#

" O'rmon ruxlari " uchinchi qism

Oradan ko'p vaqt o'tmay atrofga tun cho'ma boshladi, lekin biz bilgan ikki hamroh hali ham boshpana barpo etishga qulayroq maskan izlab o'rmonda tentirab yurishibdi. -Ender, hech o'rmonning shu tarafiga o'tganmisan? - Yo'q o'tmagandim, senchi? - Men ham birinchi marta kelishim, nima deb o'ylaysan? - Nimani?
- Bu yer aytganlaridek emasmikan? - Xulio, iltimos bas qilgin! - Ho'b! Ular yo'lida davom etar ekanlar, biroz yurganlaridan keyin, kutilmaganda Ender qadam tashlashdan to'xtadi.
-Nima gap tinchlikmi Ender? - Ha tinchlik menimcha mana shu joy bo'ladi! - Senga maqul kelsa bo'ldi! Shu tariqa Ender o'ziga maqul keladigan joyni topdi shekili, o'sha tarafga qadam tashlay boshladi, uning ortidan Xulio ham ergashdi. Atrofni tobora zulmat qurshovga olmoqda, tun kirgach o'rmon yana ham vahimali bo'lib bormoqda, har bir daraxt bargining shitirlashi kishida o'zgacha taassurot uyg'otishga ham majbur qiladi. Ukkining baland ovozda yoqimsiz sayrashi esa, har qanday odamning yuragiga g'ulg'ula soladi. Yerga to'kilgan barglar ham oxistagina shitirlagan ovoz chiqarar va bu ovozlar ortdan kimdir kuzatib kelmoqda degan hulosa paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda, extimol o'sha barglar ostida hasharotlar harakatlanayotgandir, bilmadim, bunday vaqtlarda har qanday odam, o'zini ovutish uchun birinchi navbatda, o'zligini ishontirishga harakat qiladi, masalan, xozirgidek hashorat harakatlanyabdi deb, yoki, birorta hayvon kelmoqda, umuman olganda bundan boshqa taxmin ham qilish mumkin, menga shunday tuyulmoqda deb astoydil harakatga tushib qoladi. Umuman olganda menga shunday tuyulmoqda deb o'zini ishontirishga harakat qilgan odam, aslida hayotda o'ziga bo'lgan ishonchini yo'qotgan sanaladi, yo'qsa u o'zini bunday tarzda ishontirishga urinmaydi. Yuqorida sanab o'tganlarimizdan oxirgisi faqat undan avvalgi ikkisi yordam bermaganidagina qo'llaniladi. Hozir har ikki qahramonlarimizdan ham shunday kechmishlar sodir bo'layotgan bo'lsa hech ham ajablanmagan bo'lar edim. Ular shu zaylda maqul keladigan joyga yetib kelishdi.
-Ender menimcha ketganimiz yaxshi edi? - Bas qilasanmi Xulio? Ender bu gapni qanday oxangda aytganini farqlab ham bo'lmaydi, buyruq yoki iltimos ulardan qay biri? Menimcha gapning mazmunidan kelib chiqadigan bo'lsak, ancha qat'iyatli qilib aytilganiga qaraganda bu gap buyruq oxangida edi. Shunday qilib Ender, Xulioning bunday diydiyolariga toqat qila olmadi shekili, asta o'rnidan tura boshladi va atrofdan o'tin axtarishni boshlab yubordi. O'rmonda tun ancha sovuq bo'ladi, agar gulxan yoqishmasa sovuqotishlari aniq. Ender o'z ishi bilan mashg'ul bo'lgan bir vaqtda, Xulio negadir bir chetda o'tirar edi. Ender unga e'tibor ham bermay o'tin terishga shu qadar ishtiyoq bilan kirishib ketdiki, natijada bu ish bilan qancha vaqt shug'ullanganini ham unutib qo'ydi. Bir dasta o'tinni ko'tarib o'z joyiga qaytar ekan, u past ovozda qo'shiq xirgoya qilib kelmoqda. Shunday qilib Ender o'z manziliga yetib keldi, lekin negadir bu yerda Xulio yo'q edi. U biror yumush bilan ketgandir, hali zamon kelib qoladi degan hayol bilan Ender gulxan yoqishni boshlab yubordi, o'tin quruq bo'lgani sababmi gulxan juda yaxshi yonmoqda, Ender telefonini olib undagi soatga qarar ekan soat millari Xulio ketganiga bir soat bo'lganini ko'rsatib turibdi. Qo'ng'iroq qilay desa aksiga olib bu yerda birorta ham antena yo'q. Uning boshi qotib qoldi, ahir Xulio qayerga ketgan bo'lishi mumkin? Bu vaqtgacha qayerda bo'lsa ham qaytgan bo'lar edi, yoki adashib qoldimikan? Ayni shu damda Ender gulxanda ajoyib ham hayratlanarli ham biroz qo'rqinchli manzaraga guvoh bo'ldi. Uning qarshisida yonayotgan gulxan ichida, olovdan bunyod bo'lgan, bo'yi taxminan yigirma santimetr keladigan kichkina quvnoq qizlar davra qurib raqs tushishar edi. Davomi bor! (муаллиф MORTE)

#Daxshatli voqealar#290#ormon#ruxlari#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика