#

“Poet” kemasi

Ikkinchi jahon urushi yillarida bu kema transport kemasi vazifasini bajargan. Urushdan keyin uning faoliyati to’xtatilgan va “Poet” 20 yil davomida ishsiz turgan. Keyinchalik uni sotib oldilar va foydalana boshladilar. Biroq 1980 yilda kapitan hamda 33 nafar tajribali ishchilardan iborat komanda tomonidan boshqarilayotgan kema sirli ravishda g’oyib bo’lgan. 24 oktayabr kuni “Poet” kemasi makkajohori yuki bilan Filadelfiyadan Misrga qarab yo’l oladi. Ertasi kuni Atlantikaning shimoliy qismida bo’ron ko’tariladi, biroq bu tabiat hodisasi bunday toifadagi kemaga xavf sololmas edi. To’fon to’xtaganda kema yo’qolganligi ma’lum bo’ldi, hech qanday halokat haqidagi signallar ham qabul qilinmagan. Kema yo’qolishining bir necha versiyalari bo’lgan – yoriqlar tufayli cho’kishdan to “Poet” bilan aloqaning uzilishi haqida og’iz ochmagan kema egasining sovuqqonligigacha. Ammo birgina narsa ayon: bunday kemalar sababsiz cho’kmaydi, biroq haqiqatni bilish jida mushkul. 19-bo’linma Ikkinchi jahon urushining tugashi bilanoq yana bir sirli g’oyib bo’lish voqeasi sodir bo’ldi. 1945 yilning dekabrida beshta amerika bombardimonchi samolyoti Bagama orollari hududida mashq parvozini amalga oshirayotgan edi. Topshiriq tugagandan keyin bo’linma bazaga qaytayotgan edi, biroq nimagadir ularning yo’nalishi to’satdan o’zgarib qoladi. Buning ustiga ob-havo ham yomonlashgan edi va bir oz o’tib samolyotlar radardan g’oyib bo’ldilar. Darhol katta hajmgagi qutqaruv operatsiyasi boshlab yuborildi, unda yuzlab samolyotlar va o’nlab kemalar ishtirok etdi. Biroq shuncha say-harakatga qaramasdan yo’qolgan bo’linmaning birorta belgilari topilmadi. Keyinchalik aniqlanishicha, o’sha kuni boshqa samolyotlar ham Bermud uchburchagining qurboniga aylangan ekanlar. Bombadimonchi samolyotlarning qudiruvi bilan shug’illanayotgan ikkita gidroplan ham izsiz g’oyib bo’lgan. Hozirgi kunga qadar ham bu sirli hodisaning ratsional izohi topilmadi, Bermud uchburchagining mistik xususiyati esa eng haqqoniy versiya deb tan olindi. Moche tsivilizatsiyasi Ushbu Janubiy Amerika madaniyati birinchi va to’qqizinchi asrlar oralig’ida zamonaviy Peru davlati hududida mavjud bo’lgan. Arxiologik tadqiqotlar natijalariga ko’ra, bu yerdagi odamlar metallarga ishlov berishni yaxshi bilganlar, hattoki zarhallash hamda qalaylash hunarini ham egallaganlar. Ular dehqonchilikdan shunday mo’l hosil olganlarki, 25 ming aholini bemalol oziq-ovqat bilan ta’minlay olganlar. Biroq tarixning ma’lum bir vaqtida ular to’satdan g’oyib bo’lganlar. Taxminlardan birida aytilishicha, bunga 6-7 asrlarda sodir bo’lgan El-Ninyo to’foni sabab bo’lgan bo’lishi mumkin. 30 yillik juda ko’p yog’gan yomg’irdan keyin o’ttiz yillik qurg’oqchilik boshlangan va aholi bunga dosh bera olmagan. Yana bir taxminda esa bu madaniyat qo’shni qabilalar tomonidan yo’q qilingan, biroq jang va urush belgilari topilmagan. Afsuski, ushbu tsivilizatsiyaning izi batamom yo’qotilgan. Norfolk polkining 5-batalyoni Birinchi jahon urushida qatnashgan bu britaniyalik otryad, asosan ko’ngillilardan tashkil topgan. Tayyorgarlikdan so’ng batalyon 1915 yilda Gallipoli yarimoroliga qo’ndi, uning oldida Turkiyani urushdan chiqarib yuborish vazifasi turgan edi. Otryad kerakli joyga 10 avgustda yetib keldi, 2 kundan keyin esa urushga yo’l oldi, bu urush ular uchun birinchi va oxirgisi bo’ldi. Ittifoqchi qo’shin hujumi puxta rejalashtirilmagan edi. Kuchli tayyorlangan raqibiga qarshi o’laroq polkning aniq bir xaritasi ham yo’q edi, shuning uchun u mag’lubiyatga yuz tutdi. Hujum paytida 5-batalyon dushmanini yonayotgan o’rmonga qarab ta’qib etdi va u yerdan qaytib kelmadi. Avvaliga askarlar dushman qurshoviga tushib qolishgan, deb taxmin qilingan edi. Ammo Turkiya hukumatining qaydlarida bunday harbiy asirlar haqida hech qanday ma’lumot yozilmagan edi. Keyinchalik shunday odamlar ham topilganki, ular katta bir bulutni ko’rganliklarini va bu bulut askarlarni o’z domiga tortib ketayotganligining shohidi bo’lganliklariga hammani ishontirar edilar. Bu voqea rostmi yoki yolg’onmi-hech kim bilmaydi, lekin 5-chi Norfolk batalyoning taqdiri noma’lumligicha qolmoqda. Eskimoslar qabilasi Navbatdagi voqea esa XX asrning birinchi yarmida sodir bo’lgan Anjikuni ko’li yaqinidagi eskimoslar qishlog’idagi butun boshli qabilaning sirli va tushuntirib bo’lmas holda g’oyib bo’lishlari haqida. Adjikuni ko’li cho’rtan baliq va forel baliqlariga juda boy. U Kanadaning chekka mintaqalaridan birida Qozon daryosi bo’yida joylashgan. Bu o’lkada yovuz ruhlar va ajinalar ko’pligi rivoyatlarda aytilgan. Mahalliy aholining yo’qolishi shu afsonalar bilan bog’liq bo’lishi mumkin, degan taxminlar bor. Bu voqea 1930 yilning noyabr oyida sodir bo’lgan. Kanadalik ovchi Labell eskimoslar qishlog’iga kelib, kulbalarda ham, ko’chalarda ham hech kim yo’qligiga hayron qoladi. Axir bir necha hafta oldin bu yerda hayot qaynagan, sershovqin qishloqcha edi-ku. Endilikda bu yer huddi qabristondek huvillab qolgan. Mehmon ovchi qishloqda birorta ham odamni uchrata olmadi. Tabiiyki, u gap nimada ekanligini aniqlamoqchi bo’lgan. Biroq uning urinishlari behuda ketdi, u hech narsani aniqlay olmadi. U har bir kulbaga kirib, har bir burchakni sinchlab tekshirdi. Uylarda odamlarning barcha narsalari – ro’zg’or buyumlaridan tortib, qurollarigacha hammasi butunligicha turar edi, qayiqlari ham qirg’oq bo’yida bog’langan holda edi. Ovchi shuningdek kulbalarda mahalliy aholining milliy taomi bo’lgan – dimlangan go’shtlar solingan ko’zalarni ham, zahiraga olib qo’yilgan baliqlarni ham turganligining

1 2 »

#Qo'rqinchli voqealar#68
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика