#

QO'NG'IROQ ORTIDAGI SIR. 8- qism

Xujjatda yozilgan so'zlardagi ayrim xarflarni tepa qismiga nuqta qo'yilgandi.
-Qiziq bu belgi nimani anglatarkin. Sanjar bo'sh varaq olib olib yoniga qo'ydi va nuqtalar bilan ajratib qo'yilgan xarflarni ko'chira boshladi. Va buni natijasida qandaydir so'zlar paydo bo'ldi Xarflar aralash joylashgani sabab qog'ozdagi so'zlar nimani anglatishini bilish qiyin edi.
-Bu yerdagi xarflar betartib joylashgan demak ularni o'z o'rniga qo'ysam qandaydir gap xosil bo'ladi. Oradan ma'lum vaqt o'tdi.
-Vanixoyat kerakli so'zni topganga o'xshayman. Uzoq urunishlardan keyin qaxramonimiz maqsadiga yetdi.
-Bu kimnidir uy manziliga o'xshaydi men bu joyni bilaman. Shaxar chetida kichik qabriston mavjud manzilda aynan shu joy ko'rsatilgan kichikligimda u yerga borganman. Bundan chiqdi barcha jumboqlar kaliti shu yerda xoziroq bu joyga borishim kerak. Sanjar ryugzakga soat,fonar va qo'shimcha oyoq kiyim soldida so'ng ko'chaga chiqdi. U katta yo'l chetida turarkan xayolidan xar xil narsalar o'tardi. Va shu payt uni oldiga taksi kelib to'xtadi.
-Qayerga borasz. Sanjar qog'ozdagi manzilni ko'rsatdi.
-Mana shu yerga olib borib qo'ya olaszmi. Xaydovchi uzoq o'ylanib turdida keyin javob berdi.
-Mayli lekin xizmat xaqqini ko'proq berasiz.
-Nega.
-Sababini o'zingiz borgach bilasz.
-Xo'p bo'pti. Mashina yo'lga tushdi soat millari 20:14 ni ko'rsatyotgandi taxminan 30 daqiqalik yo'ldan keyin temir ulov kichik bir maxallaga qayrildi.
-Yetib qoldikmi.
-Xa oz qoldi. Tim qorong'u ko'cha yo'l xam unchalik keng emas ikki tomongda ulkan qad rostlagan uylar mavjud edi. Qaxramonimiz o'sha manzaraga termulib ketarkan manzilga yetib kelganini xam sezmadi.
-Yetib keldik dedi xaydovchi. Xayollari buzilgan Sanjar mashinadan tushib atrofga alangladi xayratini yashirolmagach xaydvochini savolga tutdi.
-Meni qayerga olib keldingiz.
-Bu yer siz aytgan manzil. Manzara chindan xam xayratlanarli va ta'bir joiz bo'sa daxshatli edi sababi bu atrofda deyarli uylar yo'q edi. xa deyarli chunki mashina kelib to'xtatagan yerda katta ulkan uy bor edi undan sal o'tganda esa qog'ozda yozilgan qabriston turardi.
-Boya kelyatganimizda uylar bor ediku qayerga g'oyib bo'ldi.
-Tog'ri bor edi siz xayolga berilganizgiz sabab uylar tugab ovloq xudud boshlanib ketganini sezmadingiz.
-Tushunarli. Sanjar xaydovchiga pulini berib o'zi uyni qarshisiga keldi. Ko'rinishidan ancha ulkan bu uyni atrofini zulmat qoplab olgandi qorong'u bo'lsada xonadagi chiroqlar o'chiq edi.
-Nazarimda bu uyda xech kim yashamaydi lekin shu yerga kelishimga ishora qilindi demak bu yerda bir sir bor. Tushunmayman nega xar doyim menga xech kim yashamaydigan kimsasiz xududlar duch kelaveradi. Exxx o'sha kuni qo'ng'iroqqa javob bermaganimda edi shuncha muammolar yo'q edi Alisher xam xalok bo'lmasdi. Bugun barchasiga yakun yasaladi. Qaxramonimiz uy eshigini oldiga kelib taqillatdi biroq foydasi bo'lmadi eshik yog'ochdan bo'lganligi sabab unda mayda yoriqlar mavjud edi Sanjar o'sha teshiklar orqali ichkariga mo'raladi u yerda zulmatdan boshqa xech nima yo'q edi. So'ng u o'sha yoruqlarga qulog'ini tutib ichkaridagi ovozlarni eshitmoqchi bo'ldi nariga tomondan faqat sovush shaboda taralardi.
-Jin ursin eshikni buzaman chog'i. U yelkasiga bilan bir urgandi eshik sinib yerga gursillab tushdi. DAVOMI BOR.

#Qo'rqinchli voqealar#32#qongiroq#ortidagi#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика