#

QO'NG'IROQ ORTIDAGI SIR. 6- qism. (Mistika,detektiv ).

-Tushunmadim eshik ochilishi kerak ediku lekin buni o'rniga tepaga ko'tarila ketdi. Va shu payt lift oxirgi qavatga chiqqach uni eshigi ochildi. Bu so'ngi 4-qavat edi u yer xam qop-qorong'u tashlandiq edi liftni yonida pastga olib tushuvchi zina,to'g'risida esa zulmatga cho'mgan uzun yo'lak shuningdek bunday yo'laklar chap va o'ng tomonlarda xam mavjud edi bino qanchalik qorong'u bo'lmasin fonardan taralib turgan yorug'lik yordamida xarakatlanish muammo tug'dirmasdi. Qaxramonimiz liftdan chiqqach dastlab qo'lidagi moslama yordamida yon-atrofini ko'zdan kechirdi so'ng o'ng tarafdagi koridorga yo'l oldi tashlandiq kasalxonani sukunat egallab olgani sabab Sanjarni qadam tashlaganidan so'ng oyoq kiyimidan chiqayotgan ovoz butun binoga eshitilgudek edi. U yo'l davomida ikkala tomonidagi xonalarga birma bir kirib chiqardi. Xar zamon uni qulog'iga g'alati ovozlar eshitilyatgandek tasavvur uyg'otardi. Ma'lum vaqtdan so'ng barcha xonalarni tekshirib chiqgach yana zinani oldiga qaytdi.
-Xo'sh endi chap tarafdagi yo'lakga borib ko'raychi. Sanjar koridor bo'ylab xarakatlanarkan yuragidan chiqayotgan ovoz unga yaqqol eshitilardi bu esa qo'rquvdan darak berib turgandi.
-Alisherda nima gap ekan. Qaxramonimiz yo'lakning chap tarafidagi xonaga kirdi. Bu xona xam boshqalari qatori anchagina betartib xolatda edi o'rtada bemorlar yotadigan krovat ag'darilib yotardi derazalar darz ketgandi. Sanjar xonani tekshira boshladi atrofga nazar tashlarkan derazadagi tokchada turgan qog'oz parchasiga ko'zi tushdi va uni oldiga kelib qog'ozni qo'liga oldi.
-Menga. Buni davom qani. Qog'ozni parchasini yarmi yo'q edi. Shu payt tashqarida qadam tovushlari eshitila boshladi.
-Alisher bo'lsa kerak dedi Sanjar eshik tomonga o'girilib. So'ng o'zi tashqariga chiqdi. Ammo koridorda xech qanday odam zoti yo'g'idi.
-Xech kim yo'q.Nazarimda bu binoda kimnidir uchratishim qiyinga o'xshaydi. Qaxramonimiz xonadan chiqib yana ortga qaytdi va to'g'ridagi uzun zulmat qamrab olgan yo'lakga qaray boshladi. Xa bu oxirgi yo'lak edi. Sanjar fonarni maxkam ushlab qorong'u koridor tomon qadam tashladi. Yuragidagi "dukullagan" ovoz xamon xaroba kasalxonani larzaga keltirardi.
-Bu yerdan xam xech nima topa olmasam kerak. U yo'lakni yarmidan biroz o'tib ortga qaytmoqchi bo'lgandi to'satdan nigoxlari yo'lning oxiridagi xonaga tushdi buni ajablanarli jixati palata eshigi ochiq xolatda turardi.
-Qiziq eshik ochiq shu yaqin orada bu yerga kimdir kelgan ko'rinadi. Alisher senmisan. deb baqirdi o'sha tomonga odimlarkan. Sanjar sekin asta eshikni oldiga kelib ichkariga qaradi lekin xech kim yo'q. Bu xona xam boshqalaridan qolishmasdi.
-Xoy kim bor. Bu ulkan tashlandiq binoda sukunatdan bo'lak tovush eshitilmasdi. Qaxramonimiz ichkariga kirgach u yerni obdon tekshira boshladi. Xonani chekkasida esa krovat bor edi eng xayratlanarlisi unga to'shaklar solingan bosh tarafida esa yostiq boridi xuddi hanuzgacha bu joyda kimdir yotadigandek. Sanjar yostiqni joyidan oldi uni ostida yana bir kichik qog'oz barchasi turgandi uni qo'liga olib boyagi parcha bilan solishtirdi.
-Menga. yordam bering. DAVOMI BOR.

#Daxshatli voqealar#87#qongiroq#ortidagi#qism#mistikadetektiv
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика