#

qo`shni yerda bir kampir

Har yozni dachada o`tkazishga odatlanganim uchun shu yil ham bu odatimni kanda qilmadim. Dachamga qo`shni yerda bir kampir yashar edi. Butun qishloq uni jinni der edi. Har kuni uyi oldidagi skameykaga o`tirib olar va xuddiki tizzasida nimadir o`tirgandek u bilan gaplashar qo`lini esa havoda nimanidir silagandek harakatlar bilan qimirlatar edi. Boshida uning avval mushugi bo`lganu keyinchalik o`lib qolgan bo`lsa shunga odat yuzasidan shunaqa qiladi deb o`yladim. Ahamiyat berilsa u past ovozda kimnidir erkalayotgandek bo`lar edi. Bir kuni tunda, qo`limning ostidagi paxmoq bir narsadan uyg`onib ketdim. Mushugim deb o`ylab uni silay boshladim. Ammo uning terisi qanaqadir dag`alroq edi. Birdaniga yodimga tushdi. Men dachadaman. Mushugim esa shahardagi uyimdaku. Joyimdan qimirlamay o`sha onning o`zidayoq miyyamda reja tuza boshladim. tezlik bilan turib o`sha bir nimaning ustini adyol bilan yopib olamanda derazadan otib yuboraman. endi turaman deganimda o`sha bir nima krovatimdan irg`ib tushdiyu eshik tomon yugurib ketti. Shunda ko`zim qanaqadir sharpaga tushdi. U qanaqadir qiziq yugurar edi. Undagi nimadir noodatiy edi. Eshikni yopib ortimga qaytsam, deraza qarshisidagi ko`zgudan o`sha kampirning aksini ko`rdim. Uning sochlari to`zg`igan, ko`zlari katta- katta bo`lib ketgan edi. Bir muddat menga qarab turdiyu katta -katta qadamlar bilan yugurib hovlimdan chiqib ketti. Men ancha vaqtgacha uxlay olmadim. Tongda o`sha kampir oldidan o`tayotsam yana o`sha ahvolda qo`lini qimillatib turibdi. Uning gaplariga yaxshiroq ahamiyat bersam," Nima qilib qo`yding? Nega mendan qochib ketding? Ana yigit bechorani ham qo`rqitib yuboribsan. Meni nima uchun shuncha uygurtirding? " Deb gaplashar edi. Buning tushmasligiga endi ishondim. Shundan so`ng kampir haqida surishtira boshladim. Hech kim u haqida hech narsa bilmas edi. Bir kuni yoshi katta chol bilan gaplashib qoldim. Uning aytishicha 50 yillar oldin bu kampir o`z erini bo`g`izlab, tanasini 1000 bo`lakka bo`lib tashlagan boshini tanasidan kesib olgan, militsiya kelganda o`sha skameykada erining boshini silab u bilan gaplashib turgan ekan. O`shanda bildim uyimda g`alati yugurgan narsa yugurmagan ekan, aslida u dumalab ketgan ekan

#Daxshatli voqealar#205#yerda
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика