#

CHIQISH YO'Q-2. 1-qism. (Psixologik-triller,mistika ). "Bu yerda o'tkazgan xar bir kuning asrlarga

CHIQISH YO'Q-2. 1-qism. (Psixologik-triller,mistika ). "Bu yerda o'tkazgan xar bir kuning asrlarga tengdir!! " Kuz fasli o'z o'rnini izg'irin va sovuq qishga bo'shatib berganidan so'ng xavo ancha salqinlanib qolgandi bu esa tez orada qor yog'ishidan darak berib turardi. Shaxar markazida joylashgan tibbiyot instituti. Xikoyamiz qaxramonlaridan biri Bobur oliygoxni professorlaridan birini xonasiga kirdi.
-Assalomu alekum Murod aka kirsam maylimi dedi Bobur xona eshigini ochgach.
-Keling marxamat.
-Meni chaqirtirgan ekansiz.
-Xa mana bu yil institumizni tamomlaysz oldingizda eng oxirgi bosqich ya'ni amalyotni muvaffaqiyatli o'tash qoldi.
-To'g'ri bu juda xam ma'sulyatli vazifa.
-Sizga maslaxatim 1 xafta oldin yangi ochilgan kutubxonaga boring u yerda tibbiyotga oid kitoblar va ilmiy qo'llanmalar mavjud ekan bular orqali xisobot tayyorlashingiz xam oson kechadi.
-Xo'p raxmat. Bobur o'qishdan chiqqach to'g'ri o'sha kutubxonaga yo'l oldi osmon uzra qora bulutlar suzib yurardi. Ma'lum vaqtdan keyin qaxramonimiz ko'zlangan manzilga yetib keldi. U kitoblar olamiga qadam qo'yarkan o'zini boshqa dunyoga tushib qolgandek xis qilardi.
-Xo'sh. Bobur kutubxona hodimasini oldiga kelib gap boshladi.
-Kechirasz.
-Keling xizmat.
-Menga tibbiyotga oid kitoblar kerak edi.
-Mana o'ng tarafdagi qatorlar siz izlayotgan kitoblarga to'la.
-Raxmat. Xodima aytgan qatorga borgach o'ziga kerakli bo'lgan kitoblarni qidira boshladi.
-Xa topdim. Bobur izlaganini topgach bir chetga o'tirdi. Oradan taxminan 1 soat vaqt o'tdi.
-Mana yakunladim. Qaxramonimiz o'rnidan turib kitobni joyiga qo'ydi. Va uning nigoxlari ro'parada joylashgan yana bir kitob javoniga qadaldi. Bu yerda tarixga oid manbalar o'rin olgandi Bobur ko'ziga ko'ringan dastlabki kitobni oldi va yana qayta joyiga o'tirdi.
-Qiziq bu yerda nimalar yozilgan ekan. Kitobni xar bir betini varaqlarkan kutilmaganda saxifalardan birida chop etilgan sur'at e'tiborini tortdi. Rasmda nechta askarlarni birgalikda tushgandagi xolati tasvirlangandi. Qaxramonimiz darxol kiyimini ichki cho'ntagidan kichik xajmdagi yana bitta rasmni oldi va undagi odam bilan kitobda tasvirlangan xarbiylardan birini solishtirdi.
-Bo'lishi mumkin emas. U shosha-pisha boyagi kutubxona xodimasini oldiga keldi.
-Uzr yana bir bor.
-Tinchlikmi.
-Xa mana bu kitobdagi qanday rasm.
-Bu yerda yozib qo'yilganku yarim asr oldin aniqrog'i urush paytida tushilgan foto deb. Bobur cho'ntagidan olgan rasmni ko'rsatdi.
-Ko'ryapszmi bu meni bobom u xam urushda qatnashgan ekanda. Lekin menga xech kim aytmagandi. Xa aytgancha askarlarni ortida turgan qanday joy.
-Bu bino bir paytlar xarbiylar uchun boshpana xisoblangan.
-O'sha boshpana xozir xam mavjudmi.
-Albatta bino shaxar tashqarisida joylashgan u yerga kuniga yuzlab sayyoxlar tashrif buyurishadi.
-Tushunarli. Mana shu kitobni menga vaqtinchaga berib turolmayszmi.
-Albatta olishingiz mumkin.
-Raxmat. Bobur kech bo'lgach uyiga keldi va yotoqxonasiga kirib o'ylana boshladi.
-Bobomni deyarli eslolmayman lekin u insonni tarixini o'rganish men uchun juda qiziq. Ertagayoq o'sha bino tomon yo'l olaman.ammo xisobotlarimni tayyorlashim kerakku.xechqisi yo'q qaytganimdan so'ng bu ish bilan shug'ullanaman. Dastlab safar uchun kerakli narsalar olishim kerak. Bobur sumkasiga barcha zarur bo'ladigan narsalarni joylay boshladi. Tong otdi qaxramonimiz ertalabdan xatto nonushta xam qilmay yo'lga otlandi. Bugun xavo ancha musaffo edi quyosh nurlari shunday izg'irin kunda o'z tafti bilan butun olamni isitardi. Taxminan 2 soatli yo'ldan so'ng Bobur manzilga yetib keldi daraxtzorlar orasida joylashgan tashlandiq binoga yetib kelgach u yerdagi manzarani ko'rib yoqa ushladi sababi atrofda odam to'la edi kimlardir suratga tushar yana kimlardir esa xaroba devorlarni tomosha qilardi xullas barcha moziyga sayoxat qilish bilan ovora edi.
-Xaa bino anchayin katta va biroz tashlandiq ekan. Naxotki yarim asrdan buyon bu imorat saqlanib kelayotgan bo'lsa. Bobur atrofga biroz termulgach yonidagi odamga gapira boshladi.
-Kechirasz.
-Eshitaman.
-Siz bu yerga ko'p kelaszmi.
-Xa onda sonda kelib turaman.
-Binoni ichkarisiga kirganmisz.
-Yo'q chunki 50 yildan buyon eshikka osilgan quflar ochilmagan keyin bu xarobaga kirishga kim xam qiziqardi.
-Demak xech kim kirmagan deng.
-Shunaqa desa xam bo'ladi. Lekin bu joy xaqidagi ayrim mish-mishlar xam quloqqa chalinib turadi.
-Qanday?
-Eshitimcha binoga bundan bir necha yillar oldin bir gurux odamlar kirishgan ekan ammo ichkaridan ularni qaytishgani xaqida xech kim ma'lumotgan ega emas. Bu shunchaki cho'pchak xolos.
-Tushunarli. Oradan ancha vaqt o'tdi. Kech tushayotgan bir payt Bobur bekatda o'tirardi va shu payt uni oldiga shaxar markaziga olib boruvchi avtobus kelib to'xtadi.
-Shuncha masofani bosib kelamanu ichkariga kirmay ketamanmi dedi qaxramonimiz o'ziga o'zi tashlandiq bino qarshisida turarkan. DAVOMI BOR.

#Daxshatli voqealar#98#chiqish#yoq2#1qism#psixologiktrillermistika#yerda
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика