#

QARIYANI TA’QIB ETGAN KELINCHAK

Rizamat otaning ko‘ngli bir necha kundan beri g‘ash. Uch kundan keyin yolg‘iz farzandi Oltinoyning to‘yi bo‘lishini o‘ylab, qizining baxtidan bir quvonsa, hayhotdek hovlida yolg‘iz o‘zi qolayotganidan bir kuyunardi. Xotinining vafotidan so‘ng shu qiziga qattiq bog‘lanib qoldi. Endi esa bu mehribonining hayotini taqdiri azal shahar bilan bog‘layapti. «Qayerda bo‘lsa ham, baxtli bo‘lsa bas.» Ota faqat shu so‘zlar bilan o‘zini yupatardi. Bir necha kundan beri mahzun tortib qolgan Oltinoy dadasining oldiga choy ko‘tarib keldi. Padari buzrukvorining bir nuqtaga tikilib turganini ko‘rib, biroz indamay turdi. So‘ng choyni qaytarib, piyolaga quyarkan, yoqimli tovushda: — Dada, nimalarni o‘ylab o‘tiribsiz? — deb so‘radi. Qizining savoli Rizamat otaning xayollarini bo‘lib yubordi: — Eh, qizim, nimani ham o‘ylardim? Shunchaki. Endi sensiz kunlarim qanday o‘tarkin? Seni juda sog‘insam kerak. — Dadajon, xavotir olmang, 5-6 oydan so‘ng yana qishloqqa qaytamiz. Shunda har kun sizdan tez- tez xabar olib, yoningizda bo‘laman. Tasodifan tomchilay boshlagan yomg‘ir ota-bolaning suhbatiga xalal berdi. Ular birin-ketin uyga kirib ketishdi. To‘y ajoyib o‘tdi. Hamma xursand. Faqatgina Rizamat otaning ko‘ngliga o‘ralashib qolgan g‘ashlik aslo tarqamas, negadir qizini sira qo‘yib yuborgisi kelmasdi. Lekin nachora, qiz bola — palaxmon toshi. Allohning hukmi shu ekan, deya qiziga oq fotiha tilarkan, otaning qalbidan o‘ylar tizgini ketma-ket o‘taverdi. Hayhotday hovlida cholning yolg‘iz o‘zi qoldi. Qizini uzatganiga bir hafta bo‘lmay turib, qalbini olam- olam sog‘inch egalladi. Rizamat ota shu qishloqdagi maktabda qorovul. Har kuni ishdan allamahalda qaytadi. Bugun har doimgidek qorong‘i tushib qolgan. Ammo shunday bo‘lsa-da, to‘lin oyning yorqin nurlari zim-ziyo ko‘chalarni yoritib turardi. Nimalarnidir o‘ylab, xayol surib kelayotgan otaning ko‘zi tasodifan ko‘chaning bir chekkasida mung‘ayib o‘tirgan kelinchakka tushdi. U taajjublandi. «Yarim tunda kelinchak nima qilib yuribdi? Balki yo‘lidan adashib qolgandir», deb o‘ylab, Rizamat ota unga yaqinroq bordi. Boshini quyi solib turgan kelinchak otani ko‘rib, unga salom berdi. Kelinchakning yuzlariga diqqat bilan razm solgan ota bir seskanib tushdi. Uning mayus chehrasi xuddi qiziga o‘xshardi. «Oltinoy poytaxtda bo‘lsa, qanaqasiga bu mening qizim bo‘lsin? Balki uni sog‘inganim uchun shunday tuyulayotgandir», deb o‘yladi Rizamat ota. — Qizim, qorong‘ida bu yerda nima qilyapsiz? Kimnidir kutyapsizmi? Kelinchak hech narsa demas, faqat jilmaygancha qarab turardi, xolos. — Yoki adashib qoldingizmi? — qayta so‘radi chol. Kelinchak hanuz gapirmas, jim turaverardi. — Qizim, boradigan joyingiz yo‘qmi? Agar shunday bo‘lsa, xohlasangiz, biznikiga yuring. Yana hech qanday javob bo‘lmagach, Rizamat otaning xunobi oshdi: — Menga gapirgingiz kelmayotgan bo‘lsa, mayli, men ketaman. Lekin, qizim, qorong‘ida yolg‘iz yurmang, bu yaxshi emas. Rizamat ota yo‘lida davom etdi. Biroz yurgandan so‘ng ortiga o‘girildi. Qarasa, kelinchak ham ortidan kelyapti. Ota hech narsa demay ketaverdi. Kelinchak ham unga ergashib borardi. Uyiga yetib kelishiga 7-8 qadam qolganda, chol yana ortiga o‘girildi. Kelinchak hamon unga jilmayib turardi. Biroq, ko‘zlarida qandaydir g‘amginlik bor edi. Kelinchakdagi aynan shu g‘amginlik uni qizidan farqlab turardi, otaning nazdida. Chunki Oltinoyning ko‘zlari doim chaqnab turar, o‘zgacha surur bor edi. — Qizim, hech tortinmang, bu mening uyim, — deb, Rizamat ota devorlari nurab qolgan pastakkina darvozali uyga ishora qildi. Keyin esa darvozani ochib, kelinchakni ichkariga taklif qilish niyatida ortiga o‘girildi. Shunda u hayratdan yoqa ushlab qoldi. Kelinchak bir zumda g‘oyib bo‘lgandi. Ota «Tavba», dedi-yu, uyiga kirib ketdi. Ertasi kuni ham u ishdan qaytayotib, o‘sha joyda yana o‘sha kelinchakni uchratdi. Bu holdan ajablangan chol uning yoniga yaqin borib, so‘radi: — Kecha nega ketib qoldingiz, qizim, tinchlikmi? Yoki sizni xafa qilib qo‘ydimmi? Yana o‘sha holat. Kelinchakning javob bergisi kelmasdi. Buni payqagan chol tag‘in yo‘lga tushdi. Xuddi kechagidek, bugun ham kelinchak cholga hamroh bo‘ldi. «Bu kim bo‘ldiykin? Kel, uni yana bir gapga solib ko‘ray-chi?» degan o‘yda Rizamat ota haligi kelinchak bilan suhbatlashmoqchi bo‘ldi: — Xuddi sizga o‘xshaydigan chiroylikkina qizim bor. Turmush qurgandan so‘ng shaharga ko‘chib ketdi. Uni juda sog‘inaman. Negadir sizni ko‘rganimda, qizim yodimga tushdi. Kelinchakning yuzida kechagi tabassum ifodasi ko‘rinmasdi. Uning yuziga tubsiz qayg‘u soya solgandi. Ular uyga yetib kelishdi. Rizamat ota darvozani ochishdan oldin kelinchakka yuzlandi: — Kecha indamasdan ketib qoldingiz, bugun unday qilmang, xo‘pmi? Keling, yaxshisi, biznikida yashay qoling, qizim. Meni o‘z otangizdek qabul qiling. Kelinchakning g‘amgin yuzlarini qarog‘ida miltirayotgan ko‘z yosh tomchilari yuva boshladi. — Nega yig‘layapsiz, qizim? Nima bo‘lgandayam kuyunmang, oyning o‘n beshi yorug‘ bo‘ladi. Xudo xohlasa, hammasi iziga tushib ketadi, — deya ota kelinchakka dalda bergandek bo‘ldi. Chol darvozani ochib, ne ko‘z bilan qarasinki, kelinchak yana g‘oyib bo‘lgandi. Bu g‘ayritabiiy holatdan qo‘rquvga tushgan ota uyiga kirar-kirmas darrov kalima qaytara boshladi. Bu holat bir necha kun davom etaverdi. Har kuni ishdan qaytayotganda Rizamat ota kelinchakka ro‘baro‘ bo‘lar, odatdagidek, qizi haqida to‘lib-toshib gapirar, uyiga yetib borganida esa kelinchak o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘lib qolardi. Bu holat ikki hafta davom etdi. Bugun negadir erta tongdan Rizamat otaning yuragiga

1 2 »

#Daxshatli voqealar#252#taqib#kelinchak
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика