#

QOTIL RUX. So'ngi qism. (Mistika,triller).

"Xammasi tamom,sen mendan qutulding" Qip-qizil qon nafaqat pichoqqa balki Alisherni yuzlariga xam tekkandi. Buni ko'rib Sanjar anchayin vaximaga tushib qoldi.
-Qiziq unga nima bo'ldi. Pichoqdagi qonni tili bilan artib sekin asta eshik tomonga xarakatni boshlagan Alisher to'g'ri Sanjarni xonasi tomonga yo'l oldi uni ortidan qaxramonimiz izma-iz kuzatardi Alisherni ko'zlari qandaydir g'arazli niyyatda ekanidan darak berib turardi. U do'stini yotog'iga kirib to'g'ri krovatni oldiga keldi va o'rindiqqa o'tkir tig'li qurol bilan bir necha zarba berdi.
-Jin ursin. dedi Sanjar eshik ortida turib. Oradan ma'lum vaqt o'tdi. Qaxramonlarimiz o'z xonalarida orom olishardi. Alisherni xolatidan xavotirgan tushib qolgan Sanjar endi nima qilish kerakligi xaqida o'ylardi.
-Ertagayoq o'sha ayol bilan uchrashaman. Saxar quyosh endi ko'kka bo'y cho'zaman deb turgan bir payt qaxramonimiz uyqudan uyg'onib pastga tushdi va do'stlaridan xabar olgach to'g'ri telba qotil nomini olgan Davron Axmedovni rafiqasini oldiga yo'l oldi. U mashinada ketib borarkan miyyasini xar xil o'y xayollar chulg'ab olgandi.
-Uyi adashmasam shaxar markazida edi taxminin 4-5 soatlarda o'sha yerda bo'laman. Vaqt o'tib borar jumboqlar xam soniya sayin ko'payib ketardi. "Men xaqimda o'ylama.Men xaqimda xech kimga ayta ko'rma". Ushbu jumlalar kimga tegishli nega bu so'zlar odamlar taqdirini xal qilyapti? xuddi shunga o'xshash savollar ostida Sanjar ko'zlangan manzilga yetib keldi.
-Xo'sh. Savollarim javobi tomon yo'lga tushsam xam bo'ladi. Birozdan so'ng Sanjar manzilga yetib keldi anchayin eski kichik uyni eshigi oldiga kelib uni taqillatdi ma'lum fursatdan keyin esa ichkaridan bir yoshi keksaroq ayol chiqdi. Qaxramonimiz o'sha ayolga salom berib uyga kirdi va mexmonxonada qizg'in suxbat boshlandi. Sanjar yon atrofga biroz termulib so'ngra gap boshladi.
-Menga Davron Axmedov xaqida ma'lumot kerak.
-Siz bu insonni qayerdan taniysiz.
-Bu xozir muxim emas. U bundan ancha yillar oldin jiddiy qotillikka qo'l urgan ekan shu xaqida ayta olaszmi.
-Xa to'g'ri u ancha yillar oldin ko'plar odamlarni o'ldirgan xatto o'z farzandlarini xam xayotiga zomin bo'ldi.
-Nega? Nima sababdan.
-Turmush o'rtog'im qandaydir telba bo'lib qolgandi xadeb bir gapni takrorlayverardi.
-Tushunarli agar u xammani o'ldirgan bo'lsa nega siz tirik qoldingiz.
-Men xamma eshitgan so'zlarni eshitmadim.
-Q.
-Yo'q ayta ko'rmang chunki bu so'zni eshitgan odam telbaga aylanadi va xar qanday qotillikka qo'l uradi.
-Demak. Uyda xozir. Menga bundan qanday qutulish mumkinligina ayta olaszmi.
-Xa. dedi qandaydir to'pponchani qo'liga tutqazib.-O'zingizni o'ldiring.
-Nimalar deyapsz buni boshqa yo'li xam bo'lishi kerak. Sanjar darxol o'rnidan turib uyiga yo'l oldi qosh qorayib qorong'u tusha boshlagandi qaxramonimiz uyga kelgach do'stlarini qidira ketdi.
-Jin ursin ular qayerda. Sanjar deyarli barcha nuqtalarni qidirib chiqdi. Faqat boyagi yerto'la joylashgan xona qolgandi. Qaxramonimiz xam aynan o'sha xonaga kirdi eng xayratlanarlisi yerto'la eshigi ochiq xolatda turardi. Sanjar sekin asta pastga tushdi va yerto'ladagi vaziyatni ko'rib daxshatli axvolga kelib qoldi chunki u yerda Alisher Komilni tanasiga pichoq bilan tinmay zarba berardi. Qaxramonimiz zudlik bilan ularni oldiga borib Alisherni nari surdi va Komilni axvolini tekshira boshladi. Ammo u allaqachon jon taslim qilib bo'lgandi. Alisherni tanasidan xam tinmay qon oqardi ma'lum vaqt o'tgach u xam o'sha yerda vafot etdi. Shu payt xona chirog'i o'zidan o'zi o'chib qoldi keyin esa yana yondi.
-Jin ursin nimalar bo'lyapti. Nega ular bunday qildi. Kutilmaganda Alisherni tanasidan qop-qora sharpa chiqa boshladi yuz chirigan bu kimsa Sanjar tomonga yura boshladi qaxramonimiz esa tashqariga qarab qocha ketdi ko'chaga chiqib uyni orqa tomonidagi tepalikka chiqdi.
-Men endi barchasini tushundim aslida bu yerga kelib xato qilgan ekanman. Oradan ma'lum vaqt o'tgach tepalik tomondan o'q ovozi eshitildi.

#Daxshatli voqealar#260#qotil#songi#qism#mistikatriller
O'xshash hikoyalar
Ehtirosli.ru   Яндекс.Метрика