#

Men uchun endi uch raqami yöq.

Men atiga ikki yoshda edim. Juda afsusdaman, endi hech qachon maktabga bora olmasligimdan, öqishni, yozishni örganolmasligimdan. Men uchun endi uch raqami yöq. Oyimning ismi Sveta, u meni dunyoga keltirganida 17 yoshda edi. Buvim meni judayam yaxshi körardi, dadam baxtim uchun öz hayotini berishga ham tayyor edi. Baxtli gödak edim. Oyim kompyuter qarshisida, internetda köp vaqtini ötkazardi. Men endi gapirishni örgana boshlaganimda dadam va oyim tez-tez va jiddiy janjallashib qolishardi. Nihoyat oyim dadam bilan ajrashdi va kutilmaganda xorijga, qaysidir shaharga ketishga qaror qildi. Yangi uyimizga kelganimizda, men özimning "yangi dadam" bilan tanishdim. Boshida u juda mehribon edi. Ammo keyinroq meni ura boshladi. Men undan qörqardim. Judayam. U meni özining kamari bilan katta qila boshladi. Har gal mast vaqtida shu kamari bilan savalardi. Oyim unga qarshilik qila olmasdi. U oyim ikkimizni köchaga haydab yuborishi mumkinligini aytib qörqitardi. Uning ovozini eshitishim bilan kravat tagiga bekinib olardim. Lekin u baribir meni topib olardi. Qörqib qochardim. Lekin u baribir tutib olardi. Axir men tashlagan uch qadamim uning bir odimlashiga ham yetmasdi. Bir kuni "yangi dadam" tobi yöqligi uchun ishga bormadi. U bugungi kun mening tarbiyam bilan shug'ullanish uchun ajoyib imkoniyat ekanligini aytdi. Men devor qog'oziga yurakcha rasmini chizgandim. U bundan g'azablandi va kamarini yechib meni ura boshladi. Og'riq judayam kuchli edi. Oyim u meni qanday urayntganini shunchaki kuzatib turardi. Men hech narsa qila olmadim, faqat yig'ladim. U oyimga kamarni tutqazdi va baqirdi: "Ur!" Ey, Xudo, oyijon, nahotki siz ham meni ursangiz?! U yana baqirdi: "Agar sen bolani qanday tarbiyalash kerakligini bilmasang, ikkalangizni ham haydab yuboraman" Oyim meni urdi. "Yana",-takrorladi "yangi dadam". Yana urishdi. Yana. Jajji tanam og'riqlarni his qilmay qöydi. Faqat juda sovuq qotardim. Oyim yig'lab kamarni uloqtirib yubordi va meni bag'riga oldi. Zörg'a uning yuzini siladim va shavqatsiz dunyoda oxirgi marta gapirdim: "Oyijon, sizni yaxshi köraman". Bugun ölganimga 40 kun böldi. Меni öz yurtimizga, haqiqiy dadamning uyi yaqiniga kömishdi. Dadam va buvim har kun qabrimga kelishadi. Özlari bilan juda köp gul va öyinchoqlar olib kelishadi. Afsuski ular bilan gaplasha olmayman. Oyim qamoqda, judayam afsusdaman. Baribir oyimni juda yaxshi köraman. Oyijon, men ham sizga öxshagan gözal qiz bölmoqchiydim, eng chiroyli rasmlar chizmoqchiydim. Kun kelib siz kabi ona bölganimda, farzandimni kamar bilan emas, mehr bilan tarbiya qilmoqchiydim. Endi bölsa osmondaman. Yonimda siz yöqsiz. Bag'ringizda nafas olgim kelyapti. Men atiga ikki yoshda edim. Juda afsusdaman, endi hech qachon maktabga bora olmasligimdan, öqishni, yozishni örganolmasligimdan. Men uchun endi uch raqami yöq. (Ruschadan Asila Azizova tarjimasi)

#Umr manzaralari#100#uchun#endi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика