#

Ogohlantiruv

Bu noyob voqea 1892 yil "REBUS" gazetasida chop etilgandi. Hikoya yaqin insonini yo'qotgan ayol haqida. Hikoya muallifi shifokor V. Sted. "Meni irlandka tanishim bor edi, — deb yozadi V. Sted, — Dublinlik pochtachiga turmushga chiqqandi. Afsuski, uni turmishi omadli kechmadi. Beva qolganidan so'ng, yana turmish qurdi, lekin bunisi juda ham omadsiz kechdi. Uning ikkinchi qallig'i, injener, juda ham iqtidorli, zehnli yigit edi. Baxtga qarshi, sodiqlik, uning bu fazilatlar orasida yo'q edi. Kunlardan bir kun mening do'stim, uni eri uylanganligini - kamiga xotini bilan ajrashmaganini sezib qoladi. Meni do'stim — kuchli xarakterli inson. Bu xabarni eshitib, o'sha lahzadoyoq erini tashlab Londonga ketdi. Do'stimning ho'jayini Irving F. u Londonda yashayotganini bilib, o'z oilasini tashlab sevgilisini oldiga jo'naydi. Ularning uchrashuvi juda og'ir va tragedik ravishda kechadi. Lekin ayol yigitni qattiq sevsa ham u bilan qayta yashashga rozi bo'lmaydi. Chorasiz qolgan injener, Italiyga qaytib ketadi. Bir necha oydan so'ng oldimga tanishim kelib kelib, uni "eriga" nimadir bo'lganini, o'tkan tunda erining ovozini aniq eshitgani va uni honasida ko'rganini ta'kidladi. Bechora ayol bu voqeadan qattiq qo'rqqan edi. Men uni bu gaplaridan kulib, bularning barchasi qattiq siqilish oqibatida yuzaga gallyusinatsiya ekanligini, aytdim. Lekin yanagi haftada unga Italiyadan xat kelgan unda yozilishicha, Irving F. qaysidir kuni fojeali tarzda vafot etibdi. Keyin bilishimcha, ikkinchi xotinidan ham ayrilgan injener Londondan qaytganidan so'ng ichkilikka ruju qo'ygan. Mas holatda qaysidir uydan chiqqan va o'sha ikkinchi xotini uni ovozini eshitgan tunda o'lik holatda topilgan. Uni vaqti-soati yetib o'lganmi, yoki uni kimdir o'ldirganmi, bunisini hech kim bilmaydi. Bir kuni men D. F.xonimga bo'lgan voqealarni batafsil yozib berishini so'rab xat jo'natdim. Mana D. F xonimning xati: "1886-yil, yozning oxirlari — Djordjina F.D. xonim xatini shunday boshlabdi — biz Irving bilan Italiyada, Neapolitan sohillarida edik. Biz «Washington» mehmonxonasining N¤ 23 xonasida yashardik. Bu baxtli onlarimizda men o'zimni Irvingni qonuniy xotini deb hisoblardim, biz bir-birimizni qattiq sevardik. Uning oilasi bizni nikohimizga qarshi edi, qaysidir tongda, biz oilaviy ishlar to'g'risida suhbat qurib o'tirgandik, biz bir-birimizga hech narsa biznii: na azob-uqubat, na g'am-g'ussa va na uning oilasini qarshiligi ayirmasligiga o nt ichdik. Ikkalamiz ham bir-birimizdan ayrilgandan ko'ra o'lim afzalligini ta'kidladik. Yerdagi hayotdan gap tugap, biz qalbni o'limdan keyingi, kelajakdagi sarguzashtlari to'g'risida gap boshladik. Meni, inson o'lganidan so'ng u yaqinlariga o'zi haqida ma'lumot berolarmikan, degan savol qiynardi. Oxir-oqibat biz, ikkalamizdan qaysi birimiz birinchi o'lsak va yerga qaytsak tirik qolgandan hol-ahvol so'rab turishga vadalashdik. Shundan so'ng men, u uylanganligidan xabar topdim, keyin esa sizning xabaringiz bor biz, ajralishdik. Men uni tashlab ketdi, 1888-yili esa u ortimdan Londonga keldi. U Londonda ekanligida men, o'limdan so'ng qaytish to'g'risidagi vada esidami-yo'qmi shuni so'radim. «О, Djordji! Buni menga eslatishingni hojati yo'q! — ta'kidladi u. — Axir mening qalbimni yarmi — sensan, bu dunyodagi hech narsa seni mendan tortib ololmaydi. Sen meni qabul qilmay haydagan taqdiringda ham. Hattoki sen o'zgani yorib bo'lgan taqdiringda ham qalbim mangu sen bilan qoladi. Men o'lganimda esa qalbim senga talpinadi». 1888-yil avgustning boshlarida Irving Londondan Neapolga ketdi. U menga, endi boshqa uni ko'rmasligimni aytdi: ko'raman, lekin tirik holatda emas, u parchalanga yurak bilan yashay olmaydi, bu uni menga aytgan oxirgi gapi edi. U ketganidan so'ng menga biron martda ham xat yozmadim, lekin men hech qachon u o'ladi deb o'ylamagan edim. Men noyabrda uning Sarnodagi uyiga xat yozdim, lekin javob xati olmadim. Men uni Sarnodan ketdi, yoki kasal, yoki sayohatda deb o'yladim, shuning uchun pochtaga kirmadim, men miyyamga uni o'limi haqidagi fikr hali kelgani ham yo'q edi! Oradan ancha vaqt o'tdi va 28-noyabrgacha aytarlik esda qolarli voqea bo'lmadi. Bu safar tunda men kaminni yonida o'tirib jon-jaxtim bilan sinf daftarlarini tekshirayotgandim. Soat taxminan bir yarim edi. Da'fatdan ko'zim eshikka tushib qoldi va men u yerda Irvingni ko'rdim. Uning kiyinishi xuddi oxirgi martda ko'rishganimizdek edi: sariq palto, sariq shlyapa (uning yoqtirgan rangi sariq edi) va pasga qaratilgan qo'llar. U har doimgidek ko'rinardi, boshi mag'rur ko'tarilgan
— uning yuzida erkaklarga hos jiddiylik hukmron edi. Uni menga qaratilgan yuzi birdan sirli tus oldi, bu nigoh meni unga qarashga majbur etardi go'yo, uning yuzi o'likni yuziday qordek oq edi. U menga qimirlash hamda so'zlash imkoniyatidan mahrum kimsaga o'xshab tuyildi. Birinchi daqiqada men uni tirik deb o'yladim, va qo'rqib ketib baland ovozda baqirdim: Irving?! Lekin mening ovozim chiqmasdanoq uning tanasi sirli tarzda qimillay boshladi, og'zida juda ham keng tabassum hosil bo'ldi, ko'zlarida qandaydir olov yonardi, bir necha daqiqadan so'ng palto

1 2 »

#Daxshatli voqealar#299
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика