#

MEN QOTILMAN. 2-qism. (Psixologik-triller,mistika ).

"Xotiralar abadiy qolur".Bosh vrachni gapidan keyin Alisher karaxt axvolga tushib qoldi.
-N. nimalar deyapsz. Men xech kimni o'ldirmadim. Boburni shifoxona bilan yaqindan tanishtirdim kechgaga o'zim bilan olib yurdim keyin esa uyiga jo'natib yubordim. So'ng o'zim xam kasalxonadan chiqib to'g'ri uyga ketdim ammo mashinada ketayotganimda yo'lni o'rtasida to'satdan bir qiz paydo bo'ldi xaydovchi uni urib yubormaslik uchun mashinasini tezlikni pasaytirmasdan turib chetgan olishga majbur bo'ldi buni natijada avtoxalokatga uchradik xushimga kelganimda esa mana bu axvoldaman. To'g'risi o'zim xam tushunolmayapman nima bo'lyatganiga.
-Balki gapingiz to'g'ridur lekin kecha sizni uyingizdan Boburni chavaqlangan murdasini topishgan.
-Bo'lishi mumkin emas. Komil aka balki siz adashyatgandirsz.
-Yo'q xammasi shunday. Bugundan boshlab siz vaxshiy jinoyatchilar uchun ajratilgan bo'limda davolanasz.
-Nima? Jinoyatchi?!! Alisher birdan xaxolab kulib yubordi.
-Men qotilman.judayam kulgili eshitilarkan. Oradan bir necha kun o'tdi. O'tgan vaqt davomida yuz bergan xodisalardan karaxt axvolga tushgan qaxramonimiz keyingi taqdiri xaqida o'ylardi.
-Bu yerda bir gap bor. Bu la'nati xonadan qutilsam yaxshi bo'lardi. Kech tushdi qosh qoraygach kasalxona xodimlari binoni birin ketin tark eta boshlashdi Alisher yotgan palatada tashqarini ko'rsatib turuvchi bironta xam deraza yo'q edi shuningdek xonani eshiklari boshqalariniki singari po'latdan yasalgandan bunday eshiklarni esa kalitsiz ochishni umuman iloji yo'q edi. Uni o'rtasida kichik to'rtburchak shakldagi deraza mavjud edi bu orqali koridorni ko'rsa bo'lardi. Qaxramonimiz xar zamon xonani uyer buyeriga yurardi ichkarida bemalol xarakatlanishiga esa qo'llaridagi zanjir to'sqinlik qilardi.
-3 kundan buyon shu yerdaman juda qizig'a uzoq yillardan buyon o'zim psixiatrlik qilgan shifoxonani endi bemoriga aylandim. Bu yerdan chiqib aslida nima bo'lganini aniqlashim zarur. Bino ayniqsa Alisher joylashgan palata sukunatga cho'mgandi devor peshtoqida ilinib turgan soatni "chiqqillashi" butun bir olamni larzaga solgudek edi go'yo. Xonada deraza yo'qligi sababli kechqurunlari chiroq bo'lmagan paytlari bu yer zulmat qariga cho'mardi. Soatni " chiq-chig' "ini eshitib uyquga ketgan qaxramonimiz to'satdan tashqaridagi yo'lakda eshitila boshlagan qadam tovushlarini sezib uyg'onib ketdi.
-Qiziq koridorda kimdir yurganga o'xshaydi. U darxol soatga qaradi.
-20:00. Demak xamma allaqachon binoni tark etgan xozir kasalxonada qorovuldan boshqa xech kim yo'q. U 4-qavatga faqat favqulotda xolatlardagina chiqadi demak bu yerda nimadir sodir bo'lgan. Yuragini sekin asta gu'lg'ula bosayotgan Alisher o'rnidan turib eshik tomonga yura boshladi.
-Eshikni derazasidan qaraychi nima bo'ldi ekan. Alisher eshik tomonga yaqinlashgan edixamki to'satdan qo'llaridagi zanjir kaltalik qilib qoldi.
-Jin ursin endi nima qilaman. Tashqarida xamon qadam tovushlari eshitilardi. Qaxramonimiz yana qayta krovatiga o'tirdi.
-Kimligini ko'ra olmadim. Qadam ovozlari tugashi bilanoq palatadagi chiroqlar pirpiray boshladi. Bu xolat Alisherni vaximaga solayotgandi.
-Bu yerda nimalar bo'lyapti. Va birdan chiroq bira to'la o'chib qoldi. So'ng ma'lum vaqtdan keyin yana yondi. ammo eng daxshatlisi eshik yonida qandaydir odam turardi. Bu ko'rgan qaxramonimiz o'zini darxol ortga oldi va qo'rquv bilan gapira boshladi.
-S. s. sen kimsan. Axir sen o'sha. DAVOMI BOR.

#Daxshatli voqealar#273#qotilman#2qism#psixologiktrillermistika
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика