#

HARORAT(ruhiy - triller) +16

- Butun dunyo sendan yuz o’girgan taqdirda xam, o’zingdan yuz o’girma … Chunki seni birdan bir borliging, bu sening O’zing … (Siddxardtxa Gautama) Sovuq noyabr tongi edi. Yurakni ezib yog’ayotgan shivat yomg’ir butun ko’cha ulus shilta shalabbo. Yakshanba kuni emasmi xamma qaynoq to’shagida beg’am uyquda. Soat ertalabki 6 dan atigi o’n bir daqiqa o’tgan, faqat bir ikkita itni akillashi -yu mahalalar va do’mlar orasida “kefir- sut” deya baqirayotgan sutchi ayolni sadosi keladi. Mavze ohiridagi ohiri berk ko’chacha tomonda daydib yurgan ikki it nimaga bunchalik akillab hurayotganiga qiziqib O’likxona qorovuli shirin uyqusidan zo’rg’a sudralib postxonasi derazasidan shundoq qaradi, ammo xech nimani ko’rmadi. Va chala qolgan uyqusini esnab yana karavatiga cho’zildi. Ikki kecha oldin ikkita o’likni keltirishgandi, biri yigit ikkinchi esa qiz bola. Boyaqishlar
“muraveynik” motosiklda katta mashinaning tagiga kirib ketishibdi… qiz shu joyni o’zida joni uzilgan yigitni esa bir nimadan umidvordek xa deganda joni uzulmadi, bechora dunyoga to’ymay ko’zi ochiq ketdi. Qizni yaqinlari darrov uni izlashtirib barcha kasalxona va o’likxonaga qatnab va nihoyat jasadini o’sga kechasiyoq olib ketishdi. Yigitni esa xech kimi yo’q shekilli bosh SubMed anatom dushanba kuni kelgunicha yerto’ladagi muzxonada qoldirishdi. Bu yerda yakshanba payshanba degan gap yo’q. Axir O’lim haftaning kun soatiga qarab o’tirmaydi da axir? Illo tonggi g’ira shiralik ko’p narsani bag’rida berkita olardi. Qorovul xech narsani ilg’amagani uchun yana to’shakka cho’zildi. Tashqarida xamon ezib yomg’ir yog’ar, ko’lmak shilta tratuarda yolg’iz U ketib borardi. Itlar xuddi O’limning aynan o’zini uchratib qolishgandek nohos “uv “ tortib, urra qochib qolishdi. Sutchi xotin xar qalay hayotda ko’pni ko’rgan dono ayol edi, shu sabab tratuar chetida sovuqda diydirab turgan yoshgina taxminan 20 yoki 21 yoshli yap yalang’och (!) va rangi oppoq yigitchani ko’rib avvaliga qo’rqib xam ajablandi, so’ngra esa allaqaerdan qochgan yoki tunggi “ishratbozlik” natijasidagi Super delirium * hurujiga uchragan deya taxmin qildi. Ammo ayol bir sonia chalg’ib oyog’i ostidagi bidonchani nari yoqqa surib qo’yganida tratuardagi sharpa g’oyib bo’lgandi. “Demak alahsirab shekilli”” deya qarillikka yo’ygancha keyingi padye’zd eshigi tomon jo’nab ketdi. U esa mavjud edi. Tanasi uzra muzdek igna bo’lib sanchilayotgan yomg’ir tomchilari uning joniga azob bera olmasdi, U guyo o’zi xam mana shu yomg’irning bir qismidek o’zini xis etardi… Oyoq yalang rangpar ozg’in badani sokin noyabr izg’irinida bepoyon koinotda sayr qilib yurgan asteroid misoli beg’am besabab ketib borar, U kim bo’lsa xam sayr etishga juda maqbul paytni tanglagan ko’rinadi. Butun ko’cha suv qo’ygandek jim jit
“ Qiziq. hayolidan shu fikr o’tdi “ Tanamni guyo g’umbakka o’rab chirmagandek his qilayabman, ammo bir vaqtni o’zida endi bu o’zimniki emasdek, huddi qarzga uni olgaanman-u, avaylab yoki avaylamay foydalangach, ozmi ko’pmi qadrdonga aylangan buyumimni qaytarib berishga ko’zi qiymayotgandek sarkash bo’lib qoldim. Undanam ajayibligi, men negadir avvalgidek issiq yoki sovuqni, xo’l quruqni nimaligini, narsalarning moddiyatini tushuna olmay qoldim. Yomg’ir
U odatda iliq va yoqimli bo’ladi, Sovuq fasllarda esa u havoga qarab o’zgaradi. Tafti o’zgaradi. Ayni damda mening ichimda qanaqadir lip lip o’chib borayotgan bir haroratgina meni hali mavjud ekanimni sezdirib turardi. Bu huddi o’choqda kul bosgan cho’g’ misoli juda past ammo arzirli tafti bo’lgan Harorat edi. ” U juda uzoq yo’l yurganidan so’ng katta chorahhaga chiqib qoldi. Ertalabki mashinalar karvoni sekin asta “jonlana” boshlagan, odamlar yakshanba kuni bo’lsa xam qayoqqadir shoshib ko’cha ko’yga hashorotdek o’rmalab chiqa boshlagandilar. Va albatta bunaqa sahna tomoshasini ko’rishga odatlanmaganlarmi, deyman, daxshat, qo’rquv, hayajon, uyat, ehtiros, g’azab va yana ellik xil hissiyotlar palitrasida yuz ifodalarida birgina narsa Harorat yetishmayotgandi… “To o’zingdan o’tmaguncha boshqani og’rig’ini sezmas ekansanMen bugun o’zimni huddi Kayl XY * dek his qilib ketdim. Odamlarning ajablanish va shubha qarashlaridan go’yoki “Yashirin Kamera, yoki Rozisk * ko’rsatuvi syomkasida ishtirok etishayoganidek tutardilar. Nega odamlar bu qadar alamzada yoki xayratda? Axir o’zlari kabi mening xam ikki oyog’im yoki ikki qo’lim, bitta boshim bo’lsa? O’zlari xar kecha (yoki kunora) dush tagida, xammomda, saunada o’z tanasini ko’zgu oldida, oshiq yoki ma’shuqasi qarshisida yalang’och qiyofaga kira oladilar-ku? Yoki unda xam huddi emni ko’rib turishgandek o’zlarini sun’iy tutishadimi? Hayron qolib ketayabman, Ajab tag’in vujudimdagi harorat borgan sari kamayib so’nib borayotgan bir palada nega odamlar yalang’och yura olmasligini tushungandek bo’la boshlayman,. Qiziq nega ular turfa xil matolar: atlas, duxoba, sarafa,. Chit, bo;z, adras, ipak, shoyi, jun, charm.sun’iy sellyulozatik * matolardan xam turfa xil bichim va andozada liboslar kiyganicha o’z tanasini o’zga tanalardan berkitishga qodir? Bu xam yetmagandek yuzlariga turfa xil bo’yoqlar jilvasini tutganicha bor ichki olamini yanada chuqurroqqa, eng tublikka berkitishga urinadi? Shu topda bir kinodagi jumlalar esimga tushadi (ammo nomini eslolmadim) unda bir qul o’z hojasiga qarab shunday degandi:
- Janob, siz shilliq qurtlarni yeysizmi? Ushanda hojasi - Yo’q uni yeb bo’lmaydi, buni Axloq- Odob yo’l qo’ymaydi… Shunda quli yana bir savol beradi:
- Unda nega bu Axloq - Odob odamlarni ustritsa * yeyishga izn

1 2 »

#Daxshatli voqealar#388#triller
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика