#

"Ishonch Telefoni" "Diqqat: Hikoya pessimistik kayfiyatda" 18+

— А.allo, bu ishonch telefonimi?
— Sizni eshitaman.
— Men. bilasizmi, o'z jonimga suiqasd qilmoqchiman.
— Yaqinlaringiz sizni tark etishdimi, ayolingiz?
— Qayerdan bildingiz?
— Bu yerga birinchi marotaba qo'ng'iroq qilishingiz emas-ku, axir.
— H-ha. Ha, to'g'ri aytdingiz. Aniqrog'i xotinim ketganiga ancha bo'ldi, to'rt yil.
— Bugun nimani o'yladingiz?
— Bilasizmi bugun meni tug'ilgan kunim. Aniqrog'i kecha edi, axir hozir yarim tun.
— Tungi uchdan 30 daqiqa o'tdi.
— Ha. Mana bugun, aniqrog'i kecha 40 ga kirdim.
— Tabrigimni qabul qiling.
— Tabriklashni hojati yo'q. Kun bo'yi uyda o'tirdim. It ham mexmonga kelmadi.
— Chaqirmadingizmi, yoki umuman kelishmadimi?
— Ha kimni ham chaqirardim!? Xotinim ketib qolgan, yangi hech kim bilan tanishganim yo'q! Ota-onamni qancha orzusi ushalmay vafot etishdi. Ustiga-ustak do'stlarim ham yo'q. hamkasblarimdan kimni chaqiraman? Ishxonada go'yo yo'qdekman, bu befarosatlar meni yubileyim ekanini ham bilishmaydi.
— O'ylashimcha, ishingiz ham pachava?
— Eee qanaqa ish? Haftasiga 6 kun qarg'ish tekkandek ishxonada o'tiraman, kunduzgi 7 dan kechgi 7 gacha, shu yoshga chiqqan bo'lsamda hamon yosh boladek muomala qilishadi! Alan, uni qil, Alan buni qil. hujjatlarni boshliqqa olib kir. Bu la'nati boshliqni shunday ishlar uchun kotibasi bor! Bo'yalgan yuzli yigirma yoshli maxmadona. O'zimdan to'rt yoshli kichkina boshliq meni «sen»laydi, men esa uni
— «siz»layman.
— Tushinarli. Bu vaziyatni o'zgartirish uchun nimalar qildingiz?
— Bu nima deganingiz? Axir aytyapman-ku, u yerda har kuni moldek ishlayman.
—Bunisini tushindim. Siz har kuni yomon ko'rgan ishingizga qatnaysiz — to'g'ri aytdimmi.
— Nafratlanaman bu ishdan!
— Bo'lmasamchi. Ishga kelib 10 soat mobaynida kun tezroq tugashini o'ylab vaqtni o'ldirasiz. Hech qanday talabchanlik, ishtiyoqni, albatta bu holingizda, o'z ishingizda ko'rsatmaysiz, ishga yangi rejalar, yangi perspektiv g'oyalarni tadbiq etmaysiz, boshliqning har bir buyrug'ini o'zingizni ko'rsatish uchun bir imkondek emas jazo sifatida qaraysiz. Korxona manfaatini ko'zlovchi g'oyalar haqida gapirmasa ham bo'ladi. O'z ustida ishlash, mehnat qilish degan narsalar sizga begona. Shu holatda yana nima xohlaysiz? O'ylashimcha ishxonangizdagilarni sizga munosabati — juda ham oqilona.
— Shunchaki ishda omadim kelmagan.
— Xo'sh nima bo'pti? Dunyoda millionlab kasblar bor. Ularning har birida yuzlab ish o'rinlari.
— Ha, biroq. qirq yoshida barchasini boshidan boshlashga juda kech.
— Shular haqida vaqtliroq o'ylashga nima halaqit berdi?
— Haligi, bilmadim. o'rganib qolgandim. hammasi o'zgaradi deb umid qilgandim.
— Umid qilgansiz-u, lekin harakat qilmagansiz. Tushinarli, xotingiz ham shuning uchun sizni tashlab ketgandir yoki boshqa sabab ham bormidi?
— Shuning uchun ham bo'lsa kerak. Nimaga ham erishding, bir tiyin uchun ishlab yuribsan, harakat qilmaysan deydi.qo'ni-qo'shnilar har oy dengiz bo'yida dam olishadi, bizni esa hattoki o'z hovlimiz ham yo'q. mashinam eski — deyarli har kuni bitta kamchiligi chiqib turadi.
— Buning sababi?
— Yo'lda ketayotganimda bir boyvachchani jipi oldimdan chiqib qoldi, nima ham qila olardim? Orqasidan borib urdim, yo'l patruldagilar uchun kim kambag'al bo'lsa ayb o'shanda, anchagina jarima yozib berishdi. zo'rg'a to'lab qutildim. To'rt yildan buyon zang bosib yotibdi, tuzatgani pul hayf, yangisi uchun pul yo'q.
— To'rt yil?
— Deyarli besh yil.
— Va bu vaqt orasida na moshinaga pul yig'dingiz va na yangi ish topdingiz? Umuman bundan oldingi yillarda ham.
— Qanday, mamlakatda yashashimizni, bilasiz-ku!
— Bilaman. Bu davlatda ko'pchilik qirq yoshida milliarderga aylanganlarni ham bilaman.
— Aha, nechtasini o'ldirib boy bo'lishgan ekan?
— Milliarderlikka da'vogarlar orasidami yoki yaxshigina ish topib hech bo'lmasa «Ford» mashinasini olishga qurbi yetadiganlar orasidami?
— Meni shunchaki biznes uchun qobilyatim yo'q.
— Tushindim. Birovni qo'l ostida ishlolmasangiz, o'zingiz ish boshlay olmasangiz. Sizda qanday qobilyat bor deb o'ylaysiz!?
— Qaysi ma'noda?
— To'g'ri ma'noda. Qanday iqtidoringiz bor? Birovga foydasi tegmaydigan bo'lsa ham
— Xo'sh. Ochig'i bilmadim.
— Balkim, she'r yozarsiz?
— Institutda yozardim, keyin tashladim.
— O'qib bera olasizmi?
— Bilmadim, esimda ham yo'q. faqat. to'rt qatori: Kezganimda men sen bilan Oy nuri shul'asi ostida, Qalbimda yo'q edi alam Ifoda uchun kuchsiz qalam.
— Tushinarli. Yetadi. Qo'shiq yoki yozuvchilik haqida so'ramasam ham bo'ladi. Bo'lajak rafiqangizga yozganmidingiz bu she'rni?
— Y-yo'q. boshqa qiz bor edi, guruhdoshim. 4 yil mobaynida ham unga uni sevishimni aytmadim.
— Tushinarli. Demak hech qanday oy shul'asida u bilan kezmagansiz. Bo'lajak rafiqangiz bilan onangiz majburlab tanishtirgandir?
— Аslo yo'q! Xolam tanishtirgan.
— Demak, xotiningizni tashlab ketish sababi — lattasiz, bir tiyinlik, qobilyatsiz, juratsiz. Kamchiliklaringizni

1 2 3 »

#Daxshatli voqealar#193#diqqat#hikoya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика