#

USHALMAGAN ORZU. 3-qism. (Psixologik-triller,mistika ).

USHALMAGAN ORZU. 3-qism. (Psixologik-triller,mistika ). " Orzu.Istak.Maqsad.O'lim! "
-O'sha saxifani topa olsam yaxshi bo'lardi. Tong otdi Sanjar kasalxona tomon yo'l oldi. Bugun xam negadir xavo bulutli,biroq bu safar yomg'irdan darak yo'q edi ma'lum vaqtdan so'ng qaxramonimiz manzilga yetib keldi bino ichkarisida xar doyimgidek odamlar uyoqdan bu yoqqa o'tib yurishardi. Sanjar shaxsiy xonasiga kirgach u yerda bemorlarni kasallik varaqalari bilan tanisha boshladi biroz o'tirgach Alisher joylashgan palataga yo'l oldi. Uni xonasi 2-qavatda edi qaxramonimiz yuqoriga ko'tarilgach Alisherni xonasiga kirdi ammo u yerda xech kim yo'g'idi.
-Qiziq qayerga ketdi. Shu payt ichkariga xamshira kirib qoldi.
-Bu palatadagi bemor qani?
-Maxsus xonaga o'tkazdik.
-Nima uchun.
-O'zini juda yomon tuta boshlagandi.
-Xa shunarli. Mayli ishingizni qilavering. Qaxramonimiz yana xonasiga kirib o'ylana ketdi.
-Jin ursin endi shunisi yetmay turgandi maxsus xonaga qanday kiraman axir u yerga faqat bosh vrachni buyrug'i bilan kirgizishadi. Kechqurungacha kutaychi bir gap bo'lar. Soat millari tez aylanganidan qanday qilib qorong'u tushib qolganini anglash qiyindek edi go'yo. Sanjar 3-qavatga chiqib koridor oxiridagi xonaga qarab yo'l oldi biroz yurgach maxsus xona oldida turgan qorovulga ko'zi tushdi.
-Qiziq odatda bu palatani qo'riqlash uchun odam qo'yilmasdi. Qorovul meni ichkariga kirgizmasligi aniq. nimadir o'ylab topishim zarur. Qaxramonimiz qo'liga aloqa vositasini olib qorovulxonaga qo'ng'iroq qila boshladi. Kasalxona deyarli sukunatga cho'mganligi bois telefondan chiqayotgan ovoz butun boshli binoga eshitilardi. Buni sezgan qorovul darxol pastga tusha ketdi. Sanjar esa vaziyatdan foydalanish maqsadida bemorni yoniga kirdi. Xona anchagina qorong'u edi Alisher esa burchakda o'tirardi.
-Xoy axvoling yaxshimi. Qaxramonimiz unga daftarni ko'rsatdi. Ushbu matoxni ko'rgan Alisher jazavaga tusha boshladi.
-O'zingni bos menimcha bu kundalik shundaymi.ichidagi yozuvlar senga tegishli to'g'rimi.
-X. x. a kundalik m. .meniki lekin iltimos bu la'nati narsani menga ko'rsatma.
-Nega ushbu buyumda nima yashiringan. Gapir.
-Kundalik meni orzularimni va xayotimni barbod qildi endi u xar tun oldimga kelib tinchlik bermaydi.
-Kimni aytyapsan ?
-Buni bilmaganing ma'qul.
-Qanday qilib telbaga aylanding kundalikdagi eng kerakli saxifa yirtilgan ekan bu seni ishing to'g'rimi. Alisher bazo'r gapirardi.
-X.xa. Meni ishim chunki daftarni kimdir o'qib xayotini xavfga qo'yishini xoxlamadim.
-Qanday xavf haqida gapiryapsan. Menga yirtilgan varoqni qayerdaligini ayt. Alisher Sanjarga qarata g'ijimlangan qog'ozni berdi.
-Buni o'zing xoxlading olaqol bu o'sha saxifa.
-Raxmat. Qaxramonimiz eshik tomonga xarakatlanarkan bemor yana gap boshladi.
-Meni orzularim xarob qildi. Senga bir maslaxat beraymi.
-Qanaqa ?
-Orzu qilishda extiyot bo'l. Sanjar binodan chiqib to'g'ri uyiga qarab yo'l oldi u charog'on ko'chada ketib borarkan Alisherni gaplari xaqida o'ylardi. Uni miyyasida "Kundalikni o'qib to'g'ri qilyapmanmi" degan savol aylanardi. Ana shunday o'y-xayollar ostida Sanjar manzilga yetib keldi. Uyga kirgach kiyimlarini alishtirdida so'ng qo'liga mash'um kundalikni olib saxifani o'rniga qo'ydi.
-Xo'sh. Ilojini toptim endi meni orzularim amalga oshadi. DAVOMI BOR.

#Daxshatli voqealar#38#ushalmagan#orzu#3qism#psixologiktrillermistika
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика