#

Bu voqea Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Jarqoq degan joyida sodir bo'lgan edi

Bu voqea Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani Jarqoq degan joyida sodir bo'lgan edi. U yerlar cho'l hududi. 2004-yil oktyabr oyining oxirlari edi. Men u paytlar talaba edim. Paxta mavsumining oxiri dalada paxta yoq hisobi. Bir fermerni dalasiga paxta tergani bordik. Fermer kechga paxtani o'lchab vagonchaga kiritib qo'ydi. Chunki bugungi paxta bilan ertangisini bir qilib topshirmoqchi edi. Biz ikki o'rtoq bundan juda xursand bo'ldik. Chunki kechqurun kelib vagonchadan paxta o'g'irlab ertangi normani hal qilmoqchi edik. Bu borada ancha tajriba ham bor edi. Kechqurun kazarmada ovqatlanib, talabalar uyquga ketayotgan vaqt biz hech kimga bildirmay yo'lga tushdik. Biz bormoqchi bo'lgan dala kazarmadan piyoda yursa 2 soatlik yo'l. Fayluz Yo'lda ketayotganimizda orqadan bir nima kelayotgandek bo'lardi oxiri to'xtadik oq ko'lanka ko'rindi nima bo'lsa bo'ldi deb oldiga yurak yutib bordim oppoq eshak ekan. Eshak ekan deb xursand baqirdim o'rtog'imga. Yana yura boshladik eshak ortimizdan yana yura boshladi. Bir ikki marta tosh otib haydadik. Shu orada manzilga yaqinlashib ham qolgan edik. Borgach sekin ko'chma vagonchani derazasidan kirdim eshigi qulf edi. O'rtog'imga fartukka solib bera boshladim. U boshqa dalaga ariqchani ichiga joylashtirib kela boshladi.Bir marta paxtani fartukka solib bergandan so'ng ikkinchi fartukni to'ldirib o'rtog'imning kelishini kutib turdim. Kelavermagach tashqariga chiqib sigaret yoqib tutatib tursam. O'rtog'im ketgan tomonda olov ko'rindi.Hayron bo'lib uni chaqirdim u javob bermagach olov yonayotgan tarafga yurdim. Va o'sha tomondan gangir gungir tovush eshitila boshladi. Sekin borib qarasam haligi oq eshak yana bu tomonda olov atrofiga o'zim taniydigan kursdoshlar men bilan kelgan kursdoshim ham ularni ichida o'tirib olovni kovlab ichidan sholg'ommi kartoshkami olyapti.Birdan xayolimga bir vaqtlar o'qigan Abdulla Qodiriyni jinlar bazmi hikoyasi esimga tushdi. Ungacha biri meni ko'rib men tomon kela boshladi hamki kalimani qaytardim. Shu payt ko'z oldimda ular tutun kabi yo'q bo'la boshladi faqat o'rtog'imning qo'lida eshakni tezagi uni olovda ko'milgan sholg'om deb yeyishga shaylanib turibdi.Shudan keyin oyoqni qo'lga olib qochdik ikkalamiz ham ertasi kuni paxtaga chiqolmadik. Biz yashirgan paxtalarni boshqa o'rtoqlarimiz oldi. Lekin voqeani aytganda hech kim ishonmadi. Boshqa o'rtoqlarimiz o'sha yerga yana kechqurun borishdi lekin hech qanday hodisa sodir bo'lmabdi.

#Qo'rqinchli voqealar#35#voqea#sodir#bolgan
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика