#

Murda kelin. Sõnggi qism

Murda kelin. Sõnggi qism. Ertasi kuni õzini ancha yaxshi his qildi. Lekin yuzi hali ham murdanikidek oppoq, õzi esa hech narsani his qilmasdi. Keyin õylab shifoxonaga bormoqchi bõlib yõlga chiqdi. Havo sovuq, odamlar kam, ammo Viktoriya bu sovuqni zarracha ham sezmas, bu esa uning juda asabini qõzg'ayotgandi. Yõlda ketar ekan, bir ayolga urilib ketdi. Undan uzr sõradi. Ammo ayol unga biroz termuldi-yu, birdan "iblis" deya jazavaga tusha boshladi. Bundan Viktoriya qõrqib ketdi. Atrofga qarab ulardan boshqa hech kim yòqligini kõrdi. Albatta, u ayolni esdan og'gan deb õyladi. Endi yõlida davom etmoqchi edi, haligi ayol uni tõxtatib qoldi.
-Sen qanday qilib insonlar orasida yuribsan?
-Nimalar deyapsiz? Gapingizga tushunmadim.
-Sen hammasini bilasan? Nega tiriklar dunyosidasan deb sõradim.
-Aqldan ozganmisiz nima balo?! Qoching yõlimdan!
-Yõq. Sen hoziroq ketishing kerak. Buning oqibati yaxshi bõlmaydi.
-Qõlimni qõyib yuboring. Men ustingizdan arz qilaman.
-Iltimos, shoshma! Senda bir og'iz gapim bor. Faqat bu yerda ayta olmayman. Men bilan yur! Faqat yõq dema, iltimos!
-Hoy, shuncha hurmat qilganim yetar!-deya ayolni itarib õtib ketdi.
-Viktoriya, buning Piterga ham aloqasi bor. Sen olamdan õtgansan. Lekin bu qanday bõlganini menga aytishing kerak. Viktoriya turgan joyida qotib qoldi. Axir bu ayol nimalar deyapti? Bunday bõlishi mumkin emasdi. U ortiga ògirildi-da ayolning yoniga qaytdi.
-Siz meni qayoqdan taniysiz? Hozir nimalar dedingiz? i qayoqdan bilasiz?
-Menga ishon, seni bu yurishing yaxshimas. Yur men bilan hammasini tushuntirib beraman. Ular yõlga chiqishdi. Shaharning eng chrkkasida ayolning uyi joylashgandi. U yerga yetib kelib ichkariga kirishdi.
-Endi hammasini tushuntirib bering! Hoziroq!
-Albatta! Men seni taniyman deyolmayman. Men mahalliy folbinman. Ruhlar bilan aloqa õrnata olaman. Umuman barcha tashqi, õzga olam vakillari bilan muloqot qila olaman. Senga kõzim tushishi bilan õzgacha quvvatni his qildim. Sen oxirgi xotiralaringni eslashing kerak.
-Ammo bunday bòlishi mumkin emas-dedi Viktoriya boshini changallab. -Shoshmang, nimadir kõz oldimga kelyapti. Lekin juda xira.
-Yaxshi. Demak bu yodingda sen faqat eslashga urinishing kerak.
-Ha, ha. Õsha kuni Piter menga ertasi kuni õrmonda uchrashishimiz haqida xabar yubordi. Ertasi kuni men u yerga bordim. Jin ursin! U yog'ini eslay olmayapman.
-Õzingni qõlga ol Viktoriya! Sen irodalisan! Hayajonlanmay hammasini esla. Chunki sen bu yerda qolishing mumkin emas. Yõqsa olamlararo muvozanat buzilishi mumkin. Ruhing aro olamda qolgan uning taskin topishi uchun ham sen eslashing kerak.
-Ha tushundim. Iltimos, menga ozroq vaqt bering.
-Albatta, bemalol.
-Ha esladim u yerda boshqalar bor edi. Bu. Richard edi. Uning yonida ikkita sherigi ham bor edi. Ular meni sezib qolib ortimdan quvishdi. Men õrmon ichiga qochdim. Ancha ichkarilab qolganimda yetib olib meni. O, yõq bõlishi mumkin emas! Yõq! Yõq!
-Viktoriya tinchlan! Senga nima bõldi?
-Ular meni badnom qilishdi. Endi Piterga nima deyman? Kim degan odam bõldim.
-Viktoriya õzingni qõlga olib oxirigacha menga hammasini aytib ber shunda senga yordam bera olaman.
-Ular meni õsha ahvolda qoldirib ketishdi. Keyin qancha vaqt õtganini bilmayman. Uyga kelganimdan keyin shu ahvolda edim. Endi hammasini tushundim. Demak menga ulardan õch olish imkoni berilgan.
-Yõq sen xato õylayapsan! Agar shunday qilsang, butunlay azobda qolasan.
-Axir bundan ortiq azob bormi? Men endi baxtimni topdim deganimda-ya-deya qiz yoshsiz kõzlari bilan yig'lashga urindi.-Axir endi men tirik murdaman-ku!
-Shoshma kel yaxshisi sening ruhing bilan aloqa õrnatib kõramiz. Endi esa aro olam tõg'risida sōz yuritsak. Bu yerda Viktoriyaning ruhi nima qilishni bilmas, õzi qatori qancha ruhlar bor edi bu yerda. Bu yer butunlay bõshliq bõlib, ruhlar tana his qilmayotgan og'riqlarni sezib azoblanishardi. Bu hatto dõzoxdan ham yomon edi. U kimdan nimani sõrashni ham, nima qilishni ham bilmasdi. Bu yerda faqat bõshliq va azob bor edi xolos. Lekin shu payt qandaydir nur kõringandek bõlib u Viktoriyaning ruhini chorladi.
-Kimsiz?
-Salom Viktoriya! Men senga yordam bermoqchiman.
-Qanday yordam? Nega men sizni kõrmayapman.
-Men õzga dunyodman. Hozir sening tanang mening yonimda. U qanday qilib bu yerda qolganini bilolmayapman.
-Nima qanday qilib? Umuman olganda buning ahamiyati yõq. Bu yerdagi azobni tasavvurga sig'dirish qiyin. Menga yordam bering, Iltimos!
-Albatta! Biz ham shunga harakat qilyapmiz. Faqat sendan bir yordam kerak.
-Qanday? Ayting, har qanday ishga tayyorman. Faqat shu yerdan qutilsam bõlgani.
-Siz turgan yer aro olam-biz va marhumlar dunyosi orasidagi portal desa ham bõladi. U yerning xõjayini bõlishi kerak. Sen undan nima sabab u yerda qolganingni sõrab bilishing kerak.
-Ammo bu yerda faqat ruhlar-ku! Uni qanday topaman.
-Sen suhbatlashmoqchiligingni bildirsang,uni õzi seni topadi.
-Albatta men urinib kõraman. Shu sõzlar bilan yorug'lik g'oyib bõldi. Ruh urinib kōrdi. Bu samara berdi. Uning qarshisida g'alati qiyofa gavdalandi.
-Men bilan gaplashmoqchimiding?
-Ha. Men nega bu yerda qolganimni bilmoqchi edim.
-Seni bu yerdaligingni yagona sababi-muhabbat.
-Nima?
-Ha haqiqiy sevgi tiriklar dunyosida kamayib ketgan. Sizlar esa jufting bilan bir umr birga bõlishga ahdlashgansizlar. Ya'ni sening bitmagan ishing qolgan. Sen undan juda umidvorliging

1 2 »

#Daxshatli voqealar#187#murda#kelin#snggi#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика