#

Shamolli kecha davomi.

Shamolli kecha davomi. to‘lib ketgan edi. – Aka, qo‘rqib ketyapman! – Qo‘rqma, nimadan qo‘rqasan? – Aka, sen qo‘rqmaysan-a? – Yo‘q, men hech narsadan qo‘rqmayman! Shu mahal qizgina oyog‘i allaqanday ildizga ilashib yiqilib tushdi. «Voy o‘lay», deb hadik va qo‘rquv aralash o‘sha zahoti akasiga qaradi. Aka ortiga qaramay ketib bormoqda. Ozg‘in yelkasinigina ko‘radi qizaloq, ensasidagi sochi shamolda yulqinadi. Qizgina apil-tapil o‘rnidan turib, ko‘ylagini ikki qo‘li bilan tutgancha yana akasining ortidan chopdi. Akasi hammadan kuchli, qo‘rqmas yigit. Ana, qo‘lida tayog‘i, shamolda yulqina-yulqina adl ketib borayotir. Bu qizginani Nozik deydilar. Ikki yuzi bo‘g‘riqqan, qo‘lchalariyu barmoqchalari qadoqli, kaftlari qavargan, lekin qiyiqqa moyil qora ko‘zchalari kulib-kulib turadigan yoqimtoy qizaloq u. Nozik ismini buvisi qo‘ygan. Onasi esa uni Nazokat deb chaqirardi. Xolalari uni Latofat deydilar. Dugonalari Nozi desalar, ammalari Go‘zal deydilar. Qizginaning yoqimtoyligi rahmatli onasiga tortgan. Yana, o‘ziga o‘xshagan jamalaksoch qizaloqlar bilan to‘ptosh o‘ynardi, goho lattadan qo‘g‘irchoq yasab, bolasini ovutardi. «Voy jonim bolajonim, ochqab ketdingmi?» deb o‘zicha mehribonchilik ko‘rsatganida, akasi uni masxara qilib kular edi. Qizginalar kichkina cho‘plarni bir- biriga boylab, bir bo‘lak matoni kiyim qilib kiydirib «mehmon- mehmon» ham o‘ynashardi. Sumalak mahali tortina-tortina, katta xotinlarning «bo‘l ha bo‘l, uyalmaygina qol» deyishlari ostida ulkan kapgirni qozonga botirib, necha tosh chiqishiniyam ko‘rardi, besh-oltita tosh chiqib qolsa uyalganidan qochib ham ketar edi. Lekin hozir u sarosimada, goh mitti qo‘lchalarini yozib, goh shamol yulqilayotgan ko‘ylagini tutib, akasining ortidan chopib- chopqillab bormoqda. Aka do‘q urgani bilan, o‘zi qo‘rquvdan dir-dir titrayotganini singilga sezdirmadi. Poyonsiz dashtda, shamolli kechada mana shunday borishyaptiyu kishilar orasida og‘izdan og‘izga o‘tib yuradigan hamma vahimali narsalar hozir shamol qa’ridan chiqib keladiganday tuyulmoqda edi. Pastak notanish butalar ostida yovuz jinlar bo‘lishi mumkin, ular shunaqa shamolli kechalarda yolg‘iz qolib ketgan kishilarni poylab izg‘ishadi. Shovullayotgan qoramtir daraxtlarning ustidan qilich ko‘targan qora kishi tushib kelishiyam mumkin. Ho‘v anavi xaroba - kimsasiz eski machit ichida dev kutib turgan bo‘lsa- chi? Ha, allaqanday kishilar yo‘l ustida hoziru nozir, bu suronda birov qichqirsayam eshitilmaydi, hammayoqni tabiatning nolalari tutib ketgan mahalda o‘shanaqa kishilar yo‘llarda, daraxtlar ostidayu ustida mana shunaqa bemahalda yo‘lga chiqqan kishilarni adashtirib ketishadi. Adashganlarning ba’zilari qishloqqa sira qaytishmaydi, ularni keyinchalik ham birov ko‘rmaydi, goho kimdir qandaydir tasodif sabab qaytib kelsa ham esdan og‘ib, og‘iz- burni qiyshayib qolgan bo‘ladi. Shunday mahallarda vahimalar girdobida adashib ketganlarning nimalarni ko‘rishganiniyu nimadan buncha qattiq qo‘rqishganiniyam birov bilmaydi. O‘zlari esa, aytib berisholmaydi. ***.Oy bulutlar ostiga yana kirib ketdi. To‘lqin-to‘lqin bulutlar ko‘k yuzini tamomila qoplab oldi. – Aka! – Yursangchi tez-tez, «aka»lamasdan! – Aka! – E, nima deysan? – Akajon! Shamol battar shiddat urardi. Shunda daraxtlarning ko‘lankalariga jon kirganday bo‘ldi. Bir buta o‘rnidan ilkis qo‘zg‘alib yo‘l ustiga tashlandi. Yum-yumaloq kattakon bir narsa shundoq yonginasidan yumalab o‘tib qamishlar orasiga kirib ketdi. Akaning esiga buvisining ertaklaridagi dahshatlar keldi, go‘yo bu allaqaysi jodugarning kesilgan boshi-yu «Hap sanimi!» deya kimnidir yaniy-yaniy yumalab borib chuqurga tushib ketganday! Daraxtlar shoxlarini cho‘zib, yolg‘izoyoq yo‘lga yaqinlashib kela boshlashdi. Akaning yuzlari muzlab ketdi, Aksiga olib uzoqlarda chiroq ham ko‘rinmaydi. Chunki qishloqdagi chiroqlar shamolda o‘chib qoladi. O‘t chiqib ketmasin deb sham ham yoqmaydilar. Qo‘y- ko‘zilarning ba’rashlariniyu kuchuklarning vovullashlarini shamol uchirib ketadi. – Aka, akajon! Yigitcha yo‘qdan bino bo‘lgan qo‘rquvini yengishga urinardiyu shu shamol ostida chayqala- chayqala, tizzalari dir-dir qaltirab qadam tashlar edi. Jonholatda yugurib qochgisi kelardi. Lekin, qayoqqa? Buvining qishlog‘igacha ancha bor, tevarak yulqinayotgan, shitirlayotgan, ingranayotgan daraxtlaru butalarga to‘la. To‘qayzorda vahshiy hayvonlar ham bo‘lishi mumkin. U tayog‘ini yanada mahkam qisimlab oldi. Ozgina yurishsa, buvining qishlog‘iga yetib olishadi. Dashtu dalalar uzra g‘uvillayotgan bu shamol hozir, shu pallada qo‘rqinchli xolos. Ertaga tong otsa, sira qo‘rqinchli bo‘lmay qoladi. Hozir o‘tayotgan yerlaridan ertaga kunduzi o‘tsa, hamma narsa tinchlanib- sokinlashgan bo‘ladi. Lekin, hozir nega bu qadar qo‘rquv uyg‘otayotir? Qorong‘i bo‘lgani uchunmi? Ha, qorong‘ida narsalarning ko‘rinishlari o‘zgarib ketadi, vahima kuchayadi. Aslida yo‘lga chiqishmasa bo‘lar ekan. Nimagayam chiqishdi? O‘gay onaning yonida, chaqaloqning big‘illashiyu otaning to‘ng‘illashi ostida bo‘lsayam tinchgina uxlagani yaxshimasmidi? Yaxshisi ayvonda, ko‘rpaga burkanib olib shamol ovoziga quloq solib uxlayverardi. Shamolda teraklarning qarsillab sinishini eshitib yotish mazza. Bu dashtdan ham qarsillayotgan ovozlar kelmoqda, balki qanaqadir daraxtlarning shoxlari sinayotgandir? Butalar mustahkam, bari yer

#Qo'rqinchli voqealar#36#shamolli#kecha#davomi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика