#

"Seni Jaxannamga sudrab ketaman"

"Yarim tun. Negadir uyqum kelmayapti. Ko'p qavatli uyning 4 qavati. Tashqari g'ira-shira tuman, xiragina yonayotgan cho'g'lanma fonus atrofni arang yoritadi. Negadir ko'chaga chiqishni istadim. Atrofda sukunat. Qiziq, ko'p qavatli uylarning birontasida ham chiroq yoniq emas, axir bu aniq hamma uxlayapti. To'lin oy. Daf'atdan e'tiborim bolalar o'yin maydonchasiga tushdi.Soyalar ko'rindi. Asta yaqinlashdim. Tunning qoq o'rtasida bir qizcha "qiqirlab" kulib hanchalak uchardi. Qiziq. Uning to'g'risidagi o'tirgichda qora kiyimli kampir yuzlarini ikki qo'li bilan to'sgancha o'kinib-o'kinib yig'lardi. Kampirning yoniga o'tirib undan nima gapligini so'ramoqchi bo'ldim, lekin gapiryapman-u ovozim juda past chiqyapti kampir esa ovozini yanada kuchaytirib yig'lardi. Uni ovuntirishga urunayotgan paytimda; hanchalak uchayotgan qizcha yugurib kelib o'tirgichni atrofida kulib aylana boshladi. Kampir qancha kuchli yig'lasa qizchaning kulgisi ham shuncha oshardi. Buni ko'tarolmadim. Dast o'rnimdan turib qizchani ikki qo'llab ushladimda uni yuziga qaradim, tun bo'lishiga qaramay qizning ko'zi qandaydir cho'q bilan yonib turar og'zi kulgidan keng kerilgandi, unga qarab zo'rg'a past ovozda: "Qizaloq bir past sho'xlik qilmay tur." - dedim. Shu payt qizning yuzidagi kulgi birdan yo'qoldi, asta-sekin nimalarnidir pichirlay boshladi. Va bu pichirlash baqirishga aylana bordi. Men tushinmas tildagi baqirish aniqrog'i ovoz to'nidan bu qarg'ishga o'xshab ketardi. Ikki daqiqa avval yig'layotgan kampir birdan xiringlab kulishni boshladi. Qizni ovozi esa shu darajada kuchli exo bilan taralar ediki beixtiyor ko'zimni chirt yumib yiqildim. " Hayriyat, tush ekan. Biroq oxirgi paytda bunday bexosiyat tushlar ko'paya boshladi, balkim ular meni ogohlantirgandirlar. Bilasizmi, xalqda bir gap bor «Mening uyim — mening qal'am». Biroq bu uy qancha mustaxkam qancha havfsiz bo'lsa, uning ichida biron tushinarsiz hodisa yuz bersa qo'rquv ham shuncha yirik bo'ladi. "Yangi uy sotib oldim, odamlar uncha ko'p bo'lmagan kvartaldan. Ko'p qavatli uyning 4-qavatidan. Uyning o'zi ajoyib, qulay, hamma shart-sharoitlari bor. To'rt yil rohatda yashadim, biroq beshinchi yildan." Men ochig'i, gavdali yigit bo'lganim uchun og'ir qadam tashlab yuraman va bu odat men uchun hech qanday muammo yuzaga keltirmagan. Negadir o'sha kuni idish yuvayotib yosh bolaning pichirlashini eshitdim. Uyda yolg'izman. Radio, televizor, telefon barchasi o'chirilgan. Biroz hayratlanib ishimni davom ettiraverdim. Yana qandaydir ovoz, va u aniq yuvgich (rakovina) dagi suv ketuvchi quvur ostidan kelayotgandi. Suvni o'chirib, asta pastlab qulog'imni suv ketuvchi teshikka tutdim. Boshida qandaydir yosh bolaning tushinarsiz ming'irlashi eshitildi. Va ushbu ovoz asta-sekin yaqinlashib kela boshlardi. Pastdagi qo'shnilar bo'lsa kerak deb o'yladim, lekin yuvgichdan ikki qadam nariga o'tishim bilan kimdir quvurdan kuchli ingichka (juda ham ingichka) ovoz bilan baqirdi: «Ming lan'at, bu yer juda tor, tepaga chiqolmayapman». Miyyamga nimadir qattiq urdi, qo'shnilar haqidagi fikr muzdek erib ketdi. Ovoz tinchib qoldi, lekin sezishim bo'yicha u yuvgich tagidagi yo'g'on quvir ostida turgandek. Ohista yaqinlashib suv oqadigan teshikka mo'raladim, zulmat, biroq menga kimdir tikilib turganini his qildim. Qolgan idishlarni yuvib, ko'chaga chiqib ketdim. Bir hafta ichi hech qanday o'zgarish bo'lmadi. Faqat bir kuni tunda. Yotoqxonamda yotibman-u sezib turibman, oshxona tarafdan (oshxona eshigini hech qachon yopmasdim, odat) huddi o'sha pichirlash va ohista tirnashlar (o'tkir tig' bilan temirni tirnagandek) eshitilyapti. Qo'rquvdan joyimdan qimirlay olmadim, arang sudralib borib yotoqxona eshigini mahkam yopib devorga suyanib qoldim. O'sha paytda bironta ham ovoz eshitishni xohlamasdim. Qo'llarim bilan quloqlarimni mahkam berkitib olib polda yotardim. Keyin esa uxlab qolibman. Vaqt hammasiga da'vo ekan. Deyarli barchasi o'z o'rniga tushib ketgandek edi ammo. Qaysidir hayol bilan anchagina hom go'shtni yuvgich ostiga qo'yib, qandaydir ish bilan tashqariga chiqib ketdim. Uyga qaytib yuvgichda yotgan bir tutam go'shtni ko'rib hayratda qoldim. Bir tarafda jaxlim ham chiqdi bir bo'lak go'sht yuvgich teshigiga tiqilib qolgan onda-sonda qimirlab qo'yardi. Tortib ko'rdim — mahkam o'rnashgan, yana bir bor tordim, kuchliroq — kichkina bo'lakchani yulib oldim. Shu paytda pastdan qichiriq keldi: «Qaytar, ber, Suyaklaringni parchalab sindiraman, qaytar!». Va quvirlari larzaga keldi, go'yo pastdan birov tepaga talpinayotgandek. Qandaydir tushinarsiz tildagi (go'yo tushimdagidek) ovozlar kelardi. So'ngi ilg'agan gapim: «Seni Jaxannamga sudrab ketaman!». Uydan uchib chiqib ketganimcha qaytib o'sha yerga qadam ham bosmadim Hozir oradan besh yil o'tdi, lekin hali-hamon meni bir savol qiynaydi, u nima edi? Zax zulmatda shuchalik hom go'shtga intilgan iblis?"

#Daxshatli voqealar#96#seni
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика