#

TOBUTDAGI ILTIJO.

- Shokir aka axir biz ham qachongacha shu axvolda yashimiz. Har kuni shu ahvol, urush, janjal. Qo'shnilardan ozgina bo'lsa ham nomus qiling. Shu aroq o'lgurni bir kun, bir kungina ichmasangiz nima qiladi. Qizlarimizning bo'yi yetib qoldi. Kelgan sovchilar mahalladagi gaplarni eshitib ostonamizga qadam qo'ymay qaytib ketishyapti. Dadasi, jooon dadasi, ichishni bas qiling. O'tinaman sizdan -O'chir ovozingni hali qizlaring meni deb baxtsiz bo'lyaptimi, bitta o'g'ilni eplab tug'olmagan xotinni menga aql o'rgatishini -Xudo bermasa men qayerdan olay.
-Gap qaytarma menga, o'chir ovozingni. Shu kun Munisa tong otguncha mamataloq bo'lgan yuz ko'zlari og'rig'idan emas, xo'rlangani, toptalgan qadri uchun yum-yum yig'ladi. Shokir qattiq mast bazo'r nafas olardi. Shu turishda o'zini divanga tashladiyu, chuqur uyquga ketdi. Bu uyqu uzoqqa cho'zildi. -Menga nima bo'ldi. Nega atrofimda odam ko'p. Munis nega yig'layabsan. Saodat, Salima qizlarim nima bo'ldi. Nega yig'layabsizlar. Biror kim eshityaptimi meni. Nega menga hech kim ahamiyat bermaydi? Nimaga hech kim eshitmayapti? Yo'q yo'q. Nahot? Nahotki men. Ex Munis, nega bunchalik faryod bilan yig'laysan. Axir senga bir umrlik azob beradigan kimsadan qutuldingku. Sochlaring nega bunday? Kuni kecha qalin qora bo'lgan sochlaring, bugun kumushdek yaltiraydi. Axmoq ekanman. Axir bu sochlarni yulish, tortish emas silab, siypalash kerak ediku. Bugun charos ko'zlaringdan daryo-daryo yosh oqmay, baxtdan porlashi kerak ediku. Qani endi ortga qayta olsamu kulgu nima ekanin unutgan chexrangni quvonchdan porlatar edim. Qani ortga qaytsamu, egninga qora mato emas, dunyo ranglariday rang barang matolarni o'rardim. Qaniydi, qaniydi qayta olsam. Qizlarim, qizlarim qani Salima, Saodat, Ruxsora, Mubina. Ox meni farishtalarim. Tog'imdan, yongan chirog'imdan ayrildim deb yig'laysizmi? Axir, axir men sizdek farishtayu, malaklarimdan bir og'iz shirin so'zimni ayaganmanku. Axir men noshukur shularning birortasi o'g'il bo'lib tug'ilmaydimi deb Alloh bergan ne'matga shak keltirganmanku. Qani ortga qayta olsam baxt quyoshi hali porlamagan bu farishtalarimga dunyo gullariniyu, shirin so'zlarini hadya etsam. Qani ortga qayta olsamu onasidek charos ko'zlarini meni ko'rganda qo'rquv egallamasa. Qani, qani endi ortga qayta olsam. Ular bilan endi jannatlarda uchrashaman desam xato bo'lar. Allohim do'zax o'tida yonish uchun sen in'om etgan shu 5 farishtani xor qilganimni o'zi yetarlidir. Umrim bo'yi yer ustida turgan joynamoz men uchun balandlik qildi, unga chiqolmadim. Odamlar qur'on ushlaganda men aroq ushlab uni yuzlarimga surtdim. Odamlar juma namozida jam bo'lib o'tirganda men o'zimga o'xshagan osiy bandalar bilan gunoh qilib o'tirdim. Odamlar sen uchun muqaddas ramazon oyida ro'za tutganlarida, men ertalabdan kechgacha kavshanib yurdim. Odamlar Haj safarin orzu qilsa, men Eyfelni orzu qildim. Endichi, endi nima bo'ladi. Savol javob kun kelganda holim ne kechar. Qani yana bir imkonim bo'lganda. -Dadasi ko'zingizni ochdingizmi? Aroq o'lgur qurib ketsin mana oshqozoningizni yara qilibdi. Ikki kun bexush yotdiz. -Aytganing kelsin onajonisi, aytganing kelsin. Qurib ketsin shu aroq. Qizlarim, malikalarim qani. Meni kechir onajonisi. Alloh tavbalarni qabul qilguvchi va kechirguvchidir.

#Daxshatli voqealar#114#iltijo
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика