#

Yomg'irda paydo bo'ladigan arvoh

Karmartenshirdagi Uels grafligining Loxarn shaharchasida yomg'ir ostida shaffof figura paydo bo'layotgani haqida xabar tarqaldi. Mahalliy jurnalistlarning gaplariga qaraganda, ular o'n martalab bu g'ayritabiiy voqeaning guvohi bo'lishgan. Uels grafligining janbui-g'arbidagi bu aholi punktida 3000 yishi yashaydi. Shu bois har qanday yangilik juda tez tarqaladi. O'n etti yoshli Annet Derden do'sti bilan mahalliy bog'ni aylanib yurgan paytda u erdagi skameykalardan birida deyarli qimirlamay o'tirgan, yuzlari rangpar, yolg'iz bir figurani ko'rishgan. Tineydjerlar uni qandaydir tutun yoki kanalizasiya quvuridan chiqayotgan bug' bo'lsa kerak, degan xayolda yonidan xotirjam o'tib ketishgan. Ammo hech qancha o'tmay, ularga bu g'ira-shira ko'ringan narsa baland bo'yli, ozg'in odam qiyofasidek tuyilgan. Do'stlar o'tib ketgach, figura xotirjam skameykadan turib, bechora yoshlarni u erlarni tezroq tark etishga majbur qilgan holda ular ortidan yura boshlagan. Yomg'ir sharros quyib turgan kechada mahsulot olib kelishga otlangan etmish yoshli Endryu Xanmor ham shaffof yo'lovchiga duch kelgan. Soxta figura chiroq osilgan ustun tagida turardi. Pensioner ko'chaning o'sha tomoniga o'ta boshlaganda esa u shoshilmay turgan joyidan nari ketgan. Erkaklar aytishicha, butun shaharcha o'zga olam borligini yaxshi bilishadi, shuning uchun qo'rqish yaramaydi. «Odam o'lganidan so'ng undan qo'rqishga hojat yo'q», — deydi britaniyalik keksa kishi. Arvohlar bilan bog'liq birmuncha qo'rqinchli voqeaga uyi derazasidan tashqariga qarab o'tirib maysazorda rangpar qiyofani ko'rib qolgan o'ttiz besh yoshli Elizabet Rivz duch kelgan. Ko'zga tashlanib turgan arvoh to'g'ri ularning eshigi tomon yo'nalgan va yaqin kelganda harakatsiz qotgan. Tunda ko'cha eshikning tutqichi ohista buralayotganini eshitgan Rivz poltsiyaga qo'ng'iroq qilgan. Tartib posbonlari etib kelib, uy ichi va atrofidan hech kimni topa olishmagan. Loxarn markazida georgian davridan qolgan juda ko'plab binolar mavjud. Shahar chekkasida esa eski villalar tiqilib yotibdi. Shaharga yaqin erda xarobaga aylangan Loxarn qasri bor. Boshqa arxitektura yodgorliklari orasida o'n uchinchi asrdla qurilgan ilohiy Martin cherkovi, shahar boshqarmasining binosi, shoir va dramaturg Dilan Tomasning ijodxonasi joylashgan. Tarixiy obidalarga boy bu shaharchada haqiqiy arvohlar bo'lishi tabiiy hol Q

#Daxshatli voqealar#222#arvoh
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика