#

Disk (mistik)

Disk Do`kondan ismi yo`q kino oldim. Uyga kelib kopyuterdagi diskovodga joyladim. Bu filmning na ismi, na uni sur`atga olgan insonlar ismi hech narsa yo`q edi. Ekran avvaliga qop-qora edi. Keyin esa bir xonaning tasviri paydo bo`ldi. Xona o`rtasida bir qiz o`tirar edi. Bir necha daqiqalar qiz qimirlamagan holda o`tirdi. Men zerika boshladim. Kursorni olib yozuvni sal oldinga siljitmoqchi edim. Ammo hech bo`lmas edi. Ahamiyat bersam qiz kursorga e`tibor bilan qarar edi. Kursorni u yoq bu yoqqa siljitganimda u ham ko`zlarini kursordan uzmay u yoq buy yoqqa siljitar edi. Hayron qoldim. Diskavodda diskni chiqarib olmoqchi bo`ldim. Ammo diskovod ochilmadi. Shunda u ekranga, to`g`ri menga qaradi. Nazarimda u aniq mening ko`zimga tikilar edi. Buni tekshirish uchun qo`limni qimirlatib ko`rdim. U mening harakatlarimga diqqat bilan qarab turar edi. O`rnimdan turib xona bo`ylab yura boshladim. U mendan ko`zini uzmas edi. Qayerga borsam ham menga tikilib turar edim. Ana endi qo`rqib ketdim Kompyuterni razetkadan o`chirish maqsadda qo`limni cho`zganimda -Xayolingga ham keltirma-dedi. Tanam muzlab ketdi. qo`rquvdan titragan qo`llarim bilan kompyuterni ta`minotidan uzib qo`ydim. Ertasiga buni do`stim Antonga aytib berdim. Anton diskga qiziqqanini va uni berishimni uyiga borib ko`rishini aytdi. Men rozi bo`ldim 2-3 soatlardan keyin Anton menga qo`ng`iroq qilib, diskni kompyuteri qabul qilmayotganini, uni mening kompyuterimda ko`rish taklifini beridi. Men rozi bo`ldim. • FAYLUZ SAYTIDAN OLINDI Mana ikkalamiz kompyuter monitoriga tikilgan holatda turibmiz. hammasi kechagidek. Ekran avvaliga qop-qora edi. Keyin xona tasviri. Ammo bu safar qiz boshqa ko`ylakda edi. u xona bo`ylab qo`lida pichoq ushlagan holatda aylanar edi. Birdaniga u bizga qaradida - Qo`rqayapsizlarmi? - dedi. Men oppoq yuz bilan turara edim. Anton menga nisbatan jasurroq edi. Amo bu holat ham unga ta`sir qildi. U menga diskni sindirib yoqib yuborishni aytdi. Lekin bu ishni ertaga qo`ydik. Kechasi noma`lum raqamdan qo`ng`iroq bo`ldi. Go`shakni ko`tardim. Bir qizning ovozi: - Bu ishingiz kor qiladi deb o`ylayapsanmi? - dedi. Bu aniq o`sha diskdagi qizning ovozi edi. Xuddi shu payt eshik qo`ng`irog`i chalindi. Borib qaradim hech kim yo`q. Eshikni ochib qarasam ostonaga konvert tashlab ketishibdi. Konvertni ochdimi qo`rqqanimdan qichqirib yubordim. KOnvert ichida ko`zlari o`yib olingan Antonning rasmi turar edi. Men qo`rquvdan dag` dag` titrar edim. Xonam tomondan qanqadir shovqin eshitildi. O`sha tomonga yuridim Kompyuter yoniq edi. Ammo men uni yoqmagan edim. Shunda ortimdagi stolda turgan vaza yerga tushib sinib ketdi. Men dokadek oqarib ketgan qo`rquv butun vujudimni titratar edi. Qo`rquvning zo`rligidan krovatimga o`zimni otib odealga o`ralib oldim. Shunda kimdir oldimda yotganini sezib, odealni sal ko`targan edim ko`zi o`yib olingan Antonni ko`rib krovatdan sakrab turdim. Shunda chiroq o`chib qoldi. Xona burchagiga titragan holda siqilib qoldim. Xonaning boshqa burchagidan oyoq tovushlari eshitildi. Telefonimni yoqib yorug`ini xona burchagiga to`g`irladim. O`sha qiz menga tikilib turar edi. O`shanda disk yodimga keldi. Yugurib borib diskni oldim Endi uni sindirmoqchi bo`lganimda ortimda, g`azab bilan tishlar orasida sirg`alib chiqqan so`zlarni eshitdim: - O`lim senga! Diskni sindirdimu qolganini eslay olmayman. Ko`zimni ochganimda shifoxonada edim. Oradan bir necha hafta o`tgach menga javobberishdi. Uyda o`tirganimda qo`ng`iroq bo`ldi. Go`shakni ko`tarsam yana o`sha ovoz - Men qaytaman!

#Daxshatli voqealar#38#mistik
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика