#

CHIQISH YO'Q-2. 3-qism. (Psixologik-triller,mistika ). "Zulmat doyimo sen bilan birga."

CHIQISH YO'Q-2. 3-qism. (Psixologik-triller,mistika ). "Zulmat doyimo sen bilan birga."
-Jim ovozingni chiqarma.
-Sen kimsan. Shu payt xona tashqarisida qadam tovushlari eshitila boshladi.
-Bu yerda kim bor. Bobur qo'rquvi o'zini eng yuqori darajasiga chiqqandi yuragidan chiqayotgan "dukullagan" ovoz butun olamni larzaga solgudek edi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach koridordagi ovozlar tinib qoldi.
-Kimsan o'zi so'radi Bobur.
-Ismim Sanjar. O'zing bu yerda nimalar qilib yuripsan yoki tashlandiq xarobani dam oladigan maskan deb o'ylaganmiding.
-Ushbu joy xaqida eshitganimdan so'ng binoga kelish niyyati paydo bo'ldi chunki urush yillari bobom xam aynan shu yerda bo'lgan ekan.
-Lekin endi qattiq afsuslanishing aniq.
-Nega.
-Chunki binoga kirish bor lekin chiqish esa yo'q.
-Tushunmadim nima uchun qanday kirgan bo'lsam shunday chiqib ketaveraman.
-Yo'q adashasan men xam xuddi shunday o'ylagandim ammo. Endi bu yerda abadiy qolib ketasan.
-Nimalar deb valdirayapsan.
-Ishonaver. Sanjarni ko'rinishi anchayin achinarli xolatga kelib qolgandi kiyimlarni titilgan rangida-rang qolmagandi. Qaxramonimiz Bobur uni ko'rib miyyasini turli xil savollar egallay boshladi.
-O'zing xaqingda gapirmading.
-Men bu binoga do'stlarim bilan ancha oldin kelgandim sen boshimdan qanday daxshatlarni o'tkazganimni xatto tasavvur xam qilolmaysan.xar bir kunim menga jaxannam azobini berardi.
-Qanday qilib xaligacha tirik yuripsan.
-Buni o'zim xam bilmayman.
-Baribir ilojini qilib bo'lsa xam chiqish yo'lini topishimiz kerak.
-Biron taklifing bormi. Bobur sumkasini ochib kutubxonadan olgan kitobini qo'liga oldi va Sanjarga gapira ketdi.
-Ushbu kitobni o'qib chiqdim bunda bino va urushda qatnashgan insonlar xaqida ma'lumotlar keltirib o'tilgan.
-Chiqish yo'li to'g'risida xam yozilganmi.
-Afsuski yo'q.
-Unda bizga buni keragi yo'q. Sanjar kitobni o'lib bir chetga qarab uloqtirdi.
-Esing joyidami. Eng xayratlanarlisi parvoz vaqtida kitobni ichidan buklangan qog'oz tushib qoldi. Buni payqagan Bobur darxol ushbu narsani qo'liga oldi.
-Nima ekan so'radi Sanjar.
-Bilmadim qandaydir chizmaga o'xshayapdi.
-Qani berchi. Qaxramonimiz diqqat bilan varaqqa razm solardi.
-Axir bu binoni sxemasiku.
-Agar shunday bo'lsa.
-Xa chiqish imkoniyatimiz bor. Mana qara yer osti yo'lini ko'ryapsanmi ko'rinishidan kichkinagina tunelga o'xshaydi. Aynan o'sha yo'l bizni binodan olib chiqadi.
-Bu qayerda ekan.
-4-qavatdan pastlikka qarab chizilganga o'xshayapti.men bu xonani bilaman. tezroq yuqoriga ko'tarilishimiz kerak. Ikkisi darxol xonadan chiqishib extiyotkorlik bilan zina tomon odimlay boshlashdi yo'lak judayam qorong'u edi fonarlardan taralayotgan nurlar esa faqat ma'lum bir nuqtanigina yoritardi.
-E'tiborni yo'qotmasligimiz kerak. Zinani oldiga kelgach sekin asta tepaga ko'tarila boshlashdi. Ushbu xarobada xatar yurayotgan xar bir qadamda mujassam edi. Qaxramonlarimiz extiyotkorlikni soniya bo'lsa xam susaytirmasdan 4-qavatga chiqishdi.
-O'sha xona qayerda.
-Yo'lak oxirida joylashgan. Ular biroz yurishgach kutilmaganda ortlaridan kimnidir gapirgani eshitildi.
-Do'stim qayerga ketyapsan. Daxshatli axvolga tushib qolgan qaxramonimiz ro'parasidagi odamni ko'rib yoqa ushladi.
-Alisher senmisan o'lgan edingku yoki tirik qoldingmi.
-Men tirikman do'stim bu yerni birga tark etamiz. Sanjar Alisherni oldiga yura boshladi. Bobur esa vaziyatni ko'rgach barchasini tushungandek bo'ldi.
-Yo'q shoshma u xaqiqiy emas. DAVOMI BOR.

#Daxshatli voqealar#122#chiqish#yoq2#3qism#psixologiktrillermistika#doyimo#bilan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика