#

TUN HAMISHA YAQIN. 3 QISM

Nafsim qurg'urlik qilib usha mudhish kechadagi qilgan ishimni xaliyam kechira olmayabman. axir kimsan Iblis bilan shartnoma tuzib qu'ygan edik. Unga ko'ra Ruhni qayta tiriltirish 'Voskreshenie" bizning din amoliga aslo tu'g'ri kelmasdi. Ammo mistikaga ashadiy qiziqqan ikki yosh uchun bu shu qadar sirli va buyuk ma'no bu'lib ku'rindiki, biz nafsimizga qul bu'ldik. Iblis "Hadyalari" nima ekanligini bilasizmi? Bilmasangiz yaxshilab o'qib oling, Iblis LAin tamg'asini olib Jannatdan quvg'in etilgach u'ziga yangi bir "din" o'ylab toparkan. Ojiz kimsalarning qon tomiriga undan esa jon tomiriga yuqib o'tib ularning "ilohi"ga aylanar, evaziga esa O'rta Asrlarda zodagon u'zvassaliga yer mulk unvon hadya etgandek u'z "qullari"ga turli sovg'alar yuborardi. bu uning qullarining nafsini yanada hakalak otishiga asosiy Yaratuvchisidan butkul sovub Foniy dunyo lazzatlariga asir bu'lib qolishlariga mahkum etardi. biz ushanda shunchaki bitta maqsad uchun - Aziz "Kashey besmertniy " kabi O'lmas Ruhga, men esa Ko'zga ko'rinmas bo'lib qolishni orzu qilgandik. Iblis esa bizga ushbu hadyalarni tutqazdi. Endilikda men istagan vaqtimda ko'zdan nihon bo'la olardim. Biroq bu mudhish hadyaning to'lovi nihoyatda daxshatli. kundan kunga razilllashib iblisona qiyofaga kira boshlarkansan. men mudhish sirni birinchi bu'lib angalaganim sabab bu "o'yin"dan bosh tortdim. "Kufr" kitobini yoqib yuborsam xam u aslo yonmasdi. Kitob guyo la'anat tekkandek olovdan xam qaychi-yu xatto boltaga xam doshg berardi. Nihoyat men bir tuxtamga uni xamma qo'rqadigan ovloq "Shaytonjar"ga ko'mib kelishga axd qilgandim. shunday qildim xam, Xamma balo ana shundan keyin boshlandi. Endilikda mendan ko'proq hadya olgan Azizni u'zga olam kuchlari ta'qib eta boshladi. Men u bilan ohirgi uchrashuvimni siz azizlarga aytib berdim -a? uning O'lmas ruhga ega bo'lgani bilan jasadi chiriy olarkan,Ammo mudxish "jon" uni "ruh" deyishga uyalaman, ming marta qayta tirilib qayta o'larkan. Mening qismatimga xam bir da'fa shunday yozg'ulik tushgani sabab xam men sirli Hu'ja Abramni ziyorat qilgani yu'lga tushgandim, Qanday daxshatli hodisa sodir bu'ldiki siz mavhum tog' orasidagi notanish odam bilan uchrashishga qaror qildingiz? deysizmi? unda marhamat eshiting, marhum do'stimning YIGIRMASidan keyin mening xam tobim qocha boshladi. Men aksiga olib naq ikki marta ko'zga ko'rinmas bu'lishga uruinib ku'rgandim,birinchisi sevgan qizim Layloning tunda yotog'iga borganim bu'lsa ikkinchisi Kitobni o'g'irlash uchun eski darchaga kirganim bu'ldi. ammo Muqarrar Ajal endi meni payimga tushgandi. "Shaytonjar"dan qaytayotganimda oqshom mahali emasmi birdan oyog'im toyib pastlikka qulab tushdim. Umurtqam qattiq og'rib belimni ko'tara olmay qoldim. ovozim xam hirillab aslo tomog'imdan chiqmas men xaqiqiy halokatga giriftor bu'lgan edim. erta sahargacha ana shu qop qora chohda ingrab yotdim. Yoz kechasi u qadar sovuq bu'lmasa xam zax ariq yonida yotganim sabab suyaklarimgacha qaqshardim. ertalab esa hayriyat meni qo'y chu'ponlar ko'rib qolib uyimga eltishar deya umid qildim. aksiga olib yonginamdan o'tlab ketayotgan qo'ylar xam sigir buzoqlar xam chu'ponlar xam meni ko'rishmasdi! menga shaxsan Iblis hadiya qilgan "balo" ko'zga ko'rinmaslikka uchragan edim. bu holatimda o'lib ketmog'immumkin ediAmmo ushanda men aniq xis qildim. Kimdir meni belimdan tutib shaxd bilan yuqoriga turtdi. Tanamda yana quvvat yog'ilgandek bu'ldi. Mening ko'zga ko'rinmas "haloskorim" kimligini men sezgandek bo'ldim. U meni ortimdan mayus hu'rsinig'ini eshitgandim. "Aziz!" hayolga keldim men u bir umr shu olamda arosatda izg'ib yashaydimi? axir u Iblisdan shuni hadya qilishini so'ragandiki? Uyga kelsam xam xech kim meni ko'rmadi payqamadi. Ota onam havotirda xatto Qidiruvga xam berishga ulgurgan meni esa afsuski xech kim ko'rmasdi. ana shunda beihtiyor balki, ku'nglimga Xudo solganmi, buvimning xonasiga kirib joynamoz ustiga o'tirdim va yig'lay yig'lay bir sura o'zim bolaligimda yodlagan Ihlos va An nos surasini o'qidim, Shu zahoti tanamdan qattiq og'riq bilan allanima vishillab chiqib ketdi ayniqsa \ " Jinnoti Vannas. " deya chuzib talaffuz qilagnimda ko'zlarim yaraqlab ketdi! men zohiriy tanamga yana qaytgandim. Xamma meni tusatdan paydo bu'lishimga xuddi kecha g'oyib bu'lganim kabi birdek hayratda edilar. Ammo xammadan xam ko'ra u'zim aziyatda xam joniyatda edim. Shu sabab men bugun ushbu sirli va qu'rqinchli o'rmondan ketib bormoqdaman. Burchmullagacha piyoda yetib borishga axd qilganimning yagona sababi anavi haydovchining xam ko'zida o'sha kungi zulmatni ko'rdim. Bu daxshatning o'zginasi edi! axir Men toshli shag'alyo'ldan ketib borarkanman,soat oqshomga qarab 16 - 00 ga qarab og'moqda quyosh xam sotqinlarcha G'arubga bosh quymoqda edi. Uzoq sharqdan olis shahardan men tomonga sekin asta minglab paypaslagichlarini hilpiratib Tun yaqinlashib kelayotgandi

#Qo'rqinchli voqealar#37#hamisha#yaqin#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика