#

AJAL BILAN SUHBAT

- Siz temirchimisiz? Ortidan kelgan tovush shu qadar sovuq va g’alati ohangda yangradiki, usta VAli cho’chib tushdi. Chunki ustaxona eshigi ochilib xonaga kimningdir kirganini u eshitmagandi.
- Taqilatib kirsangiz bo’lmasmidi? – qo’polgina to’ng’iladi u odobsiz mexmoniga yuz burmay.
- Taqilatib? Хm. Ulgurmadim, -javob berdi ovoz. Usta Vali qo’lidagi chala chulpa temir metal buyumlarni bir chetga qo’yib bir so’z qotish uchun ortiga o’girildi ammo so’zi tilida qoldi. Sababi qarshisida noodatiy mijoz turardi.
- Mening chalg’imni to’g’irlab bera olmaysizmi? – ovozi anchayin sovuq va hirqirab chiqqan bu sadodan uning eti jimirlab ketdi.- Faqat shuni o’zimi? Bo’ldimi? – temirchi usta o’zini qo’lga olishga uruinib qo’lidagi lattasini xona burchagiga itqitdi
- FAqat shuni o’zi emas, ammo avvalgidanda battar o’tmaslishib qolgan, - javob berdi Ajal.
- Mantiqan to’g’ri – rozi bo’ldi usta VAli, - baxslashish befoyda. Men unda nima qilib beray?
- Chalg’i o’rog’imni to’g’irlab bering – sabr toqat bilan yana qaytardi Ajal.
- Keyin—chi?
- Keyin charxlab berarsiz, agar iloji bo’lsa. Usta Vali tig’li chalg’ining qirrasiga qaradi. Xa rostan xam uchi ancha qiyshayib o’tmaslashib qolgan ko’rinadi.
- Tushunarli – bosh irg’adi u, -men nima qilay endi? Ibodat qilishga xam ulgurmasam kerak, biror yaqinimga xam xayr ma’zur eta olmasakanman? Axir mening hayotimda bunaqa hodisa ilk marta
NIma desam ekan xaligi.
- Xa-а-а. Siz bu xaqida aytayabsizmi, - Ajalning yelkalari beozor kulgudan biroz bukulib ketgandek bo’ldi, -yo’q, men sizi deb kelganim yo’q. Menga faqat chalg’imni tekislab bersangiz bas. Qo’lingizdan keladimi o’zi?
- Bundan chiqdi, men o’lmayman? – biroz dovdiragan ammo andak yengil tortgan temirchi so’rashga jur’ati yetdi.
- O’zingiz ko’rib turibsizku. O’zingizni qanday his qilyabsiz?
- Menimcha xammasi yaxshi.
- Ko’ngil aynishi, bosh aylanishi yoki og’riq yo’qmi?
- Y-y-yo’q, - temirchi o’z ichki holatini xis etib dadil so’z qotdi.
- Bunday xolatda siz aslo havotir olmasangiz xam bo’larkan, - javob berdi Ajal va unga chalg’isini tutqazdi. Qo’liga tutqazilgan jismga andak tikilib qolgan usta Vali uni obdon xar taraflama sinchiklab ko’rdi. Yarim soatchalik ish ekan, ammo undanda daxshati uning ortida turgan va uning ishini tugatishini kutib turgan mijozdan xamon cho’chib turardi. Bunaqa vahimali jim jitlikda usta o’z ishini ikki soatda xam tugata olmaydi/ Shalvirab qolgan oyoqlarini arang bosgancha usta qo’liga bolg’ani oldi.
- Siz
xaligi… Marhamat o’tirib turing. Kutgandan keyin tik turmay qo’ya qoling – o’z ovoziga iloji boricha dadilikni tiqib zo’rg’a so’z qotdi usta Vali. Ajal bosh irg’adida, devor yonidagi o’rindiqqa suyangancha o’tirib kuta boshladi.
***
Ish nihoyat yakunlandi. Tig’ni tekislab o’tkirlarkan, albatta qo’lidan kelgancha, temirchi uning egasiga qaradi.
- Meni ochiqcha gaplarimni kechiring—u, men xaliyam butun jonli mavjudotlarning jonini oluvchi qurolni ushlab turganimga xali xam ishongim kelmayabdi. Hech qanday ajalaovor qurol bunga teng kela olmaydi. Bu rostanam xam g’ayritabiiy. Ajal, ustaxonaning devorlaridagi turli xil qaqur ququrlarni tomosha qilish bilan ovora ekanmi, sal turib qop qora yopinchiqli yuzini temirchi tarafga qaratdi.
- Nimadir degandek bo’ldingizmi? – sokin ohangda so’radi u.
- Men qo’limda eng buyuk qurolni tutib turganimga ko’zlarimga ishona olmayabman, deyotgandim.
- Qurol? Siz qurol dedingizmi?
- Balkim, men noto’g’ri izoh bergandirman, men shunchaki. Usta VAli o’z so’zlarini izohlashga ulgurmasidan dovdiragan kuyi u tomonga shamoldek zuvda uchib kelgan Ajalning sovuq yopinchig’ini yuziga urilganini sezdi.
- Sen nima deb o’ylaysan, qancha odamning jonini olganman? – tishlari orasidan shivirladi u.
- Meee. Men
bilmayman, -ko’zini poldan uzmay titrab qaqshagancha usta shivirlab javob qildi.
- Javob ber! – Ajal quruqshigan suyakli barmog’I bilan uning iyagini tepaga surib o’ziga qaratdi, - Nechta?
- B-b-bilmayman.
- Nechta? – o’kirdi u to’ppa to’g’ri temirchining yuziga uvulagandek.
- Men qaydan bilay axir nechtaligini, Yo Rabim!? – ingradi usta uning sovuq nigohidan qochish uchun kalimasini qaytara boshladi. Ajal uning iyagini qo’yvordi bir muddat jim bo’lib qoldi. So’ng esa og’ir ho’rsinib o’rindiq tarafga yuzlandi, borib o’tirdi.
- Demak sen ularning nechtaligini bilmaysan? – ohista so’radi u so’ng esa javobni xam kutib o’tirmay gapida davom etdi, - agarda men bitta xam odamni jonini olmaganman, desam qay holatga tusharding? Men bitta xam jonni o’ldirmaganman. Sen bung anima deysan?
- Ammo. Qanday qilib?
- Men xech qachon o’zgalarning jonini olmaganman. Mening vazifamni abba ajoyibgina qilib o’zlari bajarayotgan bo’lsalar, men bu ishni qilib nima qildim? Siz o’zlaringizni o’zlaringizni o’ldirayabsizlar. Sizlar! Sizlar shunchaki bir dasta qog’oz yoki metal yoki tosh uchun (pul, oltin va qimmatbaho toshlar) osongina o’ldirasizlar, shunchaki nafratingiz va g’azabingiz sabab yoki bo’lmasa shunchaki ko’ngilhushlik uchun xam bu ishni qilasizlar. Аgar bu xam kamdek tuyulsa, darrov urushlar va janjallar boshlaysizlar, va yuzlab, minglab kimsalarni o’ldirasizlar. Bu ish sizga shunchaki juda yoqadi. Sizlar xar doim o’zgalar qoniga tashna bo’lgansiz. Eng alam qiladigani bilasanmi, nima? Siz bu haqiqatni aslo tan olgingiz kelmaydi! Bundan ko’ra xammasiga meni ayblab qo’ya qolasiz, - u biroz vaqt jimib qoldi, - bilasanmi, men avval qanday qiyofada edim? Men kelishgan baquvvat hushsurat

1 2 »

#Qo'rqinchli voqealar#76#ajal#bilan#suhbat
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика