#

Murda kelin. 1-qism

Murda kelin. 1-qism. Bu hikoya ham tajimaviy bõlishi kerak edi. Lekin bu safar õzim yozmoqchi bõldim. Kamchiliklari bõlsa, fikrlaringizni bildiring! Viktoriya yoshligidan ilmga chanqoq edi. Maktabni a'lo baholarga tamomlagach, oliy õquv yurtining iqtisodiyot yõnalishiga õqishga qabul qilindi. Õquv yili ham boshlandi. U õzga millat bõlishiga qaramay, odob-axloq qoidalaridan yiroq emasdi. U tez orada guruhdoshlari bilan til topishib ketdi. Õqituvchilari ham doim uning xulqini, bilimini maqtashardi. Qizlar esa unga xavas bilan qarashardi. Unga gapirgan yigitlarga esa e'tibor bermas, u chin ma'noda orzular dunyosida yashab õz shaxzodasini kutardi. Shu zaylda kunlar õta boshladi. Bir kuni dugonasi bilan universitet umumiy yotoqxonasiga yõl olar ekan, kimdir uni kuzatayotganini sezdi. Lekin e'tibor bermadi. Keyingi kun ham, undan keyin ham shu hol takrorlandi. Bir haftacha õtgach, u yolg'iz õzi qaytayotganda yõlidan bir necha bezorilar chiqib uning yõlini tõsishdi. Ular xunuk iljayish qilib, qizga tegajolliq qilmoqchi bõldi. Shu payt qayoqdandir bir yigit paydo bõlib qizni ularning qõlidan qutqarib qoldi-yu, ammo õzi yaralandi. Qiz ham õz õrnida unga minnatdorchilik bildirdi. Keyin esa uni birga shifoxonaga borishini aytdi. Yigit unamasa ham qiz undayvergach, yigit rozi bõldi. Ular birga shifoxonaga borishdi. Jaroxat og'ir emasligini eshitgach, qiz biroz yengil tortdi. Ular shifoxonadan birga qaytishdi. Yigit qizni yotoqxonaga kuzatib qõydi. Viktoriya yotoqxonaga kirib, kiyimlarini alishtirdi. Keyin esa ertangi darslarni tayyorlashga kirishdi. Biroz dars qilgach, negadir hamma narsa unga g'alatidek tuyuldi. Negadir darsga ishtiyoqi avvalgidek emasdi. Boyagi voqealar haqida õyladi. Haligi uni qutqarib qolgan bola kim òzi? Nega aynan hozir u haqida õylayapti. Shu hayollar bilan bu kun ham õtdi. Ertasi kuni yana dugonasi bilan darsga otlanishdi. Darslar ham õtib ular qaytib chiqishdi. Dugonasini yigiti telefon qilib bugun uchrashishni taklif qildi. Shu sabab u Viktoriyadan uzr sõrab, uni õzini qoldirib ketdi. Viktoriya ketib borar ekan, uni hadik qopladi. Sababi kechagi voqeadan sõng u chõchiyotgandi. Lekin kutilmaganda uning "xaloskori" paydo bõldi. Viktoriya bu uchrashuvdan ma'mnun edi.
-Salom!-jilmaydi yigit.
-Salom! Qõlingiz tuzalib qoldimi?
-Ancha yaxshi rahmat!
-Kecha sizga kecha tuzukroq minnatdorchilik ham bildira olmadim.
-Hijolat bõlmang! Keling, yaxshisi men sizni qaxvaga taklif qilaman. Bahonada tanishib ham olardik.
-Uzr ertaga muhim darslarim bor shunga taklifingizni qabul qila olmayman-dedi Viktoriya.
-Yõq demang. Axir men sizni deb kechadan beri azob chekyapman-dedi yigit yoqimli tabassum bilan yaralangan qõliga ishora qilib. Qiz ham hijolat tortib, nima qilishini bilmay qoldi. Hozir yõq desa, yigitning kõngli og'rishi mumkin. Axir u vaqtida kelib, uni qutqarmaganida nimalar bõlishini õylashning õziyoq qizni daxshatga solayotgandi. Shu sabab unga rozilik bildirdi. Ular birga qaxva ichgani borishdi va tanishib ham olishdi. Yigitning ismi Piter bõlib, u ham Viktoriya bilan bir yõnalishda, faqat bir kurs yuqorida õqishi ma'lum bõldi. Ularning qarashlari bir-biriga mos kelib tezda til topishib ketishdi, dõstlashib olishdi. Endi ular tez-tez kõrishib turishar, qiz ham tobora unga bog'lanib borardi. Navbatdagi uchrashuvdan qaytar ekan, mamnun holda yotoqxonaga kirgan qiz dugonasining ta'nali nigohlariga duch keldi. Õzini e'tibor bermagandek tutib u bilan kòrishdi.
-Ha gõzal qiz kamnamosiz?!-dedi kesatiq ohangda.
-Nimalar deyapsan, Zina?
-Oxirgi 3 haftada õzgarib qolganingni aytyapman, Vika.
-Õzgarganim yõq-ku!
-Yõq! Sen boshqacha bõlib qolgansan. Darsda ham hayoling boshqa joyda, darsdan keyin ham qayoqqadir g'oyib bõlib qolasan. Yo kim bilandir uchrashyapsanmi?
-Umuman olganda shunday desa ham bõladi-dedi qiz uyalib.
-Ana xolos! Yana eng yaqin dugona emish. Men hammasidan bexabar bõlsam-dedi Zina õzini arazlagandek tutib.
-Zina, xafa bõlmagin endi. U bilan yaqimda tanishdik. Meni bezorilardan qutqarib qoldi. Biz shunchaki dõstmiz. Shu xolos!
-Lekin baribir sen menga aytmading. Ha mayli. Kim õzi u? Ismi nima? Qayerda õqir yoki ishlar ekan?
-Oddiy bir yigit. Ismi Piter. Biz bilan bir yõnalishda faqat boshqa universitetda bir kurs yuqorida õqiydi.
-Õõõ bu ajoyibku! Meni ham u bilan tanishtirasanmi?
-Vaqti kelganda albatta. Ikki dugona zavq bilan dars tayyorlashdi. Viktoriya yigitni dõst desa ham lekin qalbida unga nisbatan iliqlik seza boshlagandi. Lekin bu unga yaxshilik keltirmasligi hayoliga kelmasdi.

#Qo'rqinchli voqealar#33#murda#kelin#1qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика