xavfli ushbu eksperiment orqali Alisher qotillikka moyil bo'lib qolishi mumkin.
-Buni bilaman agar shu tajriba amalga oshsa inson ongini tashqi ta'sirlar orqali boshqarish mumkinligini isbotlagan bo'laman.
-Nega bu ishga aynan Alisherni jalb qilding.
-Uni xech kimi yo'q bolalikdan yetim o'sgan.
-Tushunarli. ushbu eksperiment natijasida uni xotirasi ma'lum muddatga yo'qolishi mumkin. Qaxramonimiz ovozini boricha baqirib so'ng yerga yiqildi.
-Nega.nima uchun aynan men. Shu payt ko'chada militsiya xodimlari paydo bo'lishdi va Alisherni xibsga olishdi. Tushkun kayfiyatda mashinada ketib borarkan qaxramonimizni miyyasida turli xil savollar aylanardi. Ma'lum vaqtdan so'ng u tergov binosiga yetib keldi. Temir ulovdan tusharkan kutilmaganda yonidagi organ xodimlariga tashlana ketdi va bir necha daqiqadan so'ng ularni changalidan qutuldi. Tomchilay boshlagan yomg'ir ostida Alisher o'sha mash'um ko'prikka keldi. Katta yo'lni o'rtasida tez tez qadam bosgancha yurarkan to'satdan o'zidan 200-metr uzoqlikda yurib ketayotgan kichkina bolakayga ko'zi tushdi. Oradan 2 kun o'tdi. Bu payt shaxarda qandaydir bolakayni yo'qolgani xaqida habarlar tarqala boshladi.

#Daxshatli voqealar#257#qotilman#songi#qism#psixologiktrillermistika
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика