#

"Skype" ga kirmang, kirsezam begona qo'ng'iroqlani qabul qilmang!

Skype dasturini noutbookimga o'rnatganimga hali o'n kunham bo'lmagandi. Endigina chetdagi dostlarim bilan gaplashishni boshlagan paytlarim edi. Men kopincha uqishdan kelib kechalari bilan vaqtimni internetda o'tkazardim. Shunday kunlarda yarim kechasi skypemga nomalum odamdan qo'ng'iroq bo'ldi. Menga qo'ng'iroq qilayotgan odamning rasmi yo'g'idi men sichqoncha bilan otvet s video ni bosdim shunda kompyuterimdan g'alati ovozlar eshitilib monitori o'chib qoldi. hinam chirog'ini yoqib monitorga qaraganimda uchiq monitordan salla oralgan boshli odam kallasi meni butunlayin tamom qilib bo'lgandi yaniy sallali odam qiyshaygan og'zi bilan birnarsalar deb bijirlab kulardi. monitordan ko'zimni uzolmasdim butunlay karaxt bo'lib qolganimdan uni qop-qorong'u zulmat ko'zlariga qarab turaverardim. Uning gapirayotgan gaplaridan asabiylashardim borgan sari boshimda qattiq va kuchli og'riq kuchayaverardi. Atrofimda kuchli shamol esayotardi nazarimda.Og'iz burnimdan qon tomchila boshlaganida men holdan toyib klaviaturalar ustiga boshim bilan suyanib qoldim. Lekin shundaham undan ko'z uzolmasdim keyin esa hushimni yoqotib qoyibman. Ertasi kuni tongda meni behush holda honamdan topgan ota-onam tezda shifohonaga yetkazishibdi. Ko'zimni ochganimda ustimda doktor bilan ota-onam va butun oilam ko'z-yosh qilib turishibdi. Shundan keyin oradan yarim yil o'tdi. Menga dadam yangi nout book olib berishgandilar. Hammasini o'tgan voqealarni unutishga harakat qilardim. Kunlardan birida skypeda o'tirsam menga qo'g'iroq bo'ldi. Qarasam huddi usha kimsaning nomi va qoyilmagan surati! Men qo'rqib ketganimdan kompyuterimni uchirib tashladim. Hozirgi kunlarda skypega kirsam huddi usha qo'ng'iroq bo'lib turadi lekin men rad etaman yoki javob bermayman. Agar otvet s videoni bossam bu safar tamomman hisobi. (hikoyamiz bir dostimizni hyolida sodir bolgan deydi hikoyaning mavhum muallifi, undan boshqalar bu qo'ng'iroqni anglolmagan)

#Qo'rqinchli voqealar#31#begona#qabul
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика