#

Vampirlar mavjudmi? (real voqea ruschadan tarjima qilindi )

Men sizga boshqa olamliklar bilan uchrashuvimga oid hikoyamni aytib beraman. Bu 2009 yilning may oyi ohiri iyun oyi boshida edi. Men 25 yoshda edim. domimizning hovlisiga tushib, men qo'shni uyning tomida g'alati sharpalarni ko'rdim, ular yalang'och yoki yarim yalang'och shakllar edi faqat shuni eslayman. Bu hodisa kundan-kunga, har oqshomda davom etardi. Oxir-oqibat, men ularni ertalab o'z ko'zim bilan ko'rmoqchi bo'ldim, Odatda ular tong otganda havoda erib ketishardi. Men do'stim bilan usha yergacha kuzatib qo'yishini iltimos qildim. Bahonada, meni boshqalar aqldan ozgan deb o'ylamaslik uchun guvohlikka muhtoj edim. Eng qizig'i do'stim ham g'aroyib hodisani payqadi, ammo uni "optik tasavvur"ga yo'ydi. Ammo Bu hodisalar yana va yana ko'proq, yozdan boshlab esa - ko'proq sodir bo'ldi. oqshomlarda va kechqurun turfa xil odamlar ma'shum uy yonidan o'tib ketisharkan, tasodifan onglarini yo'qotishardi, ertalab esa zaiflashib uyg'onishardi va kasalxonaga eltishardi. Dafatan bu hududimizning "nopok" bo'lganligi haqidagi mish-mish tezda Kislovodsk shahriga tarqaldi. Men hamshira tanishimga murojaat qildim, u vaziyatni aniqlashda yordam beradigan paranormalchilarni bilardi. Olimlar, vampirlarning ko'rinishi o'rniga, energiya o'lchovlarini amalga oshirib, kompyuterga olib kelishdi. Uyimiz va qo'shni uylarimizdagi energiya salbiy, bu tumanning boshqa binolariga o'xshamasligi aniqlandi. Qo'shnim bo'lgan do'stim bilan men tajriba o'tkazish qaroriga keldik - "so'rg'ichlar" paydo bo'lgan uyga borib, ular o'zlarining xatti-harakatlariga va odamlarning farovonligiga qanday ta'sir qilishini o'rganmoqchi edim. Eng qizig'i besh daqiqadan keyin ikkalamiz ham kasal bo'lib qoldik. Keyinchalik esa yanada qiziqroq hodisa sodir bo'ldi. Bu kabi savollar bilan shug'ullanuvchi Stavropol shahrining FHB mamurlari kelishdi. Ular kelib, o'sha uy oldida navbatma-navbat ikki kun navbatchilik qilishdi. Shundan keyin esa sirli hodisa to'xtadi. (Mixail K ismli uchastnik hikoyasi)

#Daxshatli voqealar#233#mavjudmi#real#voqea
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика