Gagodan birinchisi bu
Mani hozi yowim 20da. Towkentda oqiman. Man öwa 16yowligimda kursga borardim manga kursni yowro hali erga tegmagan qiz ötardi faqat 6zimga. Biz juda yaqin edik

"CHIMILDIQDAN QORQADIGAN QIZLARGA MASLAXAT"

Bo'limi: Er xotin o'rtasida
O'qildi: 31 marta
Bu kabi holatlar turmushga chiqayotgan qizni nikoh kechasiga noto`g`ri tayyorlashning salbiy oqibatlaridan biri desa bo`ladi. Odatimizga ko`ra, kelinni nikoh kechasiga yangalari tayyorlaydi. Ularning gapini, albatta, inobatga oling. Ammo atrofingizdagi insonlar, dugonalaringizni har bir aytgan gapiga chin deb qarayvermang. Bu jarayon haqida turli salbiy fikrlarni eshitib, ko`p qon ketishi yoki kuchli og`riqdan qo`rqish sizni qiynashi tabiiy. Ammo oddiygina shamollashni har kim turlicha o`tkazgani kabi, ilk qovushish onlari ham hammada har xil kechadi. Bunda ikki yosh ham masalaga ehtiyotkorlik va e`tibor bilan yondashishi lozim.
Juftingizga ishoning!
Qarshingizdagi yigitni to`ydan avval sevmagan bo`lsangiz ham, uni ko`rib, bilib, to`yga rozilik bildirgansiz. To`yning dabdabali tomoshasi 4 soat davom etadi xolos, oldinda sizni pastu balandliklar, so`qmoqlarga to`la oilaviy hayot yo`li kutmoqda. Buni sizga tushuntirib o`tirishning hojati bo`lmasa kerak. Axir nikohga rozilik bildirishdan avval bu inson farzandlaringiz otasi, sizning esa tog`dek suyanchig`ingiz bo`lishini bir on bo`lsa-da tasavvur qilgansiz. Unga kelajagingizni ishonib topshirgan ekansiz, nega endi bu borada ikkilanasiz?! U onasi ko`rsatgan, tanishlari tavsiya qilgan go`zallar orasidan aynan sizni yori deb bildi, avlodining davomini faqat sizga ishondi, oilasini gullab-yashnatishingizni istadi! Shuning o`zi sizga etarli emasmi?!
Cho`chimang, hammasi yaxshi bo`ladi!
Juftlik o`rtasida muhabbat rishtalari bo`lishi juda muhim va shart! Kuyovingizdan cho`chimang, uni «yaqin insonim» deb qabul qiling. Ba`zi hollarda kelinning kuyovni yoniga yaqinlashtirmasligi vaginizm kasalligi oqibatida ham bo`ladi. Bu kabi muammoga duch kelgan juftliklarga, avvalo, kelinni ginekolog ko`rigiga olib borish, undan keyin esa seksapotolog qabuliga borish tavsiya etiladi. Vaziyat ijobiy tomonga hal bo`lishi uchun masalaga bee`tibor bo`lmang. Yodda tuting, vaqtni cho`zib yurishingiz jinsiy yaqinlik ro`y berishini yanada qiyinlashtiradi. Er-xotin o`rtasida sovuqchilik, tushunmovchilik paydo bo`lishi mumkin, bu esa muammoni chigallashtiradi. Tabibu azayimxonlarga qatnagandan ko`ra, malakali mutaxassisdan yordam so`rang.
Qars ikki qo`ldan chiqadi
Turli mayda gap-so`z, yangi muhitga ko`nikish, qaynona-qaynotaning xizmati, uyalib ovqatlana olmaslik, qimtinib yurish kelinni kuchli ruhiy stress holatiga tushirishi mumkin. Ishoning, bu vaqtinchalik holat. Kelin shu uyning qozonida qaynay boshlashi bilan hammasi o`tib ketadi. Buning uchun esa kuyovdan faqat vaqt, sabr va e`tibor talab qilinadi. Kelin ham o`z navbatida juftining ko`ksidan itarmay, uni o`ziga hammadan ko`ra yaqin bilishi lozim. Qo`rquv ketib, istak uyg`onishi uchun balki romantik film yoki shunga o`xshash muhit yaratilishi kerakdir. O`ylab ko`ring.
Baxtli hayot tomon chiptani boy bermang
Yotoqxonada qafasga tushgan qushdek cho`chib turish kuyovdan uyalganlik belgisidir. Lekin bu iymanish hayotingizni zaharga aylantirishiga yo`l qo`ymang! Hamma narsani o`z chek-chegarasi bor! Nainki birinchi nikoh kechasi, balki bir umrlik hayotingiz aynan ilk marotaba qilgan hatti-harakatlaringiz bilan belgilanishini bilasizmi? O`zingizni bo`sh qo`ying. Qarshingizda barcha istagingizni muhayyo qilishga shay turgan eringizning ra`yini qaytarmang! Ruhshunoslarning ta`kidlashicha, oilaning baxti er-xotin o`rtasidagi nozik munosabatlarga bog`liq. Siz ham baxtlilar safida bo`lishni istamaysizmi? Nega unda «qo`limdan kelmaydi, qo`rqaman» deb noliysiz?!
Ayollik, onalik nasib qilsin!
Onangizga bir qarang! Qanday baxtli ayol! U ikki-uchta farzandning onasi, otangiz ardog`idagi ojiza... Yoki qaynonangizni olaylik... Atrofida o`g`illari, kelinlari parvona! Qaynotangiz bilan dasturxon boshida katta uyning bekasi bo`lib o`tiradi. Qattiqqo`l qaynotangiz ham uning har bir gapini inobatga oladi. Siz ham ular kabi bo`lishni xohlamaysizmi? Ona bo`lishni, ayollik baxtini to`liq his qilishni o`zingizga ravo ko`rmaysizmi? Agar xotinlik vazifalari
1 2
» Teglar: qizlarga (5), maslaxat (6),
Boshqa hikoyalar
Visol kechasi
Visol kechasi❤️ Ishxona ishlari bilan hafta davomida yugur yugurlar rosa charchatganini endi shanba kuni uyga qaytayotib sezibman. Kasbim bosh loyihachi muhandis - shu
Erkaklarga 8 mart hazili
Хурматли эркаклар, 8-март байрами муносабати билан хотингиз ёки уйнашингиз учин кандай таом тайёрлашни билмаябсизми?Байрам таомини тайёрлаш учин сизларга 8 та маслахат ,
Яндекс.Метрика
© EHTIROSLI.RU | 2016-2020