#

TUN – ODAM (detektiv–mistika) (davomi)

— O‘g‘irlangan buyumlar ro‘yhatida xamma narsa alifbo tartibida sanab o‘tilgan. –dedi Adhamboy ko‘zi shishib ketgan rafiqasi Nuriya xonaga choy olib kirganida asabiy qarab qo‘ydi. Men esa ayolning nafaqat qizargan yuzi ko‘zi, shuningdek ko‘karib momataloq bo‘lgan bilagini xam ko‘rib qoldim. Har qalay o‘g‘ri ayolga suiqasd qilmagandir? Huddi savolimni kallamdan o‘qib qolgandir Adhamboy tilga kirdi:
— Megajinni qilmishi uchun kaltakladim. Meni keladi, deb ko‘cha eshikni ochib qo‘yganmish. Katta o‘g‘lim Doniyor (u 14 yoshda)) hudo raxmat qilgur birinchi xotinimdan aytishicha, eshik avvaldan yopiq bo‘lganmish. Xammasi chigal ammo men kelganimda eshik ochiq edi. Xuddi kimdir kirib chiqishi uchun atay ochib qo‘yilgandek.
— Bu kishi sizning ikkinchi ayolingizmi? – deya so‘rashga jur’atim yetdi.
— Sha’riy nikohdan o‘tilgan halos. – dedi Adhamboy Albatta merosho‘rlik dalolatnomasida uy joy mol mulki faqat birinchi nikohdan bo‘lgan farzandga beriladi.
— Yana farzandinlaringiz bormi?
— Yo‘q. Bu qisir sigir chiqdi. Shunisiyam yaxshi uy joyga mukkasidan ketmaydi. (yoqimsiz va jirkanch odam ekan bu boyvochcha, )) Bittagina ingichka tilla uzuk olib bergandim. Yosh boladek shunga ovunib yer–u ko‘kka ishonmay olib yuradi. Tergovda Nuriya o‘zining uzugi haqida gapirganmidi? Firdavs mujmallanib qoldi.
— Ayol qolgan tilla taqinchoqlar qatori uzugini xam yo‘qotgan.
— Unda men choynakni tutgan qo‘lidagi nomsiz uzukka nima deysan? — ajablanmay bo‘ladimi? Firdavs yana ikkilanib qoldi:
— Balkim bu tasodifdir?
— Tasodiflar juda ko‘payib ketmadimi? A? Agar o‘sha kecha Nuriya yarim kechagacha uxlamagan bo‘lsa, eri futbol matchini ko‘rayotgan bo‘lsa, haqiqiy o‘g‘ri (hali bu qotil degani emas)) xam o‘sha yerlarda olomon orasida izg‘ib yurgan bo‘ladi. Jin ursin o‘sha kecha ko‘chada qancha odam uyg‘oq yurgan ekan a? Amakimning somsaxonasiga kirdim—u, ochiqanimni sezdim. Amakimning yugurdak shogirdi Mirfayoz shoshib chopib keldi–da, endi tandirdan uzilgan to‘rtta somsani chiroyli qilib qo‘yib ketdi. havoda issiq epkini ko‘tarilar, uzoq yaqindan mashinalar shinnasining qaynoq asfaltda vishilagan ovozi eshitiladi. Odamlar sadosi xam ularga qorishib allaqanday bir yurakni bug‘uvchi kayfiyatga soladi.
— Mirfayoz, – dedim muzdek ayron keltirganda uni gapga tutdim:
— Labbay aka? – dedi Mirfayoz (u tahminan 16 yoshlardagi yigitcha edi))
— Sen xam qassob G‘ulom akalarga hamsoya bo‘lib yashaysan–a?
— Xa, shunday. dovdiradi bola
— O‘sha futbolni senam ko‘rdingmi? Bolaning ko‘zi chaqnab ketdi:
— Bo‘lmasamchi?! Ohirgi sekundigacha qoldirmay ko‘rdim. (( O‘sha kecha yig‘ilganlar ichida notanish birorta odamni ko‘rmaganmiding? ? ahir ko‘zlar chaqqon va esda qolarli bo‘lishadi))
— Xamma o‘sha yerda edi. (Birin ketin men bilgan va bilmagan odamlarni sanab ketdi – roppa rosa o‘n sakkizta odam.) Ammo shubha pichog‘iga ilinadigan birorta odam sanalmadi. Har qalay Adham boyning o‘zi o‘z uyiga o‘g‘irlikka tushmasa kerak? Yoki anavi notanish qurbon yigit?
— Sen o‘sha Suhrob degan bolani avvaldan tanirmiding? – Mirfayozning ko‘zlari katta bo‘lib ochilib ketdi.
— Ee, aka u bolani tanimaydigan qizni o‘zi yo‘q edi. Rosa a*xo‘r bola edi. Tinmay planshetidan s*ks videolar ko‘rib o‘tirardi. Oqshom odam sanjob mahallari qayoqqadir ketib qolardi. Menimcha uni o‘ynashi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Shu magazinlarda ishlaydigan ko‘pchilik qizlarni avragan.
— Xmm
qiziq
– ajablanmadim sira xam, Suhrobga o‘xshagan yigitlarni «pleyboy» deb atashadi. Qizlarga suyagi yo‘q.
— Xa mayli raxmat senga, demak Suhrobni o‘sha kecha aniq ko‘rmading? –so‘radim yana bir marta. Mirfayoz ishonch bilan yo‘q, deb aytdi. So‘ng esa nimadir yodiga tushib “ehaa” dedi.
— Birinchi taym tugagan vaqtda Fayzi aka xam birovga kelib ketgandi. Mening ko‘zlarim charaqlab ketdi! Mana bo‘lmasa!
— Adashmayabsanmi? – shoshib qoldim men
— Aka, uning tunda fosforli trikosini sakkiz kilometr naridan bilaman. – dedi Mirfayz fahr bilan. Men aynan mana shu vaqtda xamma gapni tushungandek bo‘ldim.
— Fayzi aka sinfdoshi Rizo akam bilan biroz gaplashib turdi–da, so‘ng qayoqqadir ketib qoldi. Rizo akam mening katta xolamni o‘g‘li. Bor gap shu. Men o‘rnimdan turib ketdim. Shoshilib amakimning yoniga chopdim. Shuhrat amakim ichkarida kassaning yonida nimalarnidir kovlab o‘tirardi.
— Ee, Shahijon. Nima gap? – dedi amakim qiziqsinib men o‘ylanib qolgandim. «Fayzi. Fayzulla. Unda nimadir bir gap bor? aynan u
o‘sha kuni xammaning e’tiboridan chetda qolib ketgan. Unda nega u? ertalab qonli manzarani guvohi bo‘lib xammaga ovoza qilgan. Uning o‘rnida men bo‘lganimda bu havfli joydan tezroq ketgan bo‘lmasmidim? » Axir u uchun yaxshigina “bahona” xam bor. O‘qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun. Qulay fursat.
— Amak, Adhamboyning hotini xaqida nimalar bilasiz?
— Uni ikkinchi xotin bo‘lib tushganiga to‘rt yil bo‘lib qoldi. Xali xam farzandli bo‘lmagan. Eri xar kuni uradi. O‘ziyam og‘zi rosa chatoqda. Unga faqat usti bosh va yeyishga ovqat tegadi, xalos. Uy xam pul xam unga tegmaydi baribir. Xuddi cho‘ridek yashaydi. Men ikkilanib qoldim. “Agar shu kecha men xammasini fosh etmasam. ertaga xammasi izsiz g‘oyib bo‘ladi.” Tashqariga chiqishim bilan yana Mirfayozga to‘qnash keldim. Uning ko‘zlari ola kula edi.
— Aka. dedi u sekingina va yo‘l tarafadagi odamni ko‘rsatdi. Bu soniyalar ichida bo‘lib o‘tdi. Buni men xam u xam ko‘rib turardik. Qop qora sarobga o‘xshash narsa tutundek bir chayqalib so‘ng bug‘lanib ketdi.
— Bu nima edi? – ajablandim ochig‘i

1 2 3 4 »

#Qo'rqinchli voqealar#81#odam#detektivmistika#davomi
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика