#

QO'NG'IROQ ORTIDAGI SIR. 2- qism

Qichqiriq taxminan ayol kishiga tegishli edi. Bu ovoz xuddi sukunat ortidagi bo'ronga o'xshardi. Yuragi bir xabqirib tushgan Sanjar telefonini noma'lum shaxs boshqa bezovta qilmasligi uchun birato'la o'chirib qo'ydi.
-Uxxxx qaysidir telba men bilan o'ynashgan bo'lsa kerak. Sekin asta yana o'z o'rniga yotdida uxlash xarakatiga tushdi ammo bu ovoz Sanjarni xayolidan ketmasdi shu sababli anchagacha ko'ziga uyqu kelmadi. Tong otdi erta tongda turib yuvinib nonushta qilgan qaxramonimiz o'z xonasida kiyimlarini alishtirardi u kechagi voqeani deyarli unutib yuborgandi Sanjar ko'chaga chiqarkan kecha kechqurun uyga kelmasidan oldin do'sti Alisherni qo'ng'iroq qilib aytgan gaplari esiga tushib ketdi.
-Qiziq kecha Alisher nega uyinga kirma degan ekan. Unga qo'ng'iroq qilaychi. Qaxramonimiz qo'liga telefonini olib do'stini raqamini tera boshladi. Biroq u javob bermadi.
-Bugun yakshanba uyida bo'lsa kerak. Sanjar chap tarafdan kelayotgan sariq taksini to'xtatib xaydovchiga borishi kerak bo'lgan manzilni tushuntirdi va mashinaga o'tirib Alisherni oldiga ravona bo'ldi. Kechagi yomg'irdan so'ng yo'llar kichik ko'lmaklarga to'lib qolgandi yomg'ir to'xtagan bo'lsada osmon uzra qop-qora bulutlar o'z xukmronligini o'tkazishardi. Birozdan so'ng temir ulov o'z manziliga yetib keldi. Sanjar mashinadan tushib do'sti Alisherni uyiga yaqin keldi so'ng darvozani taqillata ketdi. Ma'lum vaqtdan so'ng eshikni anchagina gavdali bo'lgan Alisher ochdi
-Sanjar senmisan.
-Xa menman.
-Qaysi shamollar uchirdi do'stim.
-Seni bir ko'rib qo'yay dedimda.
-Juda yaxshi ichkariga kir. Ular uyga kirishdi. Alisher Sanjarni mexmonxonaga olib kirib o'sha yerdagi kursilardan biriga o'tqizdi so'ng o'zi xam uni qarshisiga o'tirdi.
-Xo'sh Sanjar axvollaring yaxshimi.
-Yaxshi raxmat o'zingdan so'rasak.
-Meniki xam yaxshi. Oraga biroz sukunat oraladi va bu xolatni Sanjar savoli bilan yo'qqa chiqardi.
-Kecha kechqurun nega menga uyinga kirma deganding.
-Tushunmadim kecha men senga shunday deganmidim. Qaxramonimiz do'stini bu gapidan keyin xayratlanib ketdi.
-Nima esingda yo'qmi. Kecha taxminan soat 20:15 da menga qo'ng'iroq qilib uyinga kirma dedingku.
-Kechirasan do'stim lekin men senga qo'ng'iroq qilmagandim.
-Xozir senga ko'rsataman. Sanjar cho'ntagidan telini olib kechagi qo'ng'iroqlar ro'yxatidan Alisherni raqamini izlay boshladi. Ammo negadir topa olmasdi.
-Xa nima bo'ldi.
-Qiziq raqamingni topolmadim. Lekin aniq kecha menga qo'ng'iroq qilganding.
-Senga shunday tuyulgan bo'lsa kerak. Sanjar xayolidan bir nimalarni o'tkaza boshladi. "Agar gapimni davom ettirsam Alisher meni jinni deb o'ylashi mumkin" deb o'yladi va muxokamani shu yerda davom ettirdi. Ikki do'st ancha vaqtgacha suxbatlashishdi bu orada qorong'u xam tushib qolgandi. Sanjar ko'chaga chiqdida taksi to'xtatish uchun katta ko'chaga yo'l oldi. Alisherni uy maxallani ancha ichkarisida joylashganligi sabab bu tomonlarda yo'lovchi tashiydigan mashinalarni topish amrimaxol edi. U qorong'i,bironta xam simyog'ochda chiroqlari yoqilmagan ko'chada ketib borardi bu yerda undan boshqa odam yo'q edi. Xavo xali xam bulutli edi onda-sonda yengil shamol esib qo'yardi. Sanjar yo'lda davom etarkan uni nazdida negadir unga bu atrofda yolg'iz emasdek tuyulardi. DAVOMI BOR.

#Qo'rqinchli voqealar#36#qongiroq#ortidagi#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика