#

QO'NG'IROQ ORTIDAGI SIR. 1- qism

31-may. Baxor faslining so'ngi kuni. Xikoyamiz bosh qaxramoni Sanjar to'lin oy nuri ostida katta yo'l bo'ylab uyiga qaytardi. Deyarli yoz oyi boshlangan bo'lsada kechqurunlari xavo biroz salqin bo'lardi. Osmonda miltillab turgan yulduzlar sekin-asta ko'zdan g'oyib bo'la boshlagandi bunga sabab samoni qora bulutlar egallab olgandi va buning ustiga yomg'ir xam tomchilay boshlagandi.
-Jin ursin endi shu yetmay turgandi uyga shoshilmasam bo'lmaydi shekilli. Sanjar qadamini tezlashtira ketdi yomg'ir xam xuddi qaxramonimizga o'xshab xarakatlanardi mana vanixoyat yomg'ir o'zini xaqiqiy kuchini ko'rsatdi deyarli shalabbo bo'lgan Sanjar uyiga yaqin kelib qolgandi. Shu payt uni telefoni jiringlab qoldi qo'ng'iroq qilayotgan odam uni yaqin do'sti Alisher edi.
-Allo.
-Sanjar qayerdasan.
-Uyga ketyapman. Tinchlikmi Alisher nega ovozing vaximali.
-Do'stim uyinga kirma.
-Tushunmadim nimaga.Allo. allo. Qiziq nega uyimga kirmasligim kerak. Sanjar uyi joylashgan binoni ichiga kirdida 3-qavatga ko'tarila boshladi. Eshikni oldiga kelib uni ochib ichkariga kirdi.
-Xuuuu xammayog'im ivib ketibdiyu. Sanjar xonasiga kirdida ustuvoshini almashtirib mexmonxonaga chiqdi.
-Bugun kun og'ir o'tdi o'nga yaqin xisobot tayyorlashimga to'g'ri keldi. Qaxramonimiz tv qarshisiga o'tirdida issiq choy ichib uni tomosha qila boshladi. Soat 00:41. To'satdan ko'tarilgan televizorni baland ovozi Sanjar cho'chitib yubordi.
-Eee jin ursin shu yerda uxlab qolipmanku soat xam allamaxal bo'lipdi. Xonamga bora qolay. Qaxramonimiz uyqusiragancha xonasi tomon odimlardi o'z xonasiga kirgach telefonini burchakda turgan stolga qo'yib o'zi krovatiga yotib uxlay boshladi. Oradan taxminan 5 daqiqa o'tdi shu payt birdan stol ustida turgan telefon jiringlay ketdi. Sukanatga cho'mgan xonani bir laxzada qo'rqinchili axvolga solib qo'ydi. Bu ovozdan so'ng endi uxlashni boshlagan Sanjarni yana uyqusi buzuldi.
-La'nati yarim kechada yana kim bo'ldikan tinchlik yo'q ekanda. Issiq o'rnidan zo'rg'a turgan qaxramonimiz telefon tomon yaqinlashardi ammo birdan qo'ng'iroqqa yakun yasaldi.
-Ajoyib. Sanjar endigina ortiga o'girilgan edixamki yana qo'ng'iroq chalina boshladi.
-Xo'sh kim ekan. Ammo raqam noma'lum edi.
-Jin urgur yarim kechada qo'ng'iroq qilibsan xech bo'lmaganda raqamingni ko'rsatmaysanmi. Sanjar telni ko'tardi.
-Allo. Allooooo. Kim bu. Narigi tomondan xech kim javob bermasdi.
-Birorta bolakay bo'lsa kerakda deb yana ortiga o'girilgan edixamki telefon yana jiringlay ketdi. Anchagina g'azablangan Sanjar bu safar qo'ng'iroq qilgan odamni kurakda turmaydigan so'zlar bilan siylamoqchi bo'ldi.
-Alloooo kimsan nega gapirmayapsan. Bu safar xam javob kelmadi lekin birdan kimnidir nafas olyatgani eshitila boshladi bu xolat shu darajada qo'rqinchili ediki xuddi jon taslim qilayotgan odamni so'ngi nafasiga o'xshab ketardi. Bu vaziyat qaxramonimizni yuragiga qo'rquv solib qo'ydi.
-A.llo. oo kimsiz nega indamaysiz dedi duduqlanib. Va shu payt qo'ng'iroq ortida daxshatli qichqiriq eshitildi ovoz shu darajada qo'rqinchili va balandligidan Sanjar qo'lidagi telni yerga tushurib yubordi. Xa bu ovoz uni boshiga og'ir damlarni solishidan darak berib turardi. DAVOMI BOR.

#Qo'rqinchli voqealar#35#qongiroq#ortidagi#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика