#

" O'rmon ruxlari " ikkinchi qism

Ender yelkasidagi qo'lning sovuq taftini xis qilar ekan, ortiga o'girilib qarashga o'zida kuch topishi lozim ekani haqida ham o'ylar edi. Uning navbatdagi yurishi qanday bo'lishi haqida biror bir to'xtamga kelish juda ham qiyin. Ayni damda Ender shoshib ortiga qaradi, bo'lishi mumkin emas, uning ortida hech bir zot ko'zga tashlanmas edi. Ahir xozirgina u qo'lni xis qilgan ediku, qiziq bu sovuq qo'l soxibi qayerga g'oyib bo'lgan bo'lishi mumkin? Ender shu hayollari og'ushida atrofga alanglab qarar ekan, ko'zga tashlanadigan birorta shubhali narsani uning nigohi ilg'amadi chog'i yana o'tlab yurgan ohu tarafga o'girildi va uni mo'ljalga ola boshladi. Ohu Enderning nishonida agar xozir o'q uzmasa bir umr afsuslanib yurishi mumkin, lekin ohu hali ham bosh ko'tarmay o'tlashda davom etmoqda. Qiziq holat qanday qilib ohu Enderni payqamagan bo'lishi mumkin, ahir ohular bir necha chaqirim naridan havfni sezadilarku. Ender nixoyat o'q uzishga chog'lanayotgan bir vaqtda, yana o'sha xolat takrorlandi ya'ni kimningdir qo'li yana uning o'ng yelkasiga kelib qo'nim topdi. Demak kimdir bu ohuning o'lishini xoxlamaydi, ammo o'sha kimsa kim ekani haqidagi savol Enderga ham tinchlik bermayotgan edi. Bu onda Enderning yuragi hayajondanmi yoki qo'rquvdanmi shu qadar tez urayotgan ediki, nazarida hozir uning yuragi ko'krak qafasini yorib tashqariga otilib chiqib ketadigandek edi go'yo. Ender ko'zlarini maxkam yumganicha chuqur nafas oldida yana qayta ko'zlarini ochdi, aynan shu yo'l bilan Ender o'ziga dalda berdi chog'i oxistagina ortiga o'girilib qaray boshladi, uning ortida Xulio yoqimsiz jilmayib Enderga tikilib turar edi.
-Esing joyidami Xulio? - Ha joyida! - Nega bunday qilayabsan? - Ahir u yoqga qarasangchi, bu ona ohuku, bolasini qara uni o'ldirsang bechorani ahvoli nima kechadi? - Qachondan buyon hayvonlarga raxming keladigan bo'lib qoldi Xulio? -Shu o'rmonga qadam qo'yganimdan buyon! -Menimcha o'rmon havosi sening miyyangni aynitib qo'ygan, yoki shamollagansan, endi menga halal berma men o'z ishimni yakunlashim kerak! Ender shunday deya yana ohu tarafga nigoh qaratdi, ohu hali ham hech narsani payqamasdan, o'tlashda davom etmoqda. Shu onda Xulio, Enderning yelkasidagi qo'lini olmasdan uni o'zi tarafga majburlab torta boshladi va jahl bilan gap boshladi. Meni af etadilar janob Ender, toki men shu yerda ekanman bu ishni amalga oshirishizga yo'l qo'ymayman! Xulio shu qadar qatiyat bilan gapirardiki, Ender uning ko'zlariga boqganida necha yillik yashirinib yotgan olovni ko'rdi. " Qayerdan shuncha jur'at va qat'iyat Xulioda paydo bo'ldi ekana? U o'zgargani aniq, naxotki bunga mana shu ona ohu va o'rmon sabab bo'lsa? Avvallari bu darajada qat'iyat bilan hech ham gapirmagan edi. Nazarimda bu yerda bir gap bor, u hech ham o'ziga o'xshamayabdi! " Enderning hayolidan o'tayotgan shu kabi fikrlar unga tinchlik bermas va uning birozgina jahlini chiqarar edi. Darvoqe Enderning jahli chiqadigan bo'lsa u umuman o'zini tutib tura olmaydi. Shunday qilib Enderning qoshlari asta chimirila boshladi.
- Yetar bas jonimga tegib ketding xozir seni aqlingni kirgazib qo'yaman! Ender shunday deganicha qo'lidagi miltiqni yerga uloqtirdida jahl bilan Xulioning chakkasiga musht tushurdi, natijada Xulio bir necha qadam ortga jilib ketdi va barglar ustiga yengilgina qo'nish qildi. Bu onda Ender ohu tarafga nigoh qaratdi ming afsuslar bo'lsinkim ohu bu yerni tark etgan edi. Bu manzarani ko'rgan Enderning battar qoni qaynar va kutilmagandan berilgan Xulioning savolidan u ko'proq jazavaga tushar edi. -Menga nima bo'ldi Ender, bu yerga qanday qilib kelib qoldim, ahir seni yo'qotib qo'ygan edimku? - Bilasanmi Xulio sening devonadek tentirab yurishing va qat'iyatsizliging xiqqildog'imga keldi xozir hammasiga yakun yasayman! Ender shunday deya biroz narida joylashgan miltiqni asta qo'liga olar ekan, uning uchini Xulioga qarata boshladi.
-Ender shoshma nima qilmoqchisan? - Xali ham nima qilmoqchi ekanimi anglab yetmadingmi balki bu yetarli bo'lara? (Ender bu onda Xulioning oyoqlari ostiga bir marotaba o'q uzdi, bu holatdan Xulioning esxonasi chiqib keta yozdi) - Ender chin so'zim bu yerda nimalar bo'lganini bilmayman, gaplarimga ishon! (Xulio o'ng qo'lini Enderga to'xta degan ma'noda ko'tarib turar edi) - Yaxshi ishondim, lekin keyingi safar ayab o'tirmayman, o'rningdan tur tun yaqin boshpana tayyorlashimiz kerak! -Tushundim! Shu tariqa ikki hamroh tobora o'rmon ichiga qarab kirib keta boshladi.

#Qo'rqinchli voqealar#26#ormon#ruxlari#ikkinchi#qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика