#

Hojiakbar Shayxov Shayxov. SIRLI SIRLI NUR NUR (( hikoya hikoya) )

Ulug'bek! Ulug'bek! Men -birinchi. Qalay eshityapsiz? Qabul. -?? ?Birinchi! Birinchi! Men
- Ulug'bek! Sizni yaxshi eshityapman. Nima yangiliklar bor? Qabul.
-Nur tarqatayotgan nuqta ko'zdan g'oyib bo'ldi. -G'oyib bo'ldi? Nega? Qachon? -Bir necha daqiqa avval men sayyora atmosferasiga kirdim, nurlanayotgan nuqta tepasida bir zum to'xtab, kemani to'g'ri kursga oldim, keyin pastlay boshladim Ikki yuz metr ham tushishga ulgurmagandim, nurlanish birdan yo'qoldi.
-Hozir ostingizda nima ko'rinyapti? -Hozir kema quyuq bulutlar qurshovida. Telelokatorlar hech qanday ish bermayapti. -Birinchi! Nihoyatda ehtiyot bo'ling. Bulutlar qatlamining qalinligi bizga noma'lum. Sizni qurshab olgan tuman sayyora sathigacha cho'zilgan bo'lishi ehtimoldan uzoq emas. -Ulug'bek! Qema bulutlar qatlamini yorib chiqdn. Balandlik 15000 metr. Sayyora sathini ko'ryapman. Jigarrang va alvon ranglarni ajratsa bo'ladi. Eh, yuragim hovliqib ketyapti! Shubhasiz, sayyora yuzasi quyuq o'simliklar bilan,o'ralgan. Telelokatorlar yo'nalishini boya nur tarqatgan nuqtaga to'g'rilayapman. Jimlik.
-Birinchi! Birinchi! O'zi nima gap? Javob bering! O'sha zahoti razvedkachi-fazogir Davron Sharipovning hayajonli, ayni paytda sevinchga to'la ovozi yangradi:?? ?
-Ulug'bek! Sun'iy qurilma ko'ryapman! Balandlik ming metr. O'lay agar sun'iy qurilma ko'ryapman! -Xovliqmang, birinchi, xovliqmang. Uni tasvirlab bering.
- Tagimda, yanglishmasam, shahar yastanib yotibdi. O'zga sayyora shahri! Nihoyatda yuksak qilib qurilgan to'g'ri formadagi tsilindrlarni ko'ryapman. Asosining diametri taxminan yuz metrga teng bu inshootlar turar joy binolari bo'lsa kerak. Har bir tsilindr tepasida gorizontal yo'nalishda va turli balandlikka ega spiralsimon "butoqlar" bor. Ularning havoda muallaq turgan eng chekka qismy qalin mis likopchani eslatadi. Binolar yigirma-o'ttiztadan alohida-alohida joylashgan. Har bir guruh markazida boshqacha shakldagi -sharsimon, prizmasimon, to'g'ri burchakli qurilmalarni ham ko'ryapman. Chor-atrof o't-o'lan, dov-daraxtlar bilan o'ralgan. Albatta, agar qizil va jigarrang bargli bahaybat o'simliklarni daraxt deb atash mumkin bo'lsa. O'simliklar binolarning devor va pastki "butoqlari"gacha chirmashib ketgan. -?? ?Birinchi! Nurlanayotgan nuqta o'rnida nima ko'ryapsiz?Diametri ikki-uch kilometrga teng qoramtir doirani ko'ryapman. Yanglishmasam, bu mening nigohim qamray sholishi mumkin bo'lgan butun maydondagi o'simliklardan holi yagona joy. Eh, jin ursin! - Nima gap birinchi! - Kechiring, o'rtoq polkovnik. Og'zimdan chiqib ketdi. Balandlik ikki ming metr. Menga eng yaqin binoning ko'p joylari. shikastlanganga o'xshaydi! -?? ?Shikastlanish qanday xarakterda? Bu savolga javob berish uchun binoga yaqinroq borishim kerak. Yonlama tortuv dvigatelini ishga solyapman. -?? ?Birinchi! Ehtiyot bo'ling! Gravitatsion va maydon himoyasi qurilmalari ishini yana bir tekshirib chiqing. Oraga yana jimlik cho'kdi. Ko'p o'tmay, tag'in Davron Sharipovning hayajonli, ayni paytda havotir aralash ovozi eshitildi: -?? ?Ulug'bek! Men -birinchi! Spiral shakldagi bino qoshidaman. Bino nihoyatda qalin va tartibsiz o'sgan yovvoyi o'simliklar qurshovida. Uy burchaklari nurab ketgan, devorlarida katta-katta yoriqlar va chang bosgan teshiklar bor. Yaqin atrofdagi boshqa binolar ham xuddi shu ahvolda. Agar bu shahar bo'lsa, u
- tashlandiq, o'lik shahar! - Birinchi! Shikastlanish harbiy harakatlar natijasida yuzaga kelgan, deb taxmin kilish mumkinmi? - Yo'q! - qat'iy javob berdi Sharipov.
-Yo'q! Menimcha, binolar vaqt o'tishi bilan shu ahvolga tushgan. Ularni ko'p yillik chang qatlamlari bosgan. Men yaqin kelishim bilan qandaydir mayda jonzotlar to'dasi "guv" etib teshik va yoriqlardan chiqib, binoning orqasiga o'tib ketishdi. -Birinchi! Darhol qoramtir doira nimadan iboratligini aniqlang.
-?? ?Xo'p bo'ladi! Jimlik. -Ulug'bek! Men - Birinchi! Doira ustidaman. U chor-atrofini mazkur planetaga xos qalin o'simliklar o'ragan oddiy maydon ekan. Ammo maydon ichi o'simliklardan xoli.
-Unda biror maxsus qurilma ko'rinmaydimi? - Yo'q. -Maydonning relefi qanday? -Tekislik. Xuddi yaqinda tekislab chiqilganga o'xshaydi.
-Ariqlar yo'qmi? - Yo'q. Lekin o'rtasi bir oz ko'pchibroq turibdi, O'rtoq komandir, menda bir taklif bor. -Ayting? - Doira o'rtasiga qo'nishimga ruxsat bersangiz. O'shanda ajoyib obzorga ega bo'laman, lozim bo'lsa, darrov uchib ketishga ham ulgiraman, Analizatorlar havoni tekshirib chiqishdi. Hammasi joyida. Radiatsiya yo'q, Uncha uzoq bo'lmagan jimlik. Keyin "Ulug'bek" yulduzkezar kemmasi komandirining qat'iy ovozi yangradi: -?? ?Qo'nishga ruxsat! Ziyo yulduzidan birinchi signal Pluton yaqinidagi kosmik zondlardan biri yordamida qabul qilindi. Aytish kerakki, bir necha asr davomida zondlar fazoni uzluksiz tintishar, biroq biror natijaga erishganicha yo'q edi. Mana, nihoyat, birinchi signal -o'zga dunyo tsivilizatsiyasidan ilk xabar olindi. Birinchi signaldan keyin ikkinchisi, so'ngra ma'lum vaqt oralig'ida boshqalari qabul qilindi.

1 2 3 ... 8 »

#Daxshatli voqealar#302#sirli#sirli#hikoya#hikoya
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика