#

Liftdagi Qotillik\\

Aytishlaricha, hamon bu usuldan foydalanuvchi manyaklar bor ekan. Kim bilsin balkim siz ham bu hodisaga duch kelib qolarsiz. Usulning nomi «liftdagi qotillik» uni koreyalik manyak o'ylab topgan. Uni mohiyati quyidagicha. Siz tepaga chiqish uchun liftni chaqirasiz, va siz bilan birga bir kishi ham kiradi. U siz o'zingiz xohlagan qavat raqamini bosishingizni kutadi, va sizdan birgina qavat pastni raqamini bosadi. Uni qavatiga kelganizda, eshik ochiladi va boyagi kishi chiqib ketadi. Lekin eshik yopilayotganda u sizga qaraydi va pichog'ini chiqarib sovuq kuladi va: «Keyingi qavatda ko'rishamiz». Keyin esa zinadan sizning qavatingizga ko'tariladi. Va lift eshiklari ochilganda u sizni pichoq bilan kutib oladi. Bundagi daxshat o'lim emas, siz bir qavatdan boshqasiga ko'tarilayotganda his qilgan qo'rquv haqiqiy daxshatdir…

#Daxshatli voqealar#100#qotillik
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика