#

Кo'chadagi ovozlar

Siz tunda ko'chada ko'rinadigan soyalar, keladigan ovozlar haqida o'ylab ko'rganmisiz? Biron marotaba erinmasdan qorong'ida bazo'r seziladigan soyalarga e'tibor bering. Ularni kuzating. Ular aniq odamlarmi? Oddiy tun. Besh qavatli turar joy kompleksining beshinchi qavati. Men balkonga toza havo olish uchun chiqdim va deyarli meni rayonimga xos baqir-chaqir, qiyqiriqlarni eshitdim. Nima bo'layotganiga qiziqib, atrofga alangladim. Ovozlar yo'lning narigi tarafidan kelardi. Kamida to'rt kishiga xos ovozlar, bir kishidan chiqardi. Unga sinchiklab qarab, u ham menga termulib turganini sezdim. Tushinishmcha, barcha ovozlar, baqir-chaqirlar manbayi, mana shu odam. Yo'q. bu odam emas. U bu ovozlarni chiqarishidan ko'zlangan maqsad, qiziquvchilarni balkonga jalb etish. Uning bo'yi past. Va boshida aytganimdek, u menga qarab turibdi. Zulmatni xira-shira haydab turgan fonus nurida: uning bo'rinikidek yonib turgan ko'zlarini va labdan biroz bo'rtib turgan so'yloq tishlarini ko'rdim. Bu haqiqiy o'tkir tishlar edi - go'yo rotveylernikidek, o'z o'ljasini tilka pora qiluvchi tishlar. Boshim aylandi. Tezda balkonning devoriga berkinib oldim. Biroq ichki tuyg'ularim, hali hamon uni men tarafga qarab turganini aytardi. Biroz kutib, men shunchaki adashganligimga ishonch hosil qilish uchun, yana bir bora ko'chaning u yuziga qaradim. Ha! Xuddi shunday. Adashibman. Hech kim yo'q. Biroz kayfiyatim ko'tarilib uxlagani kirib ketdim. Balkondan chiqishim bilan eshik qo'ng'irog'i jarangladi. Uzluksiz. Meni qo'ng'irog'im shunday, knopkani qo'yib yubormaguningcha jaranglayveradi. Bildim, bu ko'chada menga qarab turgan o'sha bexosiyat xilqat. Va u bu la'nati knopkani qo'yib yubormasdi. 20 daqiqa, balki undanda ko'p, bir joyda indamay o'tirdim. Birdan. Jarang to'xtadi. Asta sekin o'zimga keldim, tizzalarim qaltirardi, uyimda behalovotlik hukmrondek. Balkim, bekor havotir olgandirman? Biron bir qo'shni chiqgan edimikan? Men asta, ovoz chiqarmaslik uchun oyoq uchida eshikka yaqinlashdim. Tirqichdan mo'raladim. "U" eshik ortida. Biroz kallasini egib tirqichdan menga qarab turardi. Bir laxza orasida, bunday manzaraga guvoh bo'lgan miyyam o'ziga kelolmasdi, asta devorga suyanib yerga o'tirdim, bolalik damlarimdagidek ko'zimni maxkam yumib, najot so'rab Xudoga iltijo qilardim (odamzot shunday yaratilgan, Tangri borligini faqat boshga kulfat tushsa, yaxshilab eslaydi). U jaranglatishni davom ettirdi. Men uning jirkanch xiringlagan kulgisin eshitdim. Bu go'yo, Klounni qorong'idagi kulgisidek, shundoq ham zo'riqqan miyyamni lezviya kabi "kesardi". Shunday kichik ko'ringan narsa qanday qilib qo'ng'iroq knopkasini jaranglatayotganiga aqlim yetmasdi. Keyin u eshik ruchkasini o'ynay boshladi. Asta o'rnimdan turib xonamdagi shkaf ichiga berkinib oldim. Bir necha daqiqadan so'ng uyda oyoq qadamlari eshitilgandan keyin balkon eshigini qulflamaganim esimga tushdi. Toza havo olmay o'l, ming la'nat. U kvartirada. Uning qadamlarini eshityapman. U meni qidiryapti. Meni shu yerdaligimni biladi. U meni xonamda. Uning nafasini eshityapman, u shkaf qarshisida.

#Daxshatli voqealar#202
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика