#

MEN QOTILMAN. 3-qism. (Psixologik-triller,mistika ).

"Sen allaqachon o'lib bo'lgansan. "
-Seni tanidim. O'sha kungi yo'lni o'rtasidagi turgan qizsan. Lekin bu yerga qanday kirding axir xona qulflanganku. Demak sen arvoxsan. Rangi oqarib yuzidan tinmay sovuq ter chiqayotgan Alisher o'tirgan krovatida dag'-dag' titrardi. Egniga juldur va anchayin eskirgan kiyim kiyib olgan qiz eshikdagi kichik derazaga bir nimalar yoza boshladi. Qaxramonimiz xam diqqat-e'tiborini unga qaratdi.
-"Ket". So'zlar qon bilan yozilgandi.
-Sen aniq odam emassan. Meni tinch qo'y. Oradan biroz vaqt o'tgach boyagi qiz ko'zdan g'oyib bo'ldi. Va shu zaxoti Alisherni qo'llaridagi zanjir yechildi shuningdek qulflangan eshik xam sekin asta ochila boshladi. Barcha to'sqinliklardan xalos bo'lgan qaxramonimiz koridorga chiqdi. Yo'lakni oxiriga videokamera o'rnatilgandi. Shu sababli Alisher kamerani tasviriga tushib qolmaslik devorga yaqinroq yurishga xarakat qilardi. Zinani yoniga yetgach pastga tusha ketdi. 3-qavatga tushgan Alisher yanada pastroqqa odimlashni boshlagan edixamki to'satdan xonalardan birida eshitilyatgan qandaydir ovozga e'tibori qadaldi.
-Qiziq bu yerda yana kimdir borga o'xshaydi. Ovozlar Komil akani xonasidan chiqayapti. U sekin-asta bosh vrachni kabinetiga yaqin kela boshladi. Ichkarida 2 kishi o'zaro suxbatlashyatgandi. Qaxramonimiz xam eshik ortida turib ularni gaplarini tinglay ketdi.
-Yana 2 kun. Shundan so'ng undan qutulishimiz aniq.
-Xa lekin u bizdan shubxalanib qolsachi.
-Bunday bo'lmaydi. Alisher darxol koridor oxiriga borib devor ortiga berkinib oldi. Komilni xonasidan ikki nafar odam chiqib to'g'ri pastga tushib ketishdi.
-Ular kim edi 2 kundan keyin nima yuz beradi. Alisher darxol Komilni xonasiga kirdi.
-Bu yerda bir gap bor. Qaxramonimiz yon-atrofiga qaragancha o'ylanarkan to'satdan nigoxlari stolni ustida kichik ramkaga joylashtirilgan sur'atga qadaldi. U rasmni qo'liga olib diqqat bilan qaray boshladi va daxshatdan qotib qoldi.
-Axir bu o'sha arvox qizku yonidagi Komil aka. Bu ikkisini nima bog'lab turadi juda qiziq. Rasmni o'zim bilan olib ketaman. Alisher sur'atni ramkasidan chiqarib endi yurmoqchi bo'lgandi to'satdan rasmni ortidagi ism va qandaydir telefon raqamlariga ko'zi tushdi.
-Bu yana nimasi bo'ldi qizni ismi Axmedova Nigina ekan. Bosh vrachni familyasi bilan bir xil demak.mana bu raqamga qo'ng'iroq qilish kerak. Alisher stolni ustida turgan telefonni go'shagini qo'liga olib rasmga yozilgan tel raqamlardan biriga qo'ng'iroq qila ketdi. Bir necha soniyadan so'ng narigi tomondan bir yoshgina qizni ovozi eshitila boshladi.
-Alo eshitiman.
-Kechirasz menga Nigina ismli qiz kerak edi. Qiz qandaydir yig'lamsirab gapirardi.
-Men uni yaqin dugonasi edim sizga aytsam Nigina endi yo'q 1 oy oldin o'z joniga qasd qildi. Daxshatli axvolga tushib qolgan qaxramonimizni tili aylanmay qoldi.
-1 oy oldin. Alisher go'shakni qo'yib o'ylana boshladi.
-Demak bu qiz tushunishimcha Komil akani qizi bo'lgan. Bir necha kun oldin katta yo'lda uni arvoxini ko'rgan ekanmanda. Aqldan ozyapman shekilli bo'lmasa ko'zimga qandaydir sharpalar ko'rinarmidi. Xo'sh. endi ikkinchi tel raqamga qo'ng'iroq qilaychi. Qaxramonimiz raqamlarni tergandan so'ng qisqa gudoklar yangray ketdi. Eng xayratlanarlisi telefonni chaqiruv qo'ng'irog'i aynan shu binoda eshitilyatgandi. Buni payqagan Alisher xonadan chiqip pastga olib tushuvchi zinani oldiga keldi.
-Qiziq qo'ng'iroq pastdan kelyapti demak raqam egasi aynan shu kasalxonada lekin u kim bo'lishi mumkin. Shu payt kutilmaganda qaxramonimiz boshini orqa tarafiga kelib tushgan kuchli zarba oqibatida xushidan ketdi. Oradan vaqt o'tdi. Alisher sekin asta ko'zini ocharkan yana o'zini palatasiga qaytib qoganini payqadi lekin bu safar uni qo'llari zanjirdan xoli edi. Va shuningdek uni yonida yuziga niqob taqib olgan xamshira shpritzga dori tayyorlayatgandi. Xamshira dorini tayyor qilib xonani tark etdi.
-Nimalar yuz berayotganini tushuna olmayapman. O'sha kuni arvox qiz eshik derazasiga qandaydir so'z yozgandk balki u meni nimadandir ogoxlantirmoqchi bo'lgandir. Qiziq.lekin bir narsani aniq bilaman kimdir meni bu binoni tark etishishimni umuman xoxlamayapti. DAVOMI BOR.

#Qo'rqinchli voqealar#39#qotilman#3qism#psixologiktrillermistika
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика