#

TUN – ODAM (detektiv–mistika)

Ushbu g‘ayritabiiy va tushuntirib bo‘lmas mojaroni ochig‘i qanday eshitgan bo‘lsam (va albatta, shaxsan o‘zimning ishtirok etganim uchun) qo‘shib–chatmay boricha yozaman. Ikki qo‘limni ko‘tarib shonli qasam ichaman.
* iyul oyining birinchi haftasi edi. Samarqandga bu safar tergov yoki jinoiiy muhim ish yuzasidan emas, shunchaki biyimni (biz tojiklarda buvini shunaqa atashadi)) yozgi chorvog‘iga dam olgani tashrif buyurgandim. Xa topdingiz, ozib to‘zib mana shu saraton oyiga menga otpuska berib qolishdi. Havo chidab bo‘lmas darajada qizigandan qizigan, soat endi tonggi to‘qqiz bo‘lganiga qaramay ko‘cha humdondek qizib ketgan. Bunaqa vaqtda qariya biyimning eski qon bosimi kasali zo‘riqib qolishidan cho‘chiyman. Shu safar xam darrov katta dala bog‘ga jo‘nadim. Biyimning dang‘ilama koshonali hovlisi etagida o‘zi yaxshi ko‘radigan pastakkina eski pirxonasi bor. O‘sha yerdan topdim.
— Voy, Shahriyorim kelibdiku. Bolajonim! (bachcha so‘zini atay adabiy qilib qo‘shmadim. Tekstda keladigan xamma so‘zlar sof tojik tilida bo‘lsa–da, voqeaning asil qaymog‘ini ko‘tarish uchun adabiy tildan foydalanib ketayabman)) Buvim shu qadar meni ko‘rib suyundilarki boshlari ko‘kka sapchirdi. Salqingina shamol epkini pastlikdan rayhon va nozbo‘ylar iforini olib kelganida men o‘zimning yana sakkiz yashar paytimdagi beg‘ubor damlarga qaytib kelgandek bo‘ldim. Qarang–a, oradan naq yigirma yil o‘tib ketibdi. Hozir poytahti azimning
raqamli J,Q,T. B.isida to‘rt yili besh oydan buyon faoliyat olib borayabman. Kichkina amakimning farzandlari ko‘p, bir zumda meni guva o‘rab olishdi.
— Shahriyor aka! Shaha aka! Bugun kechqurun Jar ko‘chaga sizam bir tekshirishga chiqing! Axir dadamlar sizni har doim “Izquvar Sherlok Xolms” deydi ku. Shahsan xammasiga o‘zimning har kelganimda so‘zlab beradigan sirli va daxshatli hikoyalarim sabab mana. bolalar endi tuppa tuzuk josuslar–u sirli qopqonlarning shinavandasi bo‘lib qolishibdi. Kichik amakim dadam va ammalarimga o‘xshab bilim ketidan ketmadilar, o‘zini beznesga urdilar. Shundoq mahala pastligidagi Jar ko‘chadan keyin katta trassaga chiqishdagi (o‘zimizning Gribnoy kanaldan sal nariga) bekatga somsaxona ochgan. Daromadi yaxshi. Faqat uyda kam bo‘ladi. Ammo sal o‘tmay mening daragimni eshitib kichik amakim ko‘cha tarafdan qorasi ko‘rindi.
— Ibeye, Shahi jiyanim kelibdi –ku? – deya og‘zini tanobi qochdi. Quchoqlashib ko‘rishdik. Dasturhon uzra “yengilgina” choy–poydan keyin amakim pastga somsaxonaga olib tushaman, deb qoldi.
— Shaha aka, dadam sizga qo‘shni magazinchining o‘qishga kirgan qizini ko‘rsatmoqchi. – piqilab kuldi bu yili 6– sinfga ko‘chgan jiyancham Laziza, oho, bu yerda detektivlar xam ko‘payib ketishgan–ki, sir yashirib bo‘lmaydi! Tag‘in yana o‘sha “eski” masala. Uylanish. Albatta o‘zimning sevgan qizimni oilada to‘rtinchisi bo‘lishiga oyisi xam men xam aybdormasmiz–ku! Hudoi taoloning bergani. Umri bilan bergan bo‘lsin, o‘zimning asalcham Shahrizodam. (Nafaqat ismimiz ertakdagi Ming Bir Kechadagi shoh va malikaga mos, jismimiz xam uzukka ko‘z qo‘ygandek
Uni ilk marta ko‘rganimdayoq sevib qolganman, o‘shanda ishxonada ikkinchi yili ishlardim. Katta opasini yo‘qolgan telefoni mashmashasida opachasi bilan kelganda ko‘zimni uzolmay qolganman. “Mana shu qiz mening umrim malikasi bo‘ladi!” deya ont ichganman) shunaqa ekan mingta o‘qishga kirgan talaba qiz bo‘lmaydimi, fan doktori bo‘lmaydimi, boshqasiga uylanmayman! Amakimning bir fe’li borki, menimcha butun oilamiz genofondida shu hislat bor. Biz katta kichik xammamiz sirli jumboqlar va aqliy zakovat o‘yinlariga qiziqamiz. Dadam poytahtda o‘qib universitetda qolganlar, keyin magistraturani xam bitirib o‘z o‘quv dargohida o‘qitiuvchi bo‘lib ishlab qoldilar. Institutlarining o‘zida birga o‘qigan onamga uylanib ikkisi “poytaxtlik” bo‘lib ketishdi. Ammalarim xam oldinma ketin akasiga ihlos qilib yaxshi oliygohlarda o‘qib oldilar. Pochchamlar xam xuddi rafiqalaridek oliy ma’lumotli, faqat mana xozir Jar ariqning shabbo‘y bosib ketgan chakalagidan ketib borayotgan mana shu Shuhrat amakim o‘qishni xohlamadi. Ammo bu degani habarotdan orqada qoldi, deganimas. Mana hoziram baribir ular topgan qizga uylanmasligimni bilsalar xam, eng so‘nggi habarni menga so‘zlab berishdan tiyila olmadi.
— E barakalla! Shahijon, kelganing juda yaxshi bo‘ldi– da, bilsang o‘zim senga qo‘ng‘iroq qilaman, deb turgan edim.
— Nima gap, amaki, – amakimning xar xil mish mishlar urchib yuradigan mana shu mitti go‘shada navbatdagi jumbog‘ini eshitishga diqqat qildim. Katta so‘qmoq tarafdan bir qiz biz tarafga qarab yurib kelardi. Qizning silliq tarashlagan qora sochlar ikki yonga tashlagan, egnida mahalla qizlari orasida urf bo‘lgan g‘ijima gazlama libos yashil sariq tusda o‘ziga rosa husn bag‘ishlab turardi. Solanib yurishiga va mening jigarrang shimim va egnimdagi harbiycha matoda tikilgan futbolkamga suqlanib qarab o‘tganidan bu qiz ko‘rinishidek ja soda emasligini tahmin qildim.
—Salimalykum. – deya qo‘g‘irchoqday salom berib o‘tib ketdi. Amakim quruqqina qilib “veleykum salom” degan bo‘ldi va qiz to o‘tib ketgach to‘xtagan joyidan gapini davom etdi:
— Man sanga mana shu qizni ko‘rsatmoqchi edim. Niyat toza ekan, qara oyoq tagidan o‘zi chiqdi. Xe xe, ne aftingni burasan. Yana o‘shanaqa gapmi? San bolani dadang uylantiraman, demayabdimi, nima balo? O‘ttizga chiqqaningda uylaydimi? Bitta o‘g‘il bo‘lsang—u, qilig‘ingni qara, yangamga xam ajablanaman. Ko‘p o‘qiyverib ovro‘polashib ketgansanlar. Keyin amakim jerkigandek manga qaradi :

1 2 3 4 »

#Qo'rqinchli voqealar#74#odam#detektivmistika
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика