#

"Hujra" 1-qism

- Nega yig'layabsan?
- Sen kimsan?
- Sen men haqimda hech narsani bilmaysan, ammo men sen haqingda juda ko'p narsani bilaman! Notanish suhbatdoshimning bu gaplari mening aqlimni tamoman shoshirib qo'yayotgan edi. Mana shu qorong'u va zaxning xidi ufurib turgan, tashqi dunyodan butkul uzulgan bu maskanda men unga yo'liqaman deya hech ham o'ylamagan edim, chunki bu hujrada men o'zimni butunlay yolg'izman deya o'ylayotgandim.
- Savolimga javob ber sen kimsan?
- Alibek, mening kimligimga qiziqma, buni bilmaganing maqul!
- Ismimni qayerdan bilasan?
- Biz juda ko'p narsalarni bilamiz! Men mana shu hujraga ilk bor qadam qo'yganimda endigina to'qqiz yoshda edim. Notanish suhbatdoshim esa huddi meni tug'ulganimdan buyon biladiganga o'xshar edi. Uning hayratomus bu ovozidan karaxt ahvolga tushmasligimning imkoni yo'q edi.
- Nega jimsan Alibek?
- Seni kimligingni bilmoqchiman!
- Kim ekanimni hattoki o'zim ham bilmayman! Notanish suhbatdoshimning bu javobidan keyin unga nima deb savol berishni ham bilmay qolgan edim. Uning ovozi hujraning har bir burchagidan aks sado singari eshitilmoqda, bu vaqtda meni ko'plab savollar meni o'z iskanjasiga olib ulgurgan edi.
- Nega menga ko'rinmayabsan, qayerdasan?
- Biz hammaning ham ko'ziga ko'rinavermaymiz, ayniqsa insonlarning!
- Bu nima deganing?
- Bu kamroq bilsang ko'proq yashaysan deganim!
- Ya'ni?
- Juda ko'p savol berayabsan Alibek! Notanish ayol, uning ovozi yoqimli edi. U nega mendan yashirinayotganining sababini bilishga shu qadar orzumand edimki, tarifga til ojiz.
- Sendan iltimos qilaman bir lahzaga bo'lsa ham menga ko'ringin, bor yo'g'i bir lahzaga?
- Buning imkoni yo'q, senga o'zimni namoyon etmayotganimning yagona sababi mavjud!
- Qanday sabab?
- Bu ham bo'lsa sening foydanga!
- Tushunmadim?
- Hali juda yoshsan, vaqti kelsa ulg'ayasan va hammasini tushunib olasan! Suhbatdoshimning bu gaplarini o'sha vaqtlarda umuman tushunmagan edim, lekin vaqti kelib u bu gaplarni mening foydam uchun aytganini tushunib yetdim.
- Sen yolg'iz emassan to'g'rimi?
- Bu yerda yolg'izman!
- Oilang bormi?
- Bir vaqtlar bor edi, ammo sening bobong sababli ular halok bo'lishgan!
- Shu yerda yashaysanmi?
- Ha shu yerda yashayman!
- Qachondan buyon?
- Tug'ulganimdan buyon! Alibek o'ziga sirdosh topganidan juda mamnun edi, aynan shuning uchun ham Alibek bamaylixotir kimligini ham bilmaydigan suxbatdoshi bilan suxbatini davom etkazardi. Umuman olganda u hali yosh bola bo'lgani uchunmi bunday narsalarga ko'p ham aqli yetmas, tobora suxbatdoshiga ipsiz bog'lanib qolayotgan edi. Bu holatni qanday izohlashni ham bilmayman, buni xis qilish uchun siz ham huddi Alibek kabi kamida bir marotaba bunday holatga tushib, nomalum jonzod bilan to'qnashgan bo'lishingiz kerak. Alibek esa hali hamon u bilan suxbatni imkon qadar cho'zishga urinmoqda.
- Isming nima?
- Ko'p narsalarga qiziqayabsan Alibek oqibati yaxshilik bilan tugamaydi!
- Ho'b seni nima deb chaqiray?
- Shunchaki hech kim!
- Yaxshi shunchaki hech kim!
- Hech kim! Notanish ayol bu so'zlarni shu qadar baland ovozda takrorlagan ediki, bu shovqindan mening quloqlarim qomatga kelayozdi. Nazarimda hujradagi buyumlar ham larzaga kelgan edi. Hayotimdagi bu mudhish kunni unutishga ko'p bor harakat qilganimga qaramay baribir o'sha mashum xodisa xotiramning bir chetida muxrlanib qolaverdi. Hech kimning g'oyibdan javob berishi menga u qadar ham maqul kelmas edi, chunki bu vaqtda mening hayolimda turli fikrlar va savollar paydo bo'la boshlagandi. U haqiqatdan ham bormi yoki yo'qmi? Agarda bor bo'lsa nega yashirinadi? Kimdir unga ziyon yetkazishidan qo'rqadimi? Bu vaqtda hech kim negadir jim bo'lib qolgan edi.
- Hech kim qayerdasan? Men shunday deya hujraning har bir burchagiga iltijoli nigoh bilan termular edim. Chunki hozir hech kim menga javob qaytarishini juda ham xoxlardim, nega xoxlayotganimni o'zim ham tushunmayman.
- Shu yerdaman Alibek!
- Qayerga g'oyib bo'lib qolgan eding?
- Hech qayerga shunchaki bir muddat jim turib sening harakatlaringni kuzatdim!
- Nega meni kuzatding, uni o'rniga men bilan suxbatlashsang bo'lmasmidi?
- Men shuni xoxladim! U negadir menga samimiy javob qaytarar, ammo ana shu samimiylik ortida biror bir gap bo'lishi mumkin ekani haqida biror marta ham o'ylab ko'rmagan edim. Yurakni ezguvchi sukunat, nazarimda xozir mana shu sukunat meni ham o'z domiga tortib ketadigandek. Afsuski sukunatga qarshi hech qanday chora ham qo'llay olmayabman, aniqrog'i hech kim bunga imkon bermasdi. Unga qanchalik yaqinlashganim sayin u mendan o'zini tobora uzoqlashtirar edi. Huddi teskari magnit toshiga o'xshaydi. Vaqt ham to'xtab qolgandek go'yo, bu maskanda hamma narsa shu qadar sekinlik bilan odimlayotganga o'xshaydi. To'qqiz yoshli bolaning ichki kechinmalariga ham o'xshamaydi.
- Alibek seni bu yerga kim olib keldi?
- Otam qamab qo'ydilar!
- Nega qamadi?
- Shirinlik o'g'irlaganim uchun!
- Insonlar bu darajada kaltafaxm bo'ladi deb o'ylamagan edim, otang shu tariqa senga jazo berdi shundaymi?
- Ha!
- Yosh bolani

1 2 »

#Qo'rqinchli voqealar#72#hujra#1qism
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика