#

" O'rmon ruxlari " to'rtinchi yakuniy qism. "

Bu tag'in nimasi bo'ldi? Menimcha meni ham Xulioga o'xshab esim og'ib qolgan, ha aynan shunday! " Enderning ichki dunyosidan shu kabi kechmishlar o'ta boshladi. O'zining hayolot olami ham tobora o'ziga bo'ysunmayotganini faxmlab turgan Ender, qanday yo'l tutish haqida bosh qotirar edi. O'rmonni tark etay desa tun kirib qolgan, bu o'rmonda qanday hayvonlar istiqomad qilishini ham bilmaydi, agarda bu yerda ham bo'ri yashaydigan bo'lsa tavakkal qilmagani maqul, chunki bo'ri faqatgina olovdan qo'rqadi boshqa hech qanday yo'l bilan uni to'xtatib bo'lmaydi. Xulioni qidiray desa u qayerga ketganini ham bilmaydi. Ayni shu damda gulxandagi qizlar qayergadir g'oyib bo'ldi, bu manzarani ko'rgan Enderning holati biroz keskinlashdi. U miltiqni qo'lida maxkam ushlaganicha atrofga alanglab o'tirgan bir vaqtda, uning atrofidagi yerga to'kilgan daraxt barglari shitirlashni boshladi, bu ovozlar har tarafdan eshitila boshlagan edi. Bu ovozlar kimga yoki nimaga tegishli bölishi mumkin? Enderning hayolidan ham aynan shu kabi savollar o'tayotgan edi. Gulxan shulasida nimaningdir sharpasi ko'ringandek bo'ldi, adashmasam bu bo'rilar galasi edi. Ular Enderni har tarafdan qurshab olishgan, bo'rilar istagan tarafidan paydo bo'lar va Enderning atrofida aylana boshlashgan bir vaqtda uzoqdan qandaydir yorug'lik ko'zga tashlandi, xuddi kimdir o'rmon ichiga mashina bilan kirib kelayotganga o'xshaydi. Shu tarzda yorug'lik biroz muddat nur sochdida keyin yorug'lik ichidan Ender ovlamoqchi bo'lgan o'sha ona ohu chiqib kela boshladi. Ohu tobora Ender tarafga yaqinlashar ekan atrofni qurshab olgan bo'rilar asta unga yo'l berar edilar, lekin negadir ular bu ohuga tashlanishga jazm eta olmayabdilar. Ularning nigohi faqatgina Enderga qaratilgan edi. Bu vaqtda Ender butunlay o'zini yo'qotib qo'ydi, atrofda bo'layotgan hodisalarni umuman aqliga sig'dira olmayotgan edi. Nihoyat u biroz xushini yig'ib oldida bo'rilarga qarata o'q uza boshladi, ammo baxtga qarshi birorta o'q nishonga tegmas edi. Odatda o'qning ovozidan har qanday hayvon sarosimaga tushib qolardi, shu jumladan bo'ri ham, lekin negadir bu bo'rilar o'qning ovoziga hech ham e'tibor bermas va Enderga tikilib turishda davom etardilar. Ayni shu damda Enderning ortidan nimadir tezlik bilan uning ustiga tashlandi, Ender sarosimada qolgani bois unga tashlangan narsa nima ekaniga e'tibor ham bermay unga qarata o'q uzdi. Bu galgi o'qning ovozi uzoqlardan ham aks sado bo'lib qaytib kelayotgan bir vaqtda, unga qo'shilib kimningdir jon holatda ingrashi ham eshitilmoqda. Ender biroz o'ziga keldi shekili o'q uzgan tarafiga asta qadam tashlay boshladi.
-Ender nega bunday qilding? - Xulio kechir meni men bunday bo'lishini xoxlamagandim! Enderga tashlangan narsa aslida Xulio ekanini u endi tushunib yetdi, uning shundoqqina qarshisida Xulio qonga belanganicha og'ir
- og'ir nafas olib yotar edi. Ko'p o'tmay Xulio jon taslim qildi, shundan keyingina Ender o'zi tanlagan manzilga yetib bora olmaganini tushunib yetdi. U to'xtab gulxan yoqgan maskan umuman boshqa joy edi. Demak Xulio uni o'sha joyda kutib o'tirgan, Ender u yerga qaytib bormagan va boshqa joyda gulxan yoqgan, bu gulxanning shulasi jilvalanib hoynahoy Xulioga ko'ringan bo'lsa kerak, shuning uchun ham Xulio, bu yerga kelgan, biroq u nega Enderga tashlandi? Extimol hazillashgandir, Xulio shunday xazil qilishni yoqtirar edi. Bu vaqtda Ender nima qilish haqida bosh qotira boshladi, tong otgunga qadar bu yerda nimalar sodir bo'lishi haqida biror tasavvurga ham ega bo'lmagan Ender darxol yo'lga tushdi. Uning butun vujudini qo'rquv qamrab olganini harakatlaridan ham sezish mumkin, chunki Ender shitr etib tushgan barg tarafga ham miltiqni qaratmoqda, ko'p o'tmay uning oldidan qizlarning yoqimli kulgulari eshitila boshladi, Ender bu holatdan juda ham sevinib ketdi va oldinga qarab chopdi, uning o'ylashicha o'rmonda undan boshqa odamlar ham mavjud, chunki eshitilayotgan qizlarning ovozi shunday xulosaga borishga majbur qiladi. Ender yo'lida davom etar ekan, uzoqdan gulxan shulasi ko'zga tashlana boshladi, Ender yana ham tezroq chopa boshladi va ko'p o'tmay voqea joyiga yetib bordi, bo'lishi mumkin emas, ahir bu yer xozirgina u ketgan joyku, hech narsa o'zgarmagan, gulxandan sal narida Xulioning jasadi va uning atrofida bir gala, boshiga gulchambar taqib, oppoq xarir libos kiyib olgan qizlar, sho'x shodon kulganlaricha davra qurib aylanishmoqda. Bu qizlar qayerdan paydo bo'ldi? Ender yana chopishda davom etdi, u imkon qadar mana shu lanati o'rmondan tezroq chiqib ketishni xoxlar edi. Uning ortidan esa boyagina u ko'rgan bo'rilar galasi taqib qilib kelmoqda, yana o'sha manzara, gulxan va qizlar, faqat bu safar qizlardan biri Ender tarafga o'girilib qaradida unga davramizga qo'shil deganday qo'l cho'zdi, Enderda boshqa imkon ham qolmagan edi, chunki u bir soatdan buyon mana shu joyda aylanib yuribdi, shunday qilib Ender asta ular tarafga yaqinlashar ekan ularning yuzlariga qo'rquv aralash nigoh bilan termular edi. Ularni qayerdadir ko'rgan, lekin hech birini taniy

1 2 »

#Qo'rqinchli voqealar#47#ormon#ruxlari#yakuniy#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика