#

"Lift ortida"

"Bir qizchaning yotog'ida shkaf bo'lib, uning ichki qismida kattagina oyna bor edi. Qizchani bir odati bo'lib, yarim tunda o'sha shkafni ochib o'z aksini tomosha qilardi. Kunlardan bir-kun, tunda uyqusi kelmay u yana eski odatini takrorladi. Ammo bu safargi qiziq ta'sir uning e'tiborini tortdi: oy nuri va soyalar aralashmasida oynadagi aks yirik qora ko'zlar va bo'm-bo'sh katta og'izni ko'rsatardi. Aks juda ham haqiqiy va haybatliroq ko'rindi. Bir necha daqiqa bu "manzara"dan baxra olgan qizaloq, yuvinish xonasiga yo'l oldi, biroq yo'lda uning esiga tushgan narsa, yuvinish xonasini chirog'ini yoqib, u yerda berkinib, o'z chinqirig'i bilan ota-onasini va deyarli barcha qo'shnilarni uyg'otishiga majbur etdi. Gap shundaki ikki kun oldin qizchaning shkafidan oynani olib tashlashgandi." Pfff, bo'lmag'ur ertak, shu cho'pchakdan ham qo'rqadigan odamlar bor?! Xah, ochig'i tabiatan bunday narsalarga ishonmayman. Biroq ba'zi narsalar barchasini tubdan o'zgartirar ekan. O'pkam shamollab shifoxonada yotishimga to'g'ri keldi. Katta shifoxonada - biroz shaxar chetidagi. Bu bino tushganiga unchalik ko'p bo'lmagan, eski o'rnida nima bo'lgan xabarim yo'q. Pulmonologiya bo'limida davolanardim, shifoxonaning har bir burchagida turli muolajalar oldim. Bir safar muolajadan qaytayotib, yo'limni qisqa qilish uchun orqa tarafdan o'tishga majbur bo'ldim, u yerda yolg'iz eshik bo'lib lift va zinapoya va tashqariga chiqish eshigi bor edi (deyarli hech kim bu yerdan yurmaydi). Hayol bilan sezmagan ekanman qandaydir ayol liftga bir yaqinlashadida bir hurkib ortiga tisariladi. Hamma markaziy kirish tizimidagi liftdan foydalangani uchun bu yerdagi lift yaroqsiz xolatda, talabga javob bermaydi shuning uchun adminstratsiya tomonidan qulflanib o'chirib qo'yilgan. Bu ayolning oldidan indamay o'tib ketishga urindim. Go'yo, men bu yerda yo'qman, e'tibor bermang. Afsuski o'xshamadi. Tirsagimga yopishib, gapira boshladi, aytishi bo'yicha lift ichkarisida kimdir ho'ngrab yig'layotgan emish, xuddi yosh boladek. Liftni ochish uchun personalni chaqirish kerak emish. Shifoxonada jinnixona bo'limi yo'q, faqat nevrologiya. Xolaga rahmim keldi. Sho'rlikni davolanishidan oldin chiqarib yuborishibdida, mayli-da! Uni yaxshilab eshitib, bu yerda bolalarga qarash klassi mavjud emasligini va bu yerga uni ustiga ishlamas liftga hech kim bolasini olib kirmasligini tushintira ketdim. Xattoki nevrologiyagacha kuzatib qo'yishni taklif qildim. Ammo ayol meni, ana o'zing eshit deb lift tomon turta boshladi. Lift eshiklari tomon istar-istamas qadam bosdim. Balkim hech narsa eshitmadim desam bu xoladan qutilarman?! Eng qizig'i shu yerdan boshlandi. Temir eshiklarga qulog'imni tutdim. Oraga etni junjiktiradigan daxshatli sukut cho'kdi. Boshlanishiga hech narsa eshitilmadi, faqatgina uzoqda qandaydir tiqirlash. Keyin xo'rsinishni eshitdim. Uch soniyadan keyin yana. Keyin kimdir chuqur nafas oldida yig'lashni boshladi. Ovoz chindan liftning ichidan kelardi. Deyarli 3 oydan buyon ochilmagan lift ichidan, jin ursin. Qisman yig'layotgan yosh bolaga o'xshardi faqat ovoz qandaydir bo'g'iq. Menga o'shanda yig'layotgan bola emas, bizni aldashga urinayotgan yoshi kattaroq kimsadek tuyilgandi. Har bir yig'idan so'ng, go'yo yirik va qari kimnidir yo'talib chuqur nafas olgani eshitilardi. O'shanda nimalarni sezganim yolg'iz Tangri va menga ayon. Tilim aylanmay, ichkarida hech kim yo'qligini aytib xolani bu yerdan ketishga unday boshladim. U menga hayrat ichida qarab so'radi:
— Axir ichkarida yig'layotgan yosh bola emasligini bilib turibsiz, shundaymi? Men jimib qoldim. Xola qandaydir duolarni o'qidida boshini sarak-sarak qilib qorong'i ko'cha tomon ravona bo'ldi. Yolg'iz o'zim qoldim. Va shu laxzada zang bosgan lift eshiklari ortidan, kulgi eshitildi. Sizlarga qasam ichib aytamanki, kimdir ichkaridan eshiklarni oxista tirnaganini eshitdim.

#Qo'rqinchli voqealar#38#ortida
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика