#

"Hujra" 2-qism

Hujra eshigi qiya ochildi va tashqaridan otamning
- Tashqariga chiq! Degan ovozi yangradi. Men bu maskanda nazarimda juda uzoq muddat qolib ketganga o'xshardim, lekin hujra eshigidan kirayotgan quyoshning nuri bu qarashlarimning aksini ko'rsatar edi. Vaqt ham kechga yaqinlashib qolgani bois botayotgan quyoshning oxirgi nurlari eshikdan ichkariga kirar edi. Eshik ochilgan vaqtda tashqaridan nur va ziyo hamda toza havo ham ichkariga kirdi. Otam eshikni negadir oxirigacha ochmas edi. Eshikdan kirayotgan nur hujraning ozgina qismini bo'lsa ham yoritdi. Men negadir bu yerdan chiqishni xoxlamas edim. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsam o'zim tashqariga chiqishni xoxlayman, lekin tanam o'zimga bo'ysunmay o'ylayotganlarimning aksini bajarar edi. Men joyimga mixlangan odamdek turgan yerimdan qimirlay olmay hayratomus nigoh bilan o'zimga razm solganimcha turar edim. Shu onda otam hujra eshigini kattaroq ochdi, men bu fursatdan foydalanib hujra ichiga nigox tashlay boshladim. Ajabo ichkarida o'rgamchak uya solib yuborgan buyumlaru, chang bosib yotgan eski kitoblardan bo'lak hech narsa yo'q edi. Shu onda hayolimdan birgina mening notanish ayol suxbatdoshim ya'ni hech kim qayerga g'oyib bo'ldi? Degan savol hech ham nari ketmas edi. Uni yer o'z domiga tortib ketganmi yoki falakga uchib ketganmi bilmayman, hujraning bu ko'rinishidan bu yerda birorta maxluqot yashamaydi deb o'ylash ham tabiiy hol edi. Ayni shu damda otam jahl bilan gap boshladilar.
- Shu yerda qolmoqchimisan? Negadir otamga javoban birorta so'z ham ayta olmas edim. Men otamning savoliga sukut bilan javob qaytarmoqdaman, nixoyat tashqariga yurib chiqa boshladim. Men hujra ichidan chiqdim hamki otam eshikni " qarsillatib " qattiq yopdida, eshikga qulf osdi. Otam nega aynan " hujra " eshigiga qulf osayotganiga tushunmaygina savol bera boshladim.
- Ota nega eshikni qulflayabsiz?
- O'g'lim bu yerda qayg'uli xotiralarim bor, ular tashqariga chiqishini xoxlamayman! Otamning bu javobidan keyin ochig'i nima deyishni ham bilmasdim, chunki otam qayg'uli xotira deb aynan nimani nazarda tutganini tushunmagan edim.
- Uyga kir, ovqatlanib ol!
- Ho'b bo'ladi ota! Shunday qilib men uyga kirib ovqatlana boshladim, yashirmayman qornim juda ham och edi. Onam tayyorlagan ovqatdan yer ekanman, bugun negadir bu ovqatning mazasi har kungidan o'zgacharoq tuyulardi. Qandaydir ovqatda umuman maza yo'qdek, tomog'imga ham bir nima turib qolgandek go'yo. Bu orada otam ham dasturxon atrofiga kelib o'tirdi va men yana gap boshladim.
- Ota boshqa meni " hujra "ga qamamas ekansiz, bu ishning oqibati yaxshi bo'lmaydikan!
- Bu gapni senga kim aytdi o'g'lim?
- Sizni eski tanishingiz hech kim!
- Hech kim deganing kim?
- Hujradagi ayol! Mening bu javobimdan keyin otam negadir ovqatlanishdan to'xtab qoldi, onam esa piyolaga choy quyib otamga uzatayotib behosdan yerga tushurib yubordi. Bu harakatlardan ko'rinib turibdiki, mening bu javobim har ikkisi uchun ham kutilmagan edi. Onamning piyolani tushurib yuborishi natijasida otamning oyog'i kuydi shekili, shartta o'rnidan turdi. Bu hodisadan ko'rinib turibdiki demak onam ham ana shu " hujra "dagi ayolni taniydi. Otam bu holatdan keyin bir og'iz ham gapirmadilar va tashqariga chiqib sigaret cheka boshladilar, shu damda onam to'saddan gap boshladilar.
- O'g'lim ahvoling yaxshimi?
- Ha yaxshi oyi!
- O'zingda biror o'zgarish sezmayabsanmi?
- Yo'q oyi!
- Agar o'zingda birorta g'ayritabiiy o'zgarish sezsang darxol menga aytgin xo'bmi o'g'lim?
- Ho'b oyi! Onam nega menga bu qadar hayratomus nigoh bilan tikilib gapirayotganini o'sha vaqtlarda umuman tushunmagan edim, chunki o'sha kezlarda men yosh bola edim. Bu vaqtda otam ham sigaretni chekib bo'ldi shekili qaytib kirdilar.
- Havotirlanma, o'g'limizga hech narsa bo'lmaydi!
- Hammasiga siz aybdorsiz, o'g'limizni u yerga qamamang desam ham gapimga quloq solmadiz!
- Bas qilsangchi, unga hech narsa bo'lmadiku!
- Ahir u bilan gaplashgani yetarli emasmi?
- Ovozingni o'chir! Otam shunday deya jahl bilan stolga qattiq musht tushurdi. Natijada stol ustida turgan idishlar chayqalib o'zgacha ovoz chiqardi, so'ngra otam yana o'rnidan turdida tashqariga otlandi. Otamning bu harakatlaridan keyin onam umuman og'iz ochmadilar. Men ham o'z xonam tarafga yura boshladim. Xonamga yetib kelgach o'z joyimga yotdimda o'ylay boshladim, negadir hayolimdan o'sha " hujra "da yangragan notanish ayolning ya'ni hech kimning ovozi sira nari ketmas edi. Men bu voqeadan qo'rqishimni ham qo'rqmasligimni ham bilmay qoldim. Otamning harakatlari esa hech kim yaxshi emas ekanini ko'rsatmoqda, men u yoshimda hech nimani tushunmagandim, ammo hozir hammasini sarhisob qilish bilan bandman, agarda u yomonlik siymosi bo'lsa nega menga zarar yetkazishga urinmagandi, bordiyu yaxshilik istab kelgan bo'lsa nega mening ko'zlarimga ko'rinmagandi? Nega bunday qilgandi! Shu kunga qadar men uni yaxshilik yoki yomonlik siymosi ekanini ham bilmas edim. Xonamda yotar ekanman, birdan xona eshigi ochilganidan qo'rqib ketdim, eshik ortidan esa otamning ovozi yangradi.
- O'g'lim hali uhlamadingmi?
-

1 2 »

#Daxshatli voqealar#154#hujra#2qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика