#

Xikoya qilishlaricha bir kambag'al

Xikoya qilishlaricha bir kambag'al kishi Xayit kechasi ko'chalarni kezib yurib,ko'p odamlarni go'sht-kaboblar yeb o'tirishganini ko'rib og'zining suvi kelib ichi qiziganicha uyiga kelibdi.Ovqat pishirib tayyorlab turgan ayoli 'Xayitingiz muborak bo'lsin'' deya dasturxonga suzib kelgan taomning ichida lovyadan boshqa hechnarsa yo'q emish.Sovuqqina qilib senga ham debdi-yu ovqatni yeya boshlabdi.Lovyalarni yeb ustidagi po'stini ayvonnig derazasidan ko'chaga qarab otibdi va o'ziga o'zi: ''Nega endi xamma odamlar mazza qilib go'sht yeydi-yu,men esa loviya yeb o'tirishim kerak?'' deya xasrat qila boshlabdi.Dunyo ko'ziga tor ko'rinib uyidan ko'chaga chiqsa derazasi tagida bir bechora odam otilgan lovya po'stloqlarini puf-puflab changidan tozalb yeyayotgan emish va ''qancha-qancha bechoralarga nasib etmagan rizqni menga bergan Allohimga shukurlar bo'lsin'' deb qayta-qayta hamdlar aytarmish.Bu holni ko'rgan kambag'alning ko'zlariga yosh to'lib ''Roziman ey Robbim bergan nasibangga roziman'' deganicha uyiga kirib ketibdi.

#Umr manzaralari#33#xikoya#kambagal
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика