#

QO'NG'IROQ ORTIDAGI SIR. So'ngi qism

Xujjatlarni joyiga qo'ygan Sanjar xonadan chiqib yig'i eshitilayotgan tomonga quloq sola boshladi.
-Kim bor bu yerda. Uyni allambalo ovozlar egallab olgandi qaxramonimiz nima qilarini bilmay joyida qotib turaverardi. Va shu payt zina yonida qandaydir odamni sharpasi ko'rina boshladi. Sanjar o'sha tomonga diqqat bilan qararkan bu ekperiment o'tkazgan boyagi odamni arvoxi ekanligini angladi.
-Demak u o'lgan ekanda. Ruxni ko'zidan uni yovuz niyyatda ekanligini bilish qiyin emasdi. Nima qilishini bilmay qolgan Sanjar arvoxni yoniga qarab yura boshladi.
-Senga nima kerak dedi duduqlanib. Terisi chiarib ketgan sharpa esa joyida qimirlamay turardi. Qaxramonimiz unga yaqinlashgani sari nafasi bo'g'ilib ketardi qo'lidagi fonarini xam ba'zor ushlab turardi. Qarshisida turgan arvox esa joyidan qimirlamay Sanjarga qarab unga qandaydir bosib o'tkazardi.
-Jin ursin menga nima bo'lyapti nafas ololmayapman. U ikki qo'li bilan bo'ynini ushlagancha asta yerga yiqildi. O'zi shundoq xam qorong'u bo'lgan manzara yanada zulmatga aylanayotgandi. Qop-qorong'u uzun yo'l. Atrofda xech zot yo'q yo'lni na oxiri na boshi ko'rinardi. Sanjar uni o'rtasida turib atrofga qarardi.
-Men qayerdaman. Xoy kim bor. Qaxramonimiz sekin asta oldinga qarab yura boshladi va shu payt uni ortidan kimnidir ovozi eshitildi.
-Do'stim qayerga ketyapsan. Sanjar darxol ortiga o'girildi.
-Alisher senmisan.
-Xa Sanjar bu yerda nima qilyapsan.
-Men o'zi qayerdaman.
-Sen xozir ruxlar olamidasan.
-Ruxlar olami? Nima men o'ldimmi.
-Yo'q sen xozircha tiriksan o'limni yengishing uchun boshlagan ishingni oxiriga yetkazishing zarur.
-Ammo men nima qilishni bilmayapman bosgan qadamimda arvoxlarga duch kelyapman. Alisher balki sen bilarsan qanday yo'l tutish kerakligini.
-Seni anchadan beri ta'qib etyatgan o'sha ayol bir paytlar ancha badavlat bo'lgan taxminan 40 yoshida og'ir dardga chalingan shundan so'ng o'limi yaqinligini bilgam ayol butun boyligini yaqin qarindoshlaridan biriga o'tqazmoqchi bo'lgan. Lekin uni bir do'sti bundan xabar topib ayolni o'ldirgan va me'ros xujjatlarini qalbakilashtirgan.
-Tushunarli. Demak boyagi arvox ekperimentni oxirgacha yakunlagan va ayolni ruxi mana bu telefonga o'rnashib olgan. Endi nima qilishim kerak Alisher. Qaxramonimiz to'g'risiga qaragandi. biroq do'sti allaqachon g'oyib bo'lgandi. Chuqur nasas olgan xolda ko'zini ochgan Sanjar qo'liga fonarini olib yon-atrofiga qaradi.
-Menga nima bo'ldi yomon tush ko'rdim shekilli. U o'rnidan turib oldinga xarakatlana ketdi. Yovuz rux esa g'oyib bo'lgandi.
-Endi nima qilaman. Extiyotkorlik bilan pastga tushib chap tomondagi xonaga kirdi. Bu yerda bir dona krovat xamda katta kitob javoni bor edi. Ko'rinishidan yotoqxonaga o'xshardi.
-Jin ursin bu uyga kelib faqat orom topmagan ruxlarga duch kelyapman. To'g'rida turgan javonda eski chang bosib ketgan bir nechta kitoblar taxlanib turardi. Qaxramonimiz javonni oldiga kelib ulardan birini qo'liga oldi.
-Pul og'ushida. Bu uy egasi pulga o'ch bo'lgan ko'rinadi. U kitobni joyiga qo'yib endi xonani tark etmoqchi bo'lgandi birdan quloqni qomatga keltiradigan darajada baland bo'lgan qichqiriq eshitila boshladi bu ovoz ayol kishiga tegishli edi. Sanjar qo'llari bilan ikki qulog'ini yopib oldi. Bir necha soniyadan so'ng ovoz tindi.
-Bu ketishda jinni bo'lib qolishim aniq. Tezroq bu yerdan ketmasam bo'lmaydi. Shu payt ulkan javon turgan joyidan yerga gursillab tushdi. Yuragi sapchib tushgan qaxramonimiz javonga qaradi eng xayratlanarlisi uni ortida qandaydir eshik turardi. Sanjar eshikni oldiga kelib sekin asta ochdi eshik orqasida pastlikka ketgan zina bor edi fonari yordamida zina bo'ylab xarakatlana boshladi zina oxirida qandaydir kichik xona bor edi Sanjar u yerga kirgan edi xamki odamni murdasiga ko'zi tushdi. Va zudlik bilan uni oldiga yugurib bordi.
-Bu axir arvox ayolni jasadiku qiziq oradan shuncha vaqt o'tsayam tana to'liq chirib ulgurmabdi. Nazarimda u nega meni shu vaqtgacha ta'qib etib kelganini endi bildim. Bu ayol o'ldirilgandan so'ng tanasi qarovsiz qolib ketgan shu sababli men bilan aloqaga chiqqan albatta mana bu telefon orqali. Sanjar cho'ntagidan telini oldi. Men bu ayolni dafn qilishim kerak balki shunda u xam men xam tinch bo'larmiz. Qaxramonimiz jasadni yelkasiga oldi va tashqariga chiqdi atrof zulmatga cho'mgan buni ustiga yelkasida odamni.murdasi tursa bunday xolat xar qanday insonnu daxshatga solardi. Sanjar qo'rquvga tushmasdan uy yonidagi qabristonga qarab odimlay ketdi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach qabristonga kirdi. U sekin asta ichkariga kirarkan jasadni qayerga ko'mish xaqida o'ylardi uzoqda yelkasida turgan ayolni ruxi ko'rina boshladi u Sanjarni qo'l xarakati orqali o'ziga chorlardi. Qaxramonimiz arvoxga yaqinlashgach u g'oyib bo'ldi ammo turgan joyida ochiq qabr bor edi. Sanjar murdani o'sha yerga ko'mdida ortga qayta boshladi qabristonni kirish eshigini oldida esa yovuz rux turardi.Qo'lidagi telefonga termulib turgan Sanjar uni yerga urib chilparchin qildi. Va shu zaxoti uni o'ldirishga

1 2 »

#Daxshatli voqealar#342#qongiroq#ortidagi#songi#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика