#

Yaqinda ro’y bergan voqea hammani o’yga to’ldiradi.

Qo’shnimiz qizini uzatgan kuni kechasi otasi vafot etdi. To’yning ertasi kuni azaga ulanib ketdi. Hamma aza bilan ovora. Mayyitni qabristonga olib ketar chog’i, haligi kelinchakning qaynonasi yetaklab kelib qoldi. Qaynonasi unga: - Kelin salom qiling, otangiz sizni ko’rolmay ketdi,-dedi. Kelinchak ham tobutga qarata uch marta tazim qildi. Bu holatga kimdur achinib qaradi, kimdur yig’ladi, kimdurni ensasi qotdi. Ammo keksa onaxon kelining qaynonasiga qarab:
- Chilalli kelini bekor olib kelibsiz. Bizda bunday ta’zim qilinadigan udum yo’q-ku, - deya koyib berdi. Marakalar o’tgach, kelinchakning axvoli og’irlashdi. Kechasi bilan alaqsirab chiqadigan bo’lib qoldi. Hatto kunduz kuni qaynonasining oldida ikki-uch marotaba hushidan ketib qoldi. Bora-bora kelinchak oynaga qarab, huddi qarshisida kimdur turganday, o’zi bilan o’zi gaplashadigan odat chiqargan. Qaynonasi kelining onasini chaqirtirib, bo’layotgan voqeani aytib berdi. Ular kelinchakni o’qitgani olib borishdi. Qayerga olib borishmasin "Kelinga marhumning yuki tushgan deyaverishgan. Kelin ancha paytgacha shu kayfiyatda yuradi kunlarning birida qiz yo’qolib qoladi. Kunlar o’tgach qizni o’lik holatda mozor yonidagi daraxt tagida ko’rishadi.

#Qo'rqinchli voqealar#49#bergan#voqea
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика