#

"Mungli Kuy"

"Mungli Kuy" Tuman Uch yil oldin chekka bir qishloqchaga borishim kerak bo'lib qoldi. Mashinamning oldida tez orada uydan chiqishi kerak bo'lgan jiyanimni kutib turardim. O'sha paytda hali uylanganim yo'q edi, bir o'zim borgani yo'l juda ham zerikarli tuyildi, shuning uchun opamning o'g'lini yo'l-yo'lakay olib ketishga qaror qildim. Yigitcha juda aqlli — suhbatdoshini zeriktirmaydiganlar, doimo qiziqarli gaplar, hazillardan aytib ko'nglingizni ko'taradi. Shoshgancha eshikdan chiqqan jiyanim bilan salomlashdimda mashinaga o'tirdim. Qishloqchagacha to'rt soatlik yo'l, katta trassada bir necha soat, keyin asfaltlanmagan yo'lda bir soat yutish kerak. Tog'a jiyan suhbatga berilib kech tushganini sezmay qolibmiz. Shundoq ham atrofni qoplagan zulmat ustiga tuman tusha boshladi. Mashinada (umuman piyoda ham) yurishni iloji yo'q edi. Istalgan payt burilishdan mashina chiqib qolib, uni tumanda arang payqaganingizda anchayin kech bo'lishi tayindir. Ilojsizlikdan mashinani yo'l chekkasiga to'xtatdim. Jiyanimga nima bo'lishidan qat'iy nazar mashinani tark etmaslikni tayinladim chunki bunday "oq tutun"da bir necha soniyalar ichida yo'qolib qolish hech gap emasdi. O'zim esa biron-bir yo'l belgisini izlashga taradudlandim. Mashinadan o'n metrcha oldinga yurib, yaqin oradagi qishloqqacha o'n kilometer borligi haqida xabar beruvchi yo'l belgisiga ko'zim tushdi. Biroq bu meni hursand qilmadi — chunki hisoblarim bo'yicha men manzilga allaqachon kelgan bo'lishim kerak edi. Qayerda xato yo'lga burilganimni o'ylab ensam qotdi, aslini olganda men xato yo'lga burilishimni iloji yo'q chunki shuncha masofadan buyon yo'l faqat to'g'riga ketgan, agar burilganimda ham daraxt yoki butalarga urilgan bo'lar edim. Ko'rsatkichdagi yozuvlardan o'ylanib asta mashinam tomon yurdim. Hayol bilan chalg'ib ellik metrcha masofani bosib o'tganimni sezmabman ham, bu orada mashinam ko'rinmasdi. Unchalik uzoqqa ketganim yo'q, mashinani yo'qotib qo'yish o'ta ketgan ahmoqlik edi. Yana ortga qayrilib yurdim, bir daqiqadan so'ng boyagi yo'l belgisi oldimdan chiqdim. Mashina hamon yo'q edi. Jiyanim mashinani minib ketib qolishi mumkin emas — umrida hech qachon mashina minib ko'rmagan (fikrimcha gaz va to'xtatish pedallarini ajrata olmasa ham kerak), ustiga ustak bunday sharoitda. Tumanda adashgan tipratikon ka'bi uyoqdan buyoqqa alanglardim. Mashina oldida adashib qolganimni o'ylab battar jaxlim chiqar meni faqatgina hozir jiyanim havfsiz joyda ekanligi biroz tinchlantirardi. Bilishimcha oradan bir soat vaqt o'tdi, atrofda qandaydir pianinoda chalinayotgan mungli kuy eshitilardi, shu orada men qandaydir chorraxaga kelib qoldim. Uning o'rtasiga turib olib atrofga alangladim. Bundan yomoni bo'lishi mumkin emas. Taqdirga tavakkal qilib boshim oqqan tomonga yuraymi? Yo'q bu juda ham yengil o'ylangan reja. Go'yo atayin qilgandek mobil telefonimni ham mashinada qoldiribman (o'n metr nariga borishim uchun telefonni keragi yo'q deb o'ylabman). Eng tushinarsizi, atrof suv quygandek sokin edi — na mashinaning ovozi, na qushlar sayrashi, axir biz deyarli o'rmon yoqalab ketayotgandik, bu orada boyagi kuy yanada aniqroq eshitila boshladi. «Jin ursin!» — deya baland ovozdi so'kindim va shu ondayoq ortimda kimningdir yugurganini eshitdim. Qayrilib qarab tumandan boshqa hech narsani ko'rmadim. Lekin nimadir mening atrofimda yugurib, sakrab yurganini sezib turardim. Qo'rquvdan oyoq qo'lim muzlab qolgandi. Birozdan so'ng oldimda ohista harakatlanayotgan soyani ko'rdim. O'sha sharpa tomon harakatlandim. Uning oldiga yetib kelganimda, qarshimda katta yoshdagi nuroniy chol turardi. Meni bu otaxon nega bu yerdaligi qiziqtirmasdi — bu jaxannamda tirik jonni ko'rganimga hursand edim, boyagi yugurishlar ham tingandek bo'ldi.
- Otaxon aytolmaysizmi men qayerdaman? — u kishi menga boshdan oyoq bir qarab chiqdida, nimanidir pichirladi. Bir og'iz ham so'z demay otaxon qo'limni ushladida tuman ichra yo'l boshlab ketdi. Bu orada atrofda noinsoniy qiyqiriqlar, baqir-chaqirlar, sharpalar to'zg'ib ketdi. Meni boshlab ketayotgan kim ekanini ham tushinmay qoldim, lekin u qo'limni shunday mahkam ushlagan ediki, chiqib ketish amri mahol edi. Oradan o'n daqiqa o'tar-o'tmas barcha qichqiriqlar tindi va qarshimizda mashinam paydo bo'ldi shu ondayoq u meni qo'limni qo'yib yubordi. Hayratlangan jiyanimni yuziga o'zim ham taajub aralash qo'rquv bilan boqib so'ngra "yo'lboshchimizga" yuzlandim:
— Rahmat sizga, chin dildan minnatdorman. Balkim sizni biron joyga tashlab qo'yish kerakdir? Otaxon faqatgina mayin kulib tuman ichiga g'arq bo'ldi. Boshqa hech qayerga bormaslikka ahd qilib mashinaga o'tirdim. Tuman tarqashini kutib, jiyanimga barcha bo'lgan voqealarni bayon qildim. Uning rangi oqarib, men ketganimdan keyin mashina atrofida tuyoq tovushlari va kulgi ovozlari eshitilganini aytdi. U darxol eshiklarni berkitib, eshik oynasini qiya ochib meni chaqirgan lekin men shu yaqin o'rtada bo'lsamda javob bermaganman, Voqeaning eng sirli tarafi bularning barchasi 5 daqiqa ichida sodir bo'lgan. Men uchun

1 2 »

#Daxshatli voqealar#66
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика