#

USHALMAGAN ORZU. 6-qism. (Psixologik-triller,mistika )

USHALMAGAN ORZU. 6-qism. (Psixologik-triller,mistika ). " Sirlar fosh etilmoqdai . "
-Ket bu yerdan meni tinch qo'y. Sanjar arvoxga qarata yostig'ini uloqtirdi. Sharpa esa unga qo'lini cho'zgancha yaqinlasha boshladi.
-Yo'o'o'q. Chuqur nafas olib o'rnidan turib ketgan qaxramonimiz qo'rquv nigoxlari ostida yon-atrofiga qaradi.
-Xuuu tushim ekan dedi peshonasidagi terni artib-Bu la'nati sharpadan qutulmasam bo'lmaydi. Tong otib quyosh o'z nurlari bilan olamni yorita boshladi. Bu paytda Sanjar oshxonada o'ziga nonushta tayyorlardi. Stolni ustigi issiqina choyni qo'ydida o'y xayollar og'ushiga cho'mdi.
-Ketib qolganim uchun bosh vrachdan dakki eshitadigan bo'ldim. Meni ko'zimga ko'ringan ayol Alisherni xam ancha vaqt ta'qib qilgan u aynan o'sha arvoxni deb telbaga aylandi. Menimcha u qanaydir orom topmagan rux shekilli. Kechqolyapman. Ma'lum vaqtdan so'ng kasalxonaga yetib kelgan Sanjar navbatchini oldiga bordi.
-Alisher ismli bemorni o'z xonasiga o'tkazishmadimi ?
-Alisher Axmedovni aytyapszmi.
-Xa o'shani.
-Bugun erta tongda yana o'zini palatasiga qaytdi.
-Tushunarli. Raxmat. Qaxramonimiz bemorni oldiga yo'l oldi. Uni xonasiga yaqinlashgan to'satdan bosh vrachga ro'baro bo'ldi.
-Murod aka yaxshimisz.
-Axvollaringiz yaxshimi Sanjar.
-Xa yaxshi raxmat.
-Kecha indamay ketib qolganmishsiz.
-Xuddi shunday ishlarim chiqib qolgandi.
-Unda mana bunday qilamiz siz uyingizga qaytingda yaxshilab dam oling ertadan ishga chiqaverasz.
-Bunga xojat yo'q Murod aka.
-Aytganimni qiling.
-Xo'p bo'ladi. Qaxramonimiz ko'chaga chiqib sekin asta uyga qayta boshladi uni xayolida endi nima qilish keragli xaqidagi savol aylanardi. Ko'cha chetidagi yo'lda ketib borarkan to'satdan oyog'ini ostiga simyog'ochda turgan qog'oz uchib borib tushdi. Sanjar uni qo'liga oldi. Qog'ozda qandaydir qizni fotoroboti chizilib ostiga "Qidirilmoqda" deb yozilgandi.
-Nigina Aliyeva. Sanjar qizni rasmiga bor diqqat-e'tibori bilan qaradi va xayratdan yoqa ushladi sababi bu qiz o'sha arvoxga juda o'xshab ketardi.
-Tushimmi yo o'ngimmi. Axir bu. Sharpani yuzini ayrim joylari chirib ketgan lekin qiyofasini ko'rish mumkin edi. Nazarimda arvox aynan shu ayol. Alisher xam men xam o'rmonga borganimizdan so'ng ruxni ta'qibiga uchradik. Demak u yerda nimadir sodir bo'lgan. Buni aniqlashim zarur. Shunday savollar ostida uyiga yetib kelgach mexmonxonaga kirdi va tv qarshisiga o'tirib xordiq chiqara boshladi. Oradan ma'lum vaqt o'tdi soat millari 18:00 ni ko'rsatayotgan bir payt Sanjar uyqudan uyg'ondi va yana qayta mexmonxonaga kirdi yumshoq kresloga o'tirgach qo'liga noutbukini oldi so'ng ijtimoiy tarmoqdagi saxifasiga ulana ketdi.
-Xo'sh. U saxifasini ko'zdan kechirarkan miyyasiga g'alati fikr keldi.
-Arvox tirikligida ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan bo'lishi mumkin. Balki accauntini izlab ko'rarman. Tarmoqning qidirish degan joyiga ruxni ism familyasini yozdi va birozdan keyin ekranda 100 ga yaqin natijalar paydo bo'ldi.
-Jin ursin birma-bir qarab chiqishim kerak. Qaxramonimiz saxifalarni birin ketin tekshirib chiqardi. Shu payt xona chirog'i o'zidan-o'zi o'chib yona boshladi. Sanjar esa bunga e'tibor qaratmay izlashda davom etardi. Vanixoyat bir accaunt uni nigoxini o'ziga tortdi. DAVOMI BOR.

#Daxshatli voqealar#185#ushalmagan#orzu#6qism#psixologiktrillermistika
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика