#

Ayyor Mexmon

Hozirgina sokin, tinch turgan osmonda qora bulutlar to'plandi. Qattiq chaqmoq chaldi. Yerga go'ya ignalardek mayda yomg'ir tomchilari quyildi. Ketma-ket odamlarni turtib, uyim tomon shoshildim. Bir necha chaqirim narida "kulbam" ko'rindi.
- Men keldim! - deya eshikni yopdim. Uy qorong'i va shubhali darajada sokin, qayerdandir chirindi xidi kelardi. Kiraverish chirog'ini yoqib uy ichiga nazar soldim. Hech kim yo'q. Na opam va na ota-onam.
- Aya, dada? - ularni chaqirdim. Javoban yana bosimli sukut. – Rebekka? Labimni tishladim. Biroz qo'rquv tanamga alangladi, axir shuncha vaqtdan buyon endi uyda yolg'iz qolishim. Yutaman deydigan katta, ikki qavatli uyda. Kamiga tunda. Biroq, bunday olib qarasa, nimadan ham qo'rqaman? Arvoxlardanmi, yoki borligidan ko'ra yo'qlik a'lomati ko'p paranormal xodisalardanmi?, Pff. Shunday hayollar bilan zina tomon yo'naldim.
- Ovqat tayyor, Kerri! -Onamning baland ovozi qo'rquvdan bir sapchib zinapoyaga o'tirib qolishimga majbur etdi. Onam uydami?
- Aya, qaytdasiz? Oshxonadami?
- Ovqat tayyor, Кerri! -Baqirishni davom etdi oyim. Ovoz yo oshxonadan yoki dadamning xonasidan kelardi. Lekin mantiqan o'ylab qarasa, onam oshxonada edi.
- Ho'p, hozir. Kiyimlarimni almashtirib chiqay! - Shu so'zlar bilan zinadan ko'tarildim. Xonamga kirib, chiroqni ham yoqmay, krovatga ag'anadim. Sharillab yog'ayotgan yomg'ir tovushi og'ushida ko'zim uyquga ketdi. Qorong'i xona faqat qarshimda ikkita yaltiroq ko'z va quloq tomon yoyilgan tabassum, chap devor tirqishi tarafidan tushayotgan g'ira-shira nur ta'sirida ko'rinib turibdi, faxmlashimcha u ayol edi.
- Kerri eshikni ochma, yana tag'in? - deya qattiq kula men tomon yaqinlashib kela boshladi.
- Ovqat tayyor, Kerri! -onamning ovozi meni uyg'otib yubordi. Shunaqa ham tush bo'ladimi? Boshimni uyon-buyon chayqab sal o'zimga kelib oldim. Tezda kiyinib pastga tushmoqchi bo'lib turganimda, krovatim ustida qolgan telefon, jaranglab qoldi. «1 yangi xabar», - displeyda yozuv. Xo'rsinib, men uni ovoz chiqarib o'qiy boshladim:
- Senga telefon qilib tusholmadik. Biz dadang bilan mexmondamiz, kechroq boramiz. Ochqagan bo'lsang, do'kondan biron narsa sotib ol.
Oyim? Haqiqiy qo'rquv aralash taajub ana endi boshlandi. Atayin, hazillashishyaptimi? Hozirgina uyda edi, qachon ketishga ulgurdi? Yana tag'in dadam bilan?! Bu qanaqasi bo'ldi.
- Ovqat tayyor, Kerri! - Birinchi qavatdan yana ovoz keldi Qo'rquv o'z tig'ini bo'ynimga tiragandek. Ayam ketgan bo'lsa… pastdagi kim? Miyyamga qachonlardir internetda o'qigan mini-hikoyacha esga tushdi: <> Va hozirgina meni titroq bosganini sezdim. Eshik qarshisida turib, har tomon sochilib ketgan fikrlarni yeg'ishga urindim. Nima qilsam bo'ladi? Qandaydir mavjudot oshxonada, onamning ovozi bilan meni ayyorona tarzda chaqiryapti. Balkim dadamga telefon qilarman? Lekin ular menga ishonishmaydi, kamroq qo'rqinchli kino ko'r deyishadi, bu aniq. Oynadan sakrasammikan? E panjara borku! Jinlar ursin seni, nima qilsam bo'ladi?! Vahima soniya sayin ortib borardi. Qo'rquv miyyamni zabd etgandi. Ko'zimdan yosh tomchiladi. Ko'z yoshlar. umidsizlikdanmi? Yoki ojizlikdan? O'zim ham bilmayman.
- Kerri! - Zina tarafdan og'ir qadamlar bilan ovoz yaqinlashib kelardi. Jon xolatda eshikni qulfladim. "U" eshikni qattiq ura boshladi. Qo'rquv alangasi ichida ortga tisarildim. Qo'lim qaltirar, u burchakdan bu burchak tomon yurardim. Endi nima qilaman? NIMA QILISHNI BILMAYMAN.
- Кerri, hoziroq eshikni och! -Uning so'ngi so'zi cho'chqani pishshilashidek eshitildi. Men eshik tomon bir qadam qo'yib kalitni burashga shaylandim, nima bo'lsa bo'lar. Boshimda bir ovoz: "ESHIKNI OCHMA", -deya takrorlardi.
- Kerri! - ko'zimni yumib kalitni buradimda eshikni ochdim. Bir necha soniya ichida go'yo vaqt protokli buzilgandek. Qo'rqyapman. Axir u qarshimda, uni sezyapman.
- …Rebekka? - dedim ko'zimni ochib. Birinchi qavatda yoniq qolgan chiroq, xira bo'lsa ham mening opamni yuzini ko'rsatib turardi. U yoyilgan sochlar, qayerdan topdi ekan, eski tungi kiyimda, og'zi qiya ochiq xolatda, hech qanday his-tuyg'u aks ettirmaydigan nigoh ila menga tikilib turardi. – Opa… qo'rqitib yubordingiz-ku odamni! Naqadar qo'rqinchli axvoldaligingizni bilasizmi!? Meni baqir-chaqirlarimga e'tibor ham bermay, opam tez burildida oqsoqlanib pastga tushib ketayotib:
-Ovqat tayyor, Kerri - dedi. Nega uni oqsoqlanib ketayotganiga e'tibor ham bermapman. Ex mayli, huh, bu opam edi ekan, men bo'lsa qo'rqib yotibman, oynadan sakramoqchi bo'libman-a, 16 yosh bo'lsang ham qo'rqoqliging qolmaptida. Yengil tortib, bir o'pkamni to'ldirib nafas oldimda, oshxonaga bordim. U yerga kiriboq menga teskari bo'lib, derazaga qarab turgan opamga ko'zim tushdi. Nigohimni stol tomon burib, u yerda likopchada turgan kotletga ko'zim tushdi.
- Raxmat, - opamga ovqat uchun minnatdorchilik bildirdim. Qo'limga sanchqichni olib, ovqatlanishga tushdim, ovqat ta'mi noodatiy edi.
- Bilasizmi,

1 2 »

#Daxshatli voqealar#318
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика