#

- YORDAM BERING! Bu voqeani Rossiada ishlaydigan akam aytib berdi

Bu voqeani Rossiada ishlaydigan akam aytib berdi U kishini tilidan aytib beraman: Yarim kecha. Мening do’stim (ismi Aleksandr) yosh rafiqasi bilan uxlab yotgan ekan (ikkisi xam 23 yoshda) og’ir mehnat kunidan keyin mazza qilib uxlab yotgandilar. Bir xonali kvartira ekan, ularning yaqinda tug’ilgan chaqalog’I xam belanchakda uxlab yotgan ekan. Kutilmaganda soat tungi 02 da kimdir shiftdan “tuq tuq “ qilarmish. Tinmay taqilatarmish! Ularning tepasida 90 yoshli kampirsho yasharkan. Chaqaloq albatta uyg’onib ketarkan va chirillab yig’labdi.Nima qilish mumkin? Axir kampirsho bilan urushib bo’lmasa uni so’kib bo’lmasa. Ertagacha chidashga qaror qilishibdi. Xar qalay yana jimgina uxlashga yotishibdi. Аmmo yana tepadan kimdir taqillata boshlabdi. Bunaqa taqillatishdan ko’ra o \lgan ming marta afzal edi qani edi uxlab bo’lsa? Va shu payt XA! Do’stim birdan bu notabiiy ohanglarni nima ekanligini tushunib qolibdi :"Axir bu Моrze! SOS". Diqqat bilan eshitsa chindan xam -muqarrar SHU SADO! Najotkor nolalar! Darrov xammaga qo’ng’iroq qilishibdi : Tez Yordam, Militsia, FHH, O’t o’chirish hizmati – eshikni shuncha taqilatsalar xam hech kim ochmasmish. FHH xodimlari balkondan kirishibdi. Emishki, kampirsho urush hizmatchisi bo’lgan ekan, uning axvoli xaddan tashqari og’irlashib qolibdi. U karavatdan tura olmay qolgan ekan va faqat xassasi bilan polni taqillatishga qurbi yetgan ekan. Kampirshoni qutqarib qolishdi. Endi meni do’stim – ko’p qavatli uylar qahramoni ☻☻

#Qo'rqinchli voqealar#36#yordam#voqeani#akam
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика