#

Murda kelin. 2-qism

Murda kelin. 2-qism. Endi Piter tõg'risida biroz tõxtalib õtishni joiz bildik. U õrtahol oilaning yolg'iz farzandi bõlib, otasidan erta ajragan onasi bilan yashar edi. Na ishining, na õqishining tayini bõlmagan bu yigitning kuni kõchada har xil odamlar bilan õtardi. Oilaning yolg'iz suyanchi bõlishiga qaramay bu haqida õylamas, onasining tanbehlariga quloq solmasdi. Balki bu sõzlar hozir kimnidir hayron qoldirayotgan bõlishi mumkin. Ammo hikoyani òqish davomida bariga tushunib olasizlar! Oradan kunlar õtgani sari, Viktoriya va Piterning munosabatlari qalinlashib borardi. Ular baxtdan sarhush, lekin hech biri muhabbat tõg'risida sõz ochishmasdi. Shu zaylda qishki semestr vaqti ham keldi. Endi ular kam uchrashadigan bõlishdi. Yangi bayrami arafasida ta'til berildi. Bir kuni Piter Viktoriyani uchrashuvga taklif qildi. Bu odatdagidan boshqacha edi. Viktoriya aytilgan joyga yetib keldi. Bu haqiqatda õzgacha kun bõlishi restoran, yõlagiga sochilgan Viktoriya yoqtirgan oppoq atirgul yaproqlaridan ham ma'lum edi. U ichkari kirib ikki kishilik romantik stolga kõzi tushdi. Uning yonida esa Piter ham turardi. Viktoriya stol yoniga keldi. Piter unga joy berib, õzi ham uning tõg'risiga õtirdi. Orada sukunat chõkib, ular bir-birlariga termulib qolishdi. Gõyo ikki qalb birlashganda sõzlarga õrin yõqdek, bari kõzlarda ayon edi. Ularning bu turishini ofitsant buzdi.
-Xush kelibsizlar! Nima buyurasiz?
-Xõsh nima yeymiz?-sõradi Piter.
-Bilmadim, õzingiz biron narsa buyura qoling.
-Unda bizga ikkita sharbat va salat keltira qoling.
-Xõp bõladi, janob! Ofitsant ketdi. Sokin musiqa taralib turardi.
-Nega restoranda hech kim yõq?-sõradi vanihoyat tilga kirgan Viktoriya.
-Bu kech restoran biz uchun ishlaydi. Viktoriya uyalib yerga tikildi. Piter esa uning qõlidan tutdi va ohista õziga qaratdi.
-Viktoriya sen juda aqlli ham odobli qizsan. Men õsha sen uchratgan kun uchun butun umr taqdirimdan minnatdorman. Bilmadim avvallari sensiz qanday yashagan ekanman. Sen kelgach, hayotimda õzgacha jilo paydo bõldi. Men seni sevib qoldim. Shu sabab seni bugun, bu yerga chaqirdim. Agar seni ham menda kõngling bõlsa ayt. Men uchun bu juda muhim! Lekin unday bõlmasa biz dõst bõlib qolamiz. Men sendan hech qachon xafa bõlmayman-dedi Piter. Viktoriya esa nima deyishni bilmasdi. Uning ham qalbida tuyg'ulari isyon qilar, lekin ularni tan olishga hijolat tortayotgandi.
-Viktoriya, iltimos gapir! Jim turma! Yoki seni ranjitib qõydimmi?
-Yõq! Bu nima deganingiz?! Men shunchaki. biroz hayajondaman. Sizga nima deyishni ham bilmayman-dedi qiz uyatdan yuzlari qizarib.
-Kõnglingdagini ayt! Men har qanday javobga tayyorman.
-Iltimos, menga biroz vaqt bering!
-Mayli istaganingcha õylab ol! Seni butun umr kutishga tayyorman. Bu payt ularning buyurtmasi ham keldi. Ular jimgina tanovvul qilishgach, Viktoriya sevgan sokin musiqa sadolari ostida raqs tushishdi. Keyin yigit uni uyiga kuzatib qõydi. Viktoriyaning xush kayfiyatda kelganini kõrgan dugonasi uni savolga tuta boshladi.
-Xõsh, endi bir boshidan gapirib ber. Kelguningga qadar ichim qizib, yorilib ketay dedim. U nimalar dedi?
-Nima ham derdi?! Meni sevib qolganmish-dedi Viktoriya õzini beparvodek tutib.
-Nima shuning õzimi?-sõradi Zina.-Men sendan nimalarni kutib õtirgandim.
-Yõq, tentakvoy-deya Viktoriyaning yuzi yorishdi.-Restoranga bordim. U yer juda chiroyli bezatilgan edi. Ichkariga kirganimda u meni kutib turardi. Biz taom buyurdik. Keyin u menga shunaqa romantik sevgi izhori qildiki, yuragim urishdan tõxtab qolay dedi. Men ham uni sevishimni tan olgim keldi. Lekin nimadir menga tõsqinlik qildi. Keyin biz sevimli musiqamga raqs ham tushdik, u meni uygacha kuzatib qõydi.
-Õhhõ! Uni qarang-a! Baxting uchragani rost bõlsin dugonajon!
-Rahmat, Zina! Aytganing kelsin!
-Unga õz tuyg'ularing haqida qachon aytasan?
-Kelasi uchrashuvda.
-Yaxshi unda dam ola qol, charchagandirsan?!
-Ha albatta. Xayrli tun!
-Senga ham xayrli tun! Shu tariqa ularning suhbatiga yakun yasaldi. Endi yana Piterga qaytsak. Viktoriyani kuzatgach, yana õsha õrtoqlari tomon yõl oldi. Bir tõda yigit orasiga kirar ekan. Ulardan biri bilan juda quyuq kõrishdi.
-Xõsh, bizni ish nima bõlyapti?-sõradi haligi yigit.
-Rich, sabr qil! Bu ishda shoshilish yaramaydi. Qushcha qafasga tushdi hisob.
-Menga natija kerak. Kundan kun qonim qaynab ketyapti.
-Albatta istagingga yetasan, faqat aytyapmanku ozroq sabr qil. Lekin balki yana bir õylab kõrarsan. Har holda u yaxshi qiz ekan.
-Hooo! Buni gapini qarang yigitlar! "Yaxshi qiz" emish. Yuragingdan urib qoldimi?-dedi Richard Piterga asabiy boqib.-Sen ishni qil. Qõlingdan kelmasa boshqaga aytaman. Har holda mukofot yaxshi-deya qõlidagi sõnggi rusumdagi Ayfonni õynatdi.
-Yaxshi-yaxshi men hech narsa demadim.
-Shunday bõlsin! Shu bilan ularning suhbatiga yakun yasaldi. Barga kirib ichib, allamahalda uyga tarqalishdi. Bu yoqda esa oldinda õzini kutayotgan daxshatlardan bexabar Viktoriya shirin orzular og'ushida orom olmoqda edi.

#Qo'rqinchli voqealar#41#murda#kelin#2qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика